Texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar
Asosiy texnik - iqtisodiy ko„rsatkichlarga stanning vaqt samaradorligi kiradi, u zagotovkaning (quyma yoki slyab) dastlabki og„irligi, prokatlash sikli va stan foydalanish koeffitsienti bilan aniqlanadi. Yillik samaradorlik shuningdek yiliga ish vaqtning haqiqiy soniga bog„liq.
Mavjud qalinlistli stanlarning yillik samaradorligi turiga qarab 0,2…2,5 million tonnani tashkil etadi.
Metall sarfi - zarur texnik iqtisodiy ko„rsatkich. Qalin listli po„latni prokatlashda yaroqli metall chiqishi qizdirishda va prokatlash jarayonida kuyundini yo„qotish, nuqson foizi va bo„ylama qirralarni yakuniy kesish bilan aniqlanadi. Metall sarfi stan turi zagotovka turi va uning o„lchamlari, prokatlash sxemasi, siqish rejimi, tayyor list o„lchami va foydalanish shakli, po„lat markasi va list giometrik o„lchamlari aniqligiga bog„liq. Slyabda qalin listli po„latni prokatlashda yon kesmalar kattaligi list kengligining 5…10 % tashkil etadi, oldingi va orqa taxlam yakuniy kesmasi uning uzunligiga ko„ra og„irlikdan kelib chiqib 5…10 % ni tashkil qiladi, metall kuyundisi - 1,5…2,5 %. Yagona kletli stan vertikal jo„valarida qalin listli po„latni prokatlashda metall sarfi yuqori, universal standa prokatlash kam kuzatiladi. Juft kletli stan slyablarida qalin listli po„latni
prokatlashda metall sarfi koeffitsienti po„lat markasiga ko„ra 1,18…1,27 ni tashkil qiladi, yagona kletli stanlarda qalin listli po„lat quymalarni prokatlashda 1,35…1,187.
Elektrenergiya sarfi prokatlash uchun, qalin listli po„latni termik ishlash va bezak berish mavjud material hajmiga, stan mahsulotiga, stan turiga bog„liq va 40…80 kVt ch/t ni tashkil etadi.
Quymadan tayyorlangan qalin listli po„latni prokatlashda 1 t metallni qizdirish uchun issiqlik sarfi 3,34 MDj ga teng, slyablar uchun - 2,51 MDj.
Qayta foydalanishni hisobga olmagan holda qalinlistli stanlarda suv sarfi 2100…2600 m3/s yoki 20…30 m3/t ga yetadi.
Qlin listli stanlarda jo„valar sarfi 1 t list uchun 0,8…2,5 kg ni tashkil etadi (kichik ko„rsatkichlar slyabda listlarni prokatlovchi stanga taluqli).
Dostları ilə paylaş: |