Burchakli profillarnikalibrlash. Katta va o„rta o„lchamli tengtokchali , notekis tokchali burchakli po„lat profillarni prokatlash uchun qoidaga ko„ra yopiq tokchali kalibrlarni o„rab kalibrlash qo„llaniladi. Birinchi qoralama shakilli aylana kalibr to„g„riburchakli zagotovkaga ko„pincha plashma beriladi.
Tayyor profil qirralarida burchakli po„latlarni bunday prokatlash usulida ko„pincha yakka va guruhli (prokatlashning cho„zilgan yoqlari) turdagi darzlar, tolalar, 1,5…2 mm chuqurlikdagi qatlamlar, ba‟zan chuqurligi 6 mm va undan yuqori sirt nuqsonlar xosil bo„ladi. Bu nuqsonlarni faqatgina xurushlash yoki zubillo bilan urib aniqlash mumkin, bu tayyor maxsulotni qo„llashni
qiyinlashtiradi, va istemolchiga nuqsonli burchaklar yetib borish holatlarini bartaraf etmaydi. Bu usulda burchakli po„latni prokatlashda ko„p uchraydigan nuqsonlarga - yakuniy taxlamni noturg„in joylashtirish natijasida tokcha kesishmasining yuqori burchaklari to„kilishi, bundan tashqari yakuniy kalibrlashda o„z o„rnida profilni buzilish va tokchalar qiyshayishi, majburan to„xtatish va sozlash natijasida stan samaradorligi va prokatlash jadalligi pasayishi kiradi.
- rasm. 650 yirik sortli stanida 200 X 16...20 mm teng tomonli ugolnikni prokatlash uchun og„darilgan uchkur burchak kalibr sxemasi:
a - 800 siquvchi kletlarining 1 - 4 kalibrlari; b - 650 liniyasining 1 - 7 kalibrlari
Keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun D.I.Starchenko tomonidan ishlab chiqilgan tengtokchali va notekis tokchali burchak po„latlarni kalibrlashning o„tkir burchakli aylana tizimlari qo„llaniladi.
(3.8 - rasm) da tekistokchali burchak po„latlarni 200x200x16…20 mm yirik navli 650 da prokatlash uchun kalibrlash ko„rsatilgan. 1…4 siqish klet kalibrlari 12 dan 30 mm gacha burchak tokchalarini prokatlash qalinligi barcha qator uchun umumiy xisoblanadi, 6 kalibr 20 mm qalinlikdagi tokcha burchaklarini prokatlash uchun qo„llaniladi, 6A - kalibr esa tokcha qalinligi 16 mm bo„lgan burchaklar uchun qo„llaniladi (3.3 jadval) qutili kalibr 1 dagi aylana qolipdagi ikkita birinchi qovurg„ali bo„shatishlar kesish izlarini, tozalash va boshqa sirt nuqsonlarini qisman bartaraf etish va tekislash uchun xizmat qiladi. Yarimoval kalibr 2 yon chegaralarni taxlam va yig„ilmalarsiz bir tekis belgilanishini ta‟minlaydi. Uchburchakli kalibr 3 da yarimoval taxlamga nisbatan yoqlari bo„yicha yaxshi o„rtasi bo„yicha kamroq siqiladi va natijada yon bo„rtiqlar xosil bo„luvchi jadal ko„ndalang deformatsiya (qalinligi bo„yicha, tayyor burchaklar qalinligiga yaqin) rivojlanadi, shuning uchun taxlam yon qirralarida yig„ilmalar xosil bo„lishi bartaraf etiladi.