Vazirligi b. M



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə6/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Prokat mahsulotlarning sifati har bir xolatda metall buyumlarning konstruktsiyalarida, mashinalarda ishlash sharoitlariga koʻra aniqlanuvchi mustahkamlik, egiluvchanlik, sovuqqa chidamlilik, payvandlanuvchanlik, korroziyaga chidamlilik sirt holati, oʻlchov aniqligi va boshqa xususiyatlarni oʻz ichiga oladi.
Ekspluatatsiya tavsiflarini oshirishning texnologik usuli - bu metallga harorat kuch ta‟sirining termamexanik (TMI) va mexanik termik (MTI) ishlov berish kompleks usullaridan keng foydalanish. Bunday qayta ishlashdan soʻng poʻlatning mustahkamligi, uning plastikligi, toliqish va kontakt parchalanish va yilishga qarshiligi ortadi.
Yaqin vaqtga qadar ommaviy ishlab chiqarilgan metall mahsulotlarning mustahkamligini sovuqqa chidamliligini va boshqa bir qator xossalarni oshirish uchun poʻlatga koʻp miqdorda legirlovchi elementlar - marganets, vanadiy, kreleniy, xrom, nikel qoʻshilar edi. Shu bilan birga poʻlatni mikrolegirlash va unga qoʻshimcha ishlov berish kombinatsiyasi, keyinchalik tayyor prokatning termik mustahkamlanishi, legirlovchi materiallarni sezilarli tejash va ishlab chiqarish harajatlari bilan zarur sifat darajasini ta‟minlash mumkinligi isbotlangan.
Vanadiy (0,05…0,12%), azot va vanadiy (0,07…0,15% va 0,015…0,030%) yoki niobiy (0,02…0,05%) mikro qoʻshimchalardan foydalanish tinch va yarimtinch margannets poʻlatining mustahkamligi va sovoq bardoshligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Natijada masul payvand konstruktsiyalari uchun oquvchanlik chegarasi 𝜎t 400-450 MPa dan kam boʻlmagan mayda donali poʻlat
markalarining qator iqtisodiy navlari yaratiladi. 15G2АFDps, 18G2AFps,
14G2AF, 16G2AF, 15GF, 15G2SF, 10G2B markadagi karbanitridli mustahkamlangan ilg„or poʻlatlar mashinasozlik va koʻprik qurilishida payvand tuzilishinung ishonchliligini oshirish uchun tavsiya qilinadi. Nitrid mustahkamki termo qayta ishlangan poʻlatlaqrdan tayyorlangan prokat mayda donalar (№ 9…10), yuqori oquvchanlik chegarasi (ζт ≥ 400 … 450 MPa) va yirik qalinlik diapazonida 700C dan past haroratda me‟yoriy talablarga javob beruvchi zarbiy qovushqoqlik bilan harakterlanadi, ammo doim ham tarkibida nikel saqlovchi kam legirlangan oddiy poʻlatlar bunday hossalarga ega boʻlmaydi. Vannadiy va azot bilan mikrolegirlangan poʻlat mexanik eskirishga nisbatan past sezgirlikka ega.
Yuqori bardoshli va sovuqqa chidamli istiqbolli poʻlat turlarini yaratish bilan bir qatorda uglerodli poʻlat sifatini tubdan yahshilash uchun termik ishlov beriladi va mikrolegirlanadi. Shunday qilib bannadiy, alyuminiy va titan bilan mikrolegirlash yoʻli bilan termik qayta ishlanganda ingichka listlar uchun qoʻllaniluvchi chuqur choʻziluvchi simlar (07T) uchun eskirmas poʻlatlar (08 Fkp, 08Yu) ishlab chiqariladi.
Titan magniy ligaturasi bilan mikrolegirlangan poʻlatlar temir yoʻl releslarini kontakt charchoq shikastlanishlariga qarishi mustahkamligi 25 - 30 % ga ortadi.
Shunday qilib, poʻlatni termik ishlash va mikrolegirlash metall buyumlarning xossalarini yahshilaydi va iqtisodiy samaraga ega boʻlgan konstruktsiyalar mashina va mahsulotlar mustahkamligi ortadi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin