Vazirligi b. M


- BOB. QORA METALLAR SIFATI VA PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINING UMUMIY SAVOLLARI



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə2/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

- BOB. QORA METALLAR SIFATI VA PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINING UMUMIY SAVOLLARI

    1. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy ma‟lumotlari


Tayyor prokat olish tehnologik jarayoni metallurgiya ishlab chiqarishda yakuniy bosqich sanaladi. Metallurgiya korxonalarining prokatlash sexlari orqali poʻlat eritish sexlarida eritilayotgan poʻlatlar 85% dan koʻprog„i oʻtadi.


Metallurgiya korxonalarida metallni prokatlash uchun turli turdagi va maqsaddagi stanlar oʻrnatiladi. Prokatlash stani - bu metall oʻramlarining plastik deformatsiyasini va keyinchalik uni qayta ishlashni (toʻg„irlash, kesish va hokazo) bajaradigan mashina va agregatlar majmui. Shuningdek prokat sexlarida metallni qizdirish, yumshatish va normallash moslamalari,uning sirtini tozalash va himoya qoplamalarini qoʻllash uchun agregatlar, bundan tashqari sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa mashina va yig„ish materiallari oʻrnatilgan.
Prokatlash stanlarining tarkibi va mahsulot turiga koʻra metallurgiya korhonalarining listli, navli va aralash profilli korhonalarga boʻlinadi.
Zamonaviy metallurgiya korhonalarida prokat ishlab chiqarishning tehnalogik jarayoni asosan ikki bosqichdan iborat: yarim tayyor mahsulot (zagatovka) olish va uni tayyor profilda prokatlash.
Zamonaviy metallurgiya zavodi asosiy sexlarining joylashish sxemasi metall oqimining faqat bir yo„nalishda harakatlanishini ko„zda tutadi, bunda metall domna pechidan boshlab prokat sexlarining tayyor mahsulot omborlariga tomon boradi.
Prokat sexlari orqali po„lat eritish sexlarida eritiladigan po„latlarni deyarli hammasi ishlatiladi, faqat uning biroz qismigina kuyishi sodir bo„ladi va temirchilik sexi orqali o„tadi.
Tayyor prokat olishning texnologik jarayoni metallurgiya sanoatining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Qora metallurgiyadagi texnik taraqqiyot agregatlarining birlik quvvatini oshirish, texnologik jarayonlarni jadallashtirish, yangi jarayon va qurilmalarni joriy qilish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yo„li bilan ta‟minlanadi.
Prokat ishlab chiqarish jihozlarining holati va rivojlanishi, prokat sanoati texnologiyasi va jo„valarni kalibrlash izchil tarzda bayon qilingan, mahsulot sifatini shakllantirish va boshqarish masalalariga juda katta e‟tibor berilgan.
Prokat stanlarining barcha asosiy turlari: siquvchi, tayyorlovchi, uzluksiz va yarim uzluksiz navli, issiqlayin va sovuqlayin prokatlash uchun uzluksiz agregatlar, yuqori sifatli mahsulotni ta‟minlovchi jihozlar, uzluksiz stanlar va termoishlov berish liniyalari (tizimlari), qoplamalar qoplash agregatlari haqida bayon qilingan.
Darslikda prokat sanoati texnologiyasini ko„rib chiqishda listli po„lat ishlab chiqarishga, yangi yuqori samarali texnologik jarayonlarning qo„llanishiga alohida e‟tibor berilib, tayyor prokat sifatiga texnologik va konstruktiv parametrlarning ta‟sirini tahlil qilish bo„yicha ham material berilgan.
Mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy darajasini oshirish uchun ushbu darslikda prokatlash texnologiyasi ko„rib chiqilgan.
Mamlakatimizda so„nggi yillarda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari qurilmoqda. Ayniqsa metall quvurlar, armaturalar, qora va rangli metallardan prokat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni tobora ortib bormoqda. Shu o„rinda prokat ishlab chiqarish va prokatlash mashinalarining o„rni ishlab chiqarishda juda muhim rol o„ynaydi. Prokatlash mashinalari sohasini talabalarga o„rgatishda dastlabki oliy ta‟limda alohida ahamiyatga ega bo„lgan fan “Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari” fani hisoblanadi.
“Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari” fanining o„quv dasturi “Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari”, Tehnologik mashinalar va jihozlar (prokat mashinalari) yo„nalishi bo„yicha umumiy ma‟lumotlar, kasbiy faoliyat turlari, prokat ishlab chiqarish
texnologiyalari va mashinalari fanining rivojlanish istiqbollari, yo„nalish bo„yicha umumiy bilimlar bilan bog„liq bo„lgan masalalarni qamrab olgan.
Metallurgiya sanoatining bundan keyingi rivojlanishining asosiy yo„nalishi metall mahsulotlarining ishlab chiqarish turlarining sifatini oshirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish dolzarb masalalardan biri bo„lib qolmoqda. Ushbu masalalar yechimi sifatida ushbu sohada o„quv mashg„ulotlarining sifatini va samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Metallurgiya sanoati bundan keyingi rivojlanishning asosiy yo„nalishi metall mahsulotlarining samarali turlari sifatini va ishlab chiqarish hajmlarini tubdan oshirish bo„lmog„i kerak.
Mashinasozlikning asosiy tayyorlov bazasi bo„lib hisoblanadi, mashinasozlikda rivojlangan sohalardan biri prokat ishlab chiqarishdir. Keyingi yillarda mashinasozlik sanoatida ham tub o„zgarishlar bo„ldi. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallarni olishning zamonaviy usullari, ularga ishlov berishning yangi texnologiyalari qo„llanilmoqda. Respublikamiz avtomobilsozligi, to„qimachilik, paxta sanoatida mashina detallari mustahkam va uzoq muddatda ishlashini ta‟minlash uchun ularni tayyorlashning zamonaviy texnologik jarayonlari ishlab chiqilmoqda.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin