№
|
Klet turi
|
Jo„va o„lchami мм
|
Dvigatel kuchi Nдв, кВт
|
Prokatlash tezligi υпр, м/с
|
𝐷𝑝
|
𝐷oп
|
𝐿𝜎
|
1
|
Vertikal
|
1200
|
-
|
1000
|
2х550
|
1,0
|
2
|
Qoralama
kuyundisidirgich duo
|
1200
|
-
|
2000
|
5000
|
1,25
|
3
|
Qoralama universal
kvarto
|
1200
|
1600
|
2000
|
5000
|
1,9
|
4
|
Yana o„sha
|
1200
|
1600
|
2000
|
10000
|
2,5
|
5
|
- » -
|
1200
|
1600
|
2000
|
10000
|
2,1
|
6
|
- » -
|
1200
|
1600
|
2000
|
10000
|
3,2
|
7
|
Tozalovchi kuyundi
sidirgich duo
|
800
|
-
|
2000
|
1000
|
1,3
|
8
|
Tozalovchi kvarto
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
1,3…3,4
|
9
|
Yana o„sha
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
1,7…4,5
|
10
|
- » -
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
3,2…6,3
|
11
|
- » -
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
4,5…8,7
|
12
|
- » -
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
5,8…12,0
|
13
|
- » -
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
6,8…15,0
|
14
|
- » -
|
800
|
1600
|
2000
|
10000
|
9,0…19,0
|
Uzluksiz keng tasmali stan tarkibiga to„rtta qizdirish pechi, qoralama duo kuyundi tozalagich, to„rtta universal kvarto kleti, uchar qaychilar yakuniy duo kuyindi tozalagich, yettita yakuniy kvarto kleti purkash qurulmasi, kalavalagich va ishlov berish chiziqlari kiradi.
Ko„zdan kechirgan va ta‟mirlangan slyablar (6.3 - rasm) turtkich 1 tomonidan qizirish pechi 2 ga yuklanadi. Prokatlash xaroratigacha qizdirilgan (1150…1280ºC) slyablar turtkich bilan pechdan rolgang 3 ga uzatiladi va vertikal klet 4 ga o„tkaziladi, u yerda yon qirralari siqiladi va slyab sirtidan kuyindi tozalanadi. Vertikal kletdan so„ng taxlam qoralama kuyundi tozalagich 5 ga kelib tushadi, u yerda pech kuyundisi batamom tozalanadi. So„ng taxlam qoralama universal kvarto kleti 6 da xisoblangan siqish rejimiga ko„ra zaruriy tub qatlam olingunga qadar prokatlanadi.
To„shama rolgangli qoralama guruxdan so„ng uchar qaychi 7 ga uzatiladi bunda taxlam oldi va orqa yakunida kesma amalga oshiriladi, so„ng - yakuniy duo kuyundi tozalagich 8 uchun ikkilamchi (havo) kuyundisi tozalanadi. Kuyundidan
tozalangandan so„ng taxlamning oldingi yakuniy uzluksiz guruh yakuniy kleti 9 orqali o„tadi, uchar qaychida 10 da kesiladi va 10…12 m/s tezlikda bolg„a 12 ga uzatiladi. So„ng barcha yakuniy kletlar bir vaqtning o„zida ishchi tezlikda xarakatlantiriladi va xisoblangan siqish rejimiga ko„ra talab etilgan tasma qalinligi bo„ylab uzluksiz prokatlash jarayoni amalga oshiriladi.
Yakuniy kletni tezlikda prokatlash tasmani yuqori tezlikda prokatlash imkonini beradi, bu esa bu samaradorlikni oshiradi, bundan tashqari klin xaroratini boshqarish imkonini beradi.
Zaruratga ko„ra tasmalar prokatlangandan so„ng purkash qurilmasi 11 yordamida suv bilan sovutiladi.
G„altakga o„ralgan tasmalar pardozlashga yo„naltiriladi yoki keyingi qayta ishlash uchun sovuq prokatlash sexiga o„tkaziladi.
Uzluksiz keng tasmali stanlar alohida maydonlarida tasmalarni prokatlash texnologiyasini ko„rib chiqamiz.
Qoralama guruh kletlarida prokatlash
Uzluksiz keng tasmali stan qoralama kletida prokatlashning asosiy ko„rsatkichlariga slyab sirtidan kuyundini yo„qotish va yakuniy guruh uchun zaruriy to„shama o„lchamini olish kiradi.
Hozirgi vaqtda uzluksiz keng tasmali stanlarda kuyundini vertikal klet va qoralama duo kuyundi tozalagich bilan tozalanadi (ba‟zan qoralama kuyundi tozalagich sifatida kvarto kleti qo„llaniladi). Slyabni yon siqish natijasida vertikal kletda kuyundi parchalanishi yuz beradi (taxlam sirtida uni ezmasdan). Bundan tashqari kuyundi vertikal kletda o„rnatilgan gidrourish bilan tozalanadi (14…17 MPa bosim). Vertikal kletda siqish kattaligi 3…5 % ni tashkil etadi, bu kuyundini yo„qotish uchun yetarli. Vertikal kletlar kuyundini tozalashdan tashqari slyabni kengligini 30…40 % ga kamaytirishga imkon beradi, bu to„shama kengligini stabillashga imkon yaratadi.
Pech kuyundilari qoralama duo kuyundi tozalagichda ham tozalanadi. Bu yerda siqish s = 5 … 25% ni tashkil etadi bu taxlam sirtida ezmastan kuyundini
mexanik parchalash uchun yetarli. Kuyundi mexanik parchalanishdan tashqari metallni plastik deformatsiyalash xisobiga kuyundi tozalagichga gidrouritma o„rnatiladi.
Uzluksiz keng tasmali stan qoralama kletida prokatlash jarayoni kenglikni silliqlashsiz amalga oshiriladi, agar slyab kengligi 𝐵cл > 𝐵л (10…20 mm da) va taxlam kengligi , u holda 𝐵cл < 𝐵л bo„ladi. So„ngi holatdagi taxlam kengligi uchun kengaytirgich klet qo„llaniladi, bunda taxlam kengligini siqib bo„shatish 50 % gacha amalga oshiriladi. Kengaytirgich klet uzluksiz keng tasmali stanlar 2500 da o„rnatilgan.
Kvarto universal kletida prokatlashda taxlam bir vaqtda vertikal va gorizontal jo„valarda prokatlanadi. Vertikal jo„valarda prokatlash metall ko„p qismini metall yon qirralarida quyilishiga olib keladi. Gorizontal jo„valarda davomiy siqishda metall qoplamasi kengayishga o„tadi va qisman cho„ziladi.
B/H katta ko„rsatkichlarida vertikal jo„valarda siqish 2…3 % ni tashkil etadi. Vertikal jo„valarda siqishni oshishi tasma mustaxkamligini yo„qotilishiga olib keladi. Odatda siqish kattaligi vertikal jo„valarda gorizontal kengayishga teng.
Qoralama kletda siqish kattaligini aniqlashning asosiy omillariga siqish sharoitlari (odatda faqat birinchi klet uchun), jo„valar mustaxkamligi va stan kleti asosiy yuritmasining quvvati kiradi. Prokatlash jarayoniga metall xaroratining o„zgarishi katta ta‟sir ko„rsatadi. Qoralama guruhning tortishish kattaligi taxlam xaroratining sezilarli pasayishiga olib keladi, klet guruhi tortishishi va taxlam qalinligiga ko„ra 60…120ºC ga yetadi. Qoralama guruh kleti bo„yicha metall xaroratini V.A. Tyagunov formulasi bo„yicha hisoblanadi. Mavjud uzluksiz keng tasmali stanlarda qoralama guruhda prokatlash xaroratini nazorat qilish uchun ohirgi kletga fotoelektrik pirametr o„rnatiladi, ko„rsatkichlar qog„oz lentada belgilanadi.
Qoralama guruhda xarorat tushishini kamaytirish uchun ayrim uzluksiz keng tasmali stanlarda qoralama va yakuniy guruhlar ekranida yoki taxlamni qizdirish pechlari orasida o„rnatiladi. Shu maqsadda qoralama guruh yakuniy ikki kleti uzluksiz bo„ladi.
Uzluksiz keng tasmali stanlar qoralama guruh ratsional siqish rejimiga quydagi talablar qo„yiladi; qoralama guruhda umumiy siqish taxlamda yuqori haroratni saqlab qolishni hisobga olib maksimal bo„lishi kerak; tutish burchagi, prokatlash kuchi va asosiy yuritma dvigatel quvvati ruhsat etilgan kattalikdan oshmasligi kerak; to„shama qalinlik chegarasi qoralama guruhdan so„ng barcha stan mahsuloti uchun yakuniy guruhni qayta sozlashni soddalashtirish maqsadida minimal bo„lishi kerak.
Odatda kengaytirgich kletida siqish s𝑢𝑠ℎ = 50%, qoralama guruh gorizontal kletlarda s = 40 … 45% , qoralama guruhda umumiy siqish s𝑐ℎ𝑒𝑟𝑛.g𝑟 = (75 … 80%).
Tutish burchaklarida maksimal siqishni hisoblash jo„va minimal diametri uchun amalga oshiriladi bunda qoralama guruh gorizontal jo„valarda ruxsat etilgan tutish burchagi vertikal jo„valarda itaruvchi kuch xisobida bir muncha yuqori bo„lishi mumkin.
Jo„valar mustaxkamlik shartlariga ko„ra ruhsat etilgan prokatlash kuchi va dvigatel quvvati aniq metodlarda aniqlanadi.
Har bir qayta qurish prokatlash tezligi, kletning butun yoki bir qismi jo„valari orasida aralashmalar o„zgarishini o„z ichiga oladi, kenglikni o„zgartirishda yo„naltirilgan chiziqlar va maydalagichlar qayta quriladi. Stan yakuniy kletini qayta qurishda vaqtni qisqartirish to„shama qalinligi miqdorini qisqarishi hisobiga erishiladi. Odatda uzluksiz keng tasmali stanlar uchun to„shama qalinligi 24…32 mm ni tashkil etadi.
Qoralama guruhda siqish rejimlarini hisoblash usuli quydagicha;
tutish sharoitiga ko„ra qoralama gorizontal kletlarda maksimal siqishni aniqlash; kengaytirish kletida zaruriy holatdagi prokatlashda siqish slyab kengligida ortish hisobi bilan aniqlanadi.
∆ℎ𝑢𝑠ℎ
= ℎ0(𝐵1−𝐵0), (6.1)
𝐵1
bu yerda 𝐵0 va 𝐵1 - taxlam kengligini silliqlashgacha va undan keyingi kenglik;
taxlam uzunligi, cho„zish, kletlar bo„yicha xarorat, ishqalanishda siqish koeffitsienti asosida aniqlash;
klet bo„yicha prokatlash kuchi va bosimini jo„va mustaxkamligidan kelib chiqib ruxsat etilgan bilan solishtirib xisoblash;
klet bo„yicha dvigatel zaruriy quvvatini o„rnatilgan bilan solishtirib xisoblash;
to„shama maxsulotining minimal qalinligini olish maqsadida xisoblangan siqishni taxrirlash.
Dostları ilə paylaş: |