Vazirligi b. M


Prokat ishlab chiqarish tarixi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə3/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Prokat ishlab chiqarish tarixi


Metallarni prokatlash kashf etilish vaqti o„rta asrlarga to„g„ri keladi va bu metall listlarni olishga bo„lgan talabni oshishi bilan tushuntiriladi. XVI asrgacha listlarni olishni eng ko„p tarqalgan usuli bolg„alash usuli bo„lgan. Listlarni bolg„alash list bilan kurashuvchi ish deb atalgan, u bilan antik va ayniqsa o„rta asrlarda temirchilar shug„ullanganlar. Lekin, listni ma‟lum bir aniq qalinlikda uning hamma yuzasi bo„ylab bolg„alash usuli bilan olish mumkin emas. Bu jiddiy texnik muammoni silliq gidravlik jo„vaga ega bo„lgan prokat stanini qo„llab, muvaffaqiyatli yechilgan.


Eng avval qalayni prokatlash uchun ishlatiladigan qurilma yozuvi rasm ko„rinishdagi hujjat buyuk olim Leonardo da Vinchi qalamiga mansub bo„lgan
bo„lib, u 1495 yilga to„g„ri keladi. Muallif qo„lda ishlaydigan silliq gidravlik jo„vaga ega bo„lgan prokat stanini tasvirini uni tushuntirish yozuvi bilan qoldirgan. Olimning ma‟lumotiga ko„ra, prokat stani “yupqa va bir tekisdagi qalayli listlarni” tayyorlashga mo„ljallangan edi. Leonardo da Vinchi jo„valarni qo„ng„iroqli metallardan tayyorlanganligini, u qattiqroq bo„lishini hamda temirdan tayyorlanganini hamda o„q bilan ta‟minlanganligini ta‟kidlagan. Ma‟lumki, Leonardo da Vinchi prokat stanida uzatma pastki jo„valaridan biri bo„lgan va uning o„qiga chevryakli g„ildirak o„rnatilgan. Prokat jo„vasiga xarakat chervyakli juftlik orqali massivli dastakka uzatilgan. Hozirga qadar Leonardo da Vinchi prokat stanining tasviri uning kashifiyoti hisoblanganmi yoki muallif uni qiziqtirgan va amaliyotda qo„llanilayotgan texnik yangilikni eskizi bo„lganmi degan yagona bir fikrga kelinmagan.
Taxminan XVII asrning oxiriga qadar prokat stanining uzatmasi qo„lda xarakatga keltirilgan, XVIII asrga kelib suvli uzatmada xarakatga kelishga o„tilgan. Taxminan shu vaqtga kelib temir prokatlash ishlab chiqarilishi boshlandi. Rossiyada esa bu ishlab chiqarish uralda yaxshi rivojlangan bo„lib, u yerda prokatlash stani tom yopish uchun mo„ljallangan temirni ishlab chiqarishga mo„ljallangan.
XVIII asrning oxiriga kelib prokat stanini uzatmasini xarakatga keltirish uchun bug„ mashinalari qo„llanila boshlandi va bu bilan metallurgiya zavodlarida ishlab chiqarish sikllarining uch asosiy bo„g„ini sifatida prokatlash qo„llanilla boshlandi va asta - sekin bolg„alashning nisbatan kam unumdorlikka ega bo„lgan usullarini siqib chiqara boshladi. Ushbu davr 1783 yil ingliz olimi Kort tomonidan konstruksiyasi ishlab chiqilgan kalibrlovchi jo„vaga ega bo„lgan prokatlash stanini ishlab chiqarish qo„llanilishiga to„g„ri kelgan hamda prokatlash stani asta - sekin ixtisoslashgan holga kela boshlagan. Ularni siquvchi, listli va sortli turlarga bo„lishgan. XIX asrning 30 - 40 yillarida turli davlatlarda temir yo„llarni qurishning shiddat bilan rivojlanishi temir yo„l relslarini prokatlash bilan ishlab chiqarilishiga olib kelgan. 1856 - 1857 yillarda Saarda (Germaniyada) katta gabaritli balkalar ishlab chiqaradigan birinchi prokatlash stani o„rnatildi. Bu
stanlarning konstruksiyasi va ixtisoslashuvi AQSH da XIX asrning oxirida birinchi blyuming va slyabinglar ishlab chiqaradigan siquvchi stanlarni paydo bo„lishiga olib keldi. 1867 yilda esa Angliyada uzluksiz ishlaydigan sim oladigan stan qurildi. 1885 yilda Germaniyada qiya joylashgan jo„valarga ega vintli prokatlash stanida choksiz trubalar ishlab chiqarilishi kashf etildi. 1886 yil AQSH da tez xarakatlanadigan simni o„raydigan qurilma yaratildi. AQSH da 1892 yilda uchuvchi qaychilar o„rnatilgan. 1897 yil Germaniyada prokatlash stanini uzatmasini xarakatga keltirish uchun elekrdvigatel ishlatila boshlandi. 1906 yil Slovakiyada reversli elektrodvigatel ishga tushirildi. Listlarni uzluksiz issiq holda prokatlash tamoyili 1892 yilda Chexiyada amalayotga qo„llanila boshladi va u yerda yarim uzluksiz ishlaydigan stan o„rnatilgan. 1923 yilda AQSH da birinchi marta uzluksiz ishlaydigan keng polosali list ishlab chiqaradigan stan qurildi. Listlarni sovuq holda prokatlash XIX asrning 80 - yillariga to„g„ri keladi. Trubalarni sovuq holda prokatlash asosida ishlab chiqarish usuli 1930 yilda AQSH da yaratilgan.
Eski ittifoq davrida Makeev va Dneprodzerjinskiy nomli metallurgiya zavodlarida Ijorskiy metallurgiya zavodida tayyorlangan ikkita blyumingni eksplutatsiya qilinishi joriy etildi. 1940 - 1960 yillarda metallurgiya mashinasozlik butun ittifoq ilmiy - tadqiqot va loyihalash - konstruktorlik institutlari (VNIIMETMASH) tomonidan yangi texnologik jarayonlar uchun bir qator prokatlash stanlari yaratilgan. Bu jihozlar ko„p buyumlarni ishlab chiqarishni ta‟minlab berdi hamda bu buyumlar (katta qadamli vintlar, qovurg„ali trubalar va boshqalar) avval boshqa, nisbatan kam samarali usullar bilan olingan. 1959 - 1962 yillarda (VNIIMETMASH) va og„ir mashinasozlikning elektr po„lat zavodi bilan yangi truba ishlab chiqaradigan stanlar ishlab chiqara boshladi. Avtomobil sanoatining ilmiy - tadqiqot instituti va Gorkiy avtomobil zavodida silindrli va konussimon g„ildiraklar prokatlashga mo„ljallangan birinchi stanlar yaratildi.
XX asrning 60 - yillarida eski ittifoq, AQSH, Germaniya va Italiya kabi davlatlarda quymakorlik prokatlash agregatlari yaratilgan bo„lib, unda uzluksiz quyma va prokatlash jarayonlari birlashtirildi. Keyinchalik bunday agregatlar
alyuminiy va mis qotishmalaridan tayyorlangan katankalar, alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan listlar va po„latdan yasalgan zagotovkalarni ishlab chiqarishda keng ko„lamda qo„llanila boshlandi.
Ko„p miqdordagi magistral neft va gaz trubalari, gigant zavodlar, ko„p miqdordagi ko„priklar, katta flot, atom sanoati va boshqa muhim ishlab chiqarish sohalarida keng formatli listni prokatlash talab etiladi. Rossiyada 2012 yilda uchta keng polosali stan ekspluatatsiyasi yo„lga qo„yildi: bular, Kolpino, Magintogorsk va Vikse shaxarlarda qurildi. Hozirgi vaqtda Rossiyada yiliga 1,5 mln tonna va qalinligi 48 mm gacha bo„lgan prokatlash listlari ishlab chiqaradigan quvvatga ega bo„lgan stanlar ishlatilmoqda.
O„zbekistonda ham bu sohaga katta e‟tibor qaratilgan. Shulardan biri Toshkent viloyatida “Bekobod metall zavodi” bu zavodda armatura, xo„jalikda ishlatiladigan idish tavoqlar, qurilish mahsulotlari, shveller, purut va sharli prokat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Toshkent shaxrida V.L.Galperin nomidagi “Toshkent quvur zavodi” ushbu zavodda rulonli listlar, palosali listlar, qurilishda ishlatiladigan armaturalar, purutlar, elektr to„kini yaxshi o„tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo„lgan rangli materiallardan similar va chokli quvurlar ishlab chiqariladi. Ayniqsa hurmatli prizidentimiz Sh.Mirziyoyevning ulkan tashabuslari bilan 2020 yilda Toshkentda qurilgan “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ da po„latdan rulonli listlar va avtolistlar katta hajmda ishlab chiqarilishi yo„lga qo„yilmoqda. Ushbu loyihadan ko„zlangan maqsad O„zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni tashqi korpuslarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan avtolistlarni o„zimizda ishlab chiqarish hamda mayishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda qo„llaniladigan rulonli listlarni ishlab chiqarish yani mahsulot tannarhini pasaytirish hisoblanadi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin