Vazirligi b. M


- BOB. INGICHKALISTLI ISSIQLAY JO„VALANGAN



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə61/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

- BOB. INGICHKALISTLI ISSIQLAY JO„VALANGAN

PO„LATLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI (ILIJP)




    1. List ishlab chiqarishning umumiy malumotlari


So„nngi vaqtlarda listli po„latlarni ishlab chiqarishda issiqlay prokatlovchi uzluksiz kengtasmali stanlar (UKS) va yarim uzluksiz stanlar ko„p tarqalgan. Tasmali po„latning 70 % dan yuqorisi keng tasmali stanlarda prokatlanadi. Bu stanlarda po„lat ishlab chirarishni jadal rivojlanishi yuqori texnik - iqtisodiy ko„rsatkichlar bilan izohlanadi. Boshqa turdagi stanlar bilan solishtirganda ular eksplutatsiya sarf koeffitsienti, birlamchi nisbiy harajatlar, qurilma og„irligini kamligi (ishlab chiqarilayotgan maxsulot birligi), katta samaradorlik bilan farqlanadi. Listli po„lat yarim uzluksiz va yirik tasmali stanlarda o„rama usulida ishlab chiqariladi, shuning uchun list ishlab chiqarishda 7…10 % arzon. O„ramali listlar sifati sirt tozaligi, va joizlik tomonlama yuqori. Listli yoki qadoqli ishlab chiqarish bilan solishtirganda o„ramali usulda samaradorlik 20…30 marta yurori, list tannarhi 2,5 barobarga kam.


    1. Texnologik jarayonning umumiy sxemasi


Ingichka listli issiqlay jo„valangan po„latlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni umumiy sxemasi (6.1 - rasm) da ko„rsatilgan.


Zamonaviy metallurgiya zavodlarida yarimuzluksiz va uzluksiz yirik tasmali stanlar uchun boshlang„ich zagotovkalarga blyuming, slyabing yoki zagotovkalarni uzluksiz quyish mashinasida qo„yilgan slyablar kiradi. Slyab mahsuloti kengligi 2000 mm gacha qalinligi - 120…300 mm, uzunligi 10,5 m gacha.
Uzluksiz yirik tasmali stanlarda prokatlashda isitish pechlarida issiq cho„kmalardan foydalaniladi. Bu holatda olovli tozalash mashinasidan o„tgan va qaychilarda kesilgan slyablar qizdirish pechiga kelib tushadi. Ish yaxshi tashkil etilganda issiq slyablar miqdori 85 % ga yetadi. Shu sababli omborlar maydoni sezilarli darajada kamayadi, isitish pechlarining samaradorligi va yoqilg„i sarfi
kamayadi. Omborga oz miqdordagi slyablar kelib tushadi, bunda sovutilgan va tozalab ko„zdan kechirgan slyablar qizdirish pechiga yuklanadi.
Slyablar burchak cho„kmali va uzatmali metod pechlarda qizdiriladi. So„ngi vaqtlarda kesma bo„ylab slyablarni bir tekisda qizdirish imkonini beruvchi harakat tubli pechlar keng qo„llanilmoqda, harakat konstruktsiyasiga yuklash qurulmasini qo„llash slyab quyi maydonlarida zararni bartaraf etadi. Pechlar domen va koks gazlari yoki tabiy gaz bilan qizdiriladi. Zarur xaroratda prokatlashni yakunlash uchun, slyab maksimal joizlik xaroratigacha qizdiriladi, bu donalar kattaligini chegaralash, kuyushlar yuzaga kelishi, metallning oksidlanishi va o„rta qizishi bilan chegaralanadi. Slyabni qizdirish xarorati po„latning kimyoviy tarkibiga bog„liq va 1150…1280ºC ni tashkil etadi. Qizdirish davomiyligi slyab qalinligi po„lat kimyoviy tarkibi va ularning cho„kishidagi xaroratga bog„liq.



    1. - rasm. Ingichka listli issiqlay jo„valangan po„latlarni ishlab chiqarishning

umumiy sxemasi
Ingichkalistli issiqlay jo„valangan po„latlarni prokatlash asosan yarimuzlukli va uzluksiz yirik tasmali stanlarda amalga oshiriladi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin