O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
B. M. SAYDUMAROV
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK
TOSHKENT - 2020
UO„K 621.771.
B. M. Saydumarov. Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari. Darslik. - T.: 2020 - 304 b.
Annotatsiya
Darslikdan texnika oliy o„quv yurtlari, asosan “Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi” bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalari, shuningdek turdosh soha xodimlari foydalanishlari mumkin. Darslikda fanning asosiy tushunchalari, prokat ishlab chiqarish texnologiyalari, hamda prokat stanlarining ishonchliligi bo„yicha bilimlar yoritilgan.
Аннотатция
Учебником могут пользоваться студенты бакалавриата «Технология прокатного производства» технических вузов, а также смежные работники. В учебнике представлены основные понятия науки, технологии прокатного производства, а также знания о надежности прокатного оборудования.
Annotation
The textbook can be used by undergraduate students in “Technology of rolling production” of technical universities, as well as related workers. The textbook presents the basic concepts of science, technology of rolling production, as well as knowledge about the reliability of rolling equipment.
Taqrizchilar:
Berdiyev D.M. - “Metallarga bosim bilan ishlov berish” kafedrasi mudiri texnika fanlar doktori, professor;
Abdukarimov A.A. - V.L.Galperin nomidagi “Toshkent Truba Zavodi” qoshidagi Po„lat simlar va navli prokat ishlab chiqarish sexi boshlig„i o„rinbosari.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2020 KIRISH
Respublikamizda metallurgiya va mashinasozlik sohalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo„yicha qo„llaniladigan texnologiyalarni takomillashtirish chora - tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2017 - 2021 yillarda, O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan yangilash, eng avvalo, butlovchi buyumlar importining o„rnini bosish» vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, jumladan metallurgiya va mashinasozlik, prokat ishlab chiqarish texnologiyalarini o„rganish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
« O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha harakatlar strategiyasi to„g‟risida»gi Farmoni, 2016 yil 26 dekabrdagi PK- 2698-son «2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora - tadbirlari to„g‟risida»gi, 2018 yil 27 apreldagi PK-3682-son «Innovatsion g‟oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g‟risida»gi Qarorlari, «O„zbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 PF-5847 sonli Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy - xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga prokat ishlab chiqarish texnologiyalarini o„rganish bo„yicha tadqiqotlar muayyan darajada xizmat qiladi.
Metallurgiya va mashinasozlik sohasi prokat ishlab chiqarish texnologiyalari va keng ko„lamda iste‟mol buyumlarni ishlab chiqarishni o„z ichiga oladi va u hamma jamiyat ishlab chiqarishning rivojlanishida asos bo„lib xizmat qiladi. Mashinasozlikni takomillashtirish mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tayyorlashda mehnat hajmini kamaytirishga yo„naltirilgan. Bu rivojlanishning bosh omillaridan biri bo„lib hamma korxonalarda texnologik va ishlab chiqarish
mashinalari va jihozlari hisoblanadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mehnat unumdorligi oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifatini yaxshilash va buyum ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va mehnat sotsial sharoitini yaxshi tomonga o„zgartirish kabi masalalarni yechadi va insonni texnologik jarayonlardagi operatsiyalarni bajarishdan bevosita ozod qiladi.
Boshqarish tizimlarida elektron texnikaning qo„llanilishi o„ziga o„lcham va texnologik jarayonlar parametrlarini nazorat qiladigan, ba‟zi hollarda jihozdagi ish tartibini o„zgartiradigan murakkab, ko„p agregatli avtomatik qatorlarni yaratish imkonini beradi.
“Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari” fani 5322100 - Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi bakalavriyat ta‟lim yo„nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan biri bo„lib, prokat ishlab chiqarish sohasi, prokatlash texnologiyasi ularni ish unumdorligini oshirish va prokat maxsulotlarini ishlab chiqarishni hisobga olgan holda lentalar, armaturalar, listlar, tasmalar va boshqalar ko„rinishida dastlabki materialdan zagotovkalar tayyorlash texnologiyalarining o„ziga xos xususiyatlariga alohida e‟tibor qaratilgan, shuningdek hisoblash tamoyillari, prokat ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiy usullari, prokat maxsulotlarini ishlab chiqarish bo„ycha ham bilimlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |