Prokat mahsulotlarining turi. Prokat mahsulotlari koʻndalang kesim shakliga koʻra shartli ravishda toʻrtta asosiy guruhga boʻlinadi: listli prokat, navli prokat, quvurlar, mahsus profillar (mashinasozlik uchun aniq zagotovkalar, bukilgan profillar va boshqalar)
- rasm. Sortli prokat turlari
Qoidaga koʻra listli prokat qalinligi boʻyicha qalinlistli (qalinligi 4 mm va undan yuqori), ingichkalistli (qalinligi 4 mmdan kam)ga boʻlinadi. Ingichkalistli prokat ayniqsa sovuqlayn prokatlash bu metall mahsulotlarning iqtisodiy turlaridan biri xisoblanadi. Shu sababli uning prokat mahsulotlarining umumiy xajmidagi ulushi 50-60% gacha va sovuqlay prokatlashning 25-30% gacha oʻsishi qora metallurgiyani rivojlantirish uchun istiqbolli yoʻnalishlardan biri xisoblanadi.
Navli prokat koʻndalang kesim shakliga koʻra oddiy (1.9 - rasm ) va shakilli (1.10 - rasm) profillarga boʻlinadi. Oddiy profillar aylana, kvadrat va tasma shakillariga ega boʻladi. Shakilli profillar (murakkab shakilli) umumiy va mahsus profillarga boʻlinadi. Umumiy shakilli profillarga olti burchakli profillar, burchakli (teng va teng boʻlmagan), shvellerlar, ikki tavrlli balkalar va boshqalar kiradi (1.9.
rasmga qaralsin). Mahsus shakilli profillarga qishloq hoʻjaligi, mashinasozligi, kemasozlik, koʻmir, neft va tog„-kon sanoatida va boshqalarda ishlatiladigan murakkab koʻndalang kesimli prokat mahsulotlari kiradi.
- rasm. Yupqa devorli profillar
Yupqa devorli (yengil turdagi) va keng tarmoqli, balkalar metallni 25% ga tejash imkonini beradi.
Qurilish sanoati uchun qalinligi 3 mm boʻlgan profillar ishlab chiqarish oʻzlashtirilmoqda. Shakilli aniq profillar (mahsus maqsadlar uchun eng yuqori aniqlikdagi profillar) issiq va sovuqlay prokatlash, stanlarda choʻzish orqali metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida olinadi (1.10 - rasm). Barcha navli prokatlar shartli ravishda toʻrt guruhga boʻlinadi: yuqori navli, oʻrta navli, past navli va katanka.
- rasm. Payvandlangan quvurlar
Quvurlar ikki guruhga boʻlinadi: choksiz va payvandlangan. Quvurlarning nisbiy og„rligi har yilli prokat mahsulotlarning umumiy hajmiga koʻra ortadi. Ayniqsa payvandlanuvchi va sovuqlayn prokatlanuvchi quvurlar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda (1.11 - rasm). Hozirgi vaqtda shakilli quvurlar ham prokatlanmoqda.
Yupqa devorli, oʻta yupqa devorli, pretsizionli, kapilyar va boshqa quvurlar uglerodli, ligerlangan va yuqori ligirlangan poʻlatlardan tayyorlanadi.
Listli prokatlarni profillash jarayonini payvandlash, bolt va parchin bilan biriktirish ishini kamaytiradigan yoki butinlay yoʻq qiladigan egilgan profillarni (stsnlarni) ishlab chiqarishning ta‟minlaydi.
- rasm. Bukilgan profillar:
1 - teng yoqli burchakli; 2 - mahsus burchakli; 3 - shveller; 4 - G-simon; 5 - idishsimon; 6 - C-simon; 7 - ramali; 8 - toʻsiqlar uchun; 9 - transport mashinasozligi uchun
Qalinligi 0,2…20 mm boʻlgan list yoki tasmadan yasalgan ochilgan profillar (1.12 - rasm) sanoatning turli sohalarida keng qoʻlaniladi. Issiqlayn prokatlangan profillarga nisbatan egilgan profillar yuqori aniqlikni ta‟minlaydi, qalinligi kam, prokatlab olinmaydigan yopiq shakillarda tayyorlanishi mumkin (1.13 - rasm).
- rasm. Yupqa devorli shakildor profillar
Mashinasozlikni turli sohalarida davriy prokat profillari keng qoʻllaniladi, ular metall sarfini sezilarli ravishda tejaydi (20…30%), ulardan detallar tayyorlashda mehnat sarfini pasaytiradi va bolg„alash mashinalari ish unimdorligini oshiradi.
Armatura sarfini kamaytirishga uni yuqori mexanik xossalarga ega boʻlgan poʻlatdan (buning uchun termik va termo mexanik qayta ishlash qoʻllaniladi) ishlab chiqarish, bundan tashqari uning betonga yopishish qobilyatini oshirush orqali erishiladi (1.14 - rasm). Temir - beton armatura uchun davriy profillardan foydalanish metall sarfini 40% ga kamaytiradi (1.14 - rasm).
- rasm. Armaturalar
Dostları ilə paylaş: |