Stanlartuzilishiboʻyichaishchikletalarningjoylashishi. Ishchi kletalarning joylashishiga prokat stanlari besh guruhga boʻlinadi: bir kletali; chiziqli koʻpkletali, ketma - ketli,yarim uzlukziz va uzluksiz (1.15 - rasm).
Bir kletli (1.15 - a, b - rasm) stanlar birmuncha sodda yuritma valli qurilmalar asosan ishchi kletalarniboshqa tartibda joylashgan stanlarda takrorlanadi. Umumiy holatda bunday stanning ishchi kletasi va valli yuritmasi shpindel, oltiyoqli li, reduktor mufta va asosiy elektrodvigateldan tashkil topgan. Bu guruh staplariga slyabing va blyuminglar, universal va talab etilganstallar kiradi.
Chiziqli stanlarga (1.15 - d - rasm) ishchi kletlar bir (alohida yuritmali) yoki bir necha chiziqli (bitta dvigatelli yuritmaga ega) boʻlib joylashadi. Bunday turdagi stanlar reversiv emas. Ular navli yoki listli boʻlishi mumkin. Chiziqli stanlarning samaradorligi past.
Ketma ket stanlarda (1.15 - e, f - rasm) har bir kletdagi tasmalar faqatgina bir marta prokatlanadi, shuning uchun bundaystanlarda klet soni uzatmalarning maksimal soniga teng boʻlishi kerak. Sex kengligi va uzunligi kamaytirish maqsadida kletlar bir necha parallel qatorlarda joylashtiriladi, masalan uchta (zigzaksimon stanlar). Ushbu turdagi stanlarning hilma - hilligi shahmatsimonligida, unda yakuniy kletlar shahmat tartibida oʻrnatiladi. Ketma - ket stanlarning samaradorligi chiziqliga nisbatan yuqori ammo yarim uzluksizga nisbatan past.
Yarim uzluksiz stanlar (1.15 - g - rasm) ikii guruh kletdan tashkil topgan: uzluksiz va chiziqli (yoki ketma - ket). Kletning bir guruhida tasma uzluksiz prokatlanadi, u bir vaqtning oʻzida ikki, uch va undan koʻp kletlarda boʻlishi mumkin. Boshqa guruhda prokat yuqorida keltirilgan printsip boʻyicha amalga oshiriladi (chiziqli va ketma - ket stanlar).
Uzluksiz stanlar (1.15 - h, i - rasm) tasmalar bir vaqtning oʻzida bir nechta kletlarda prokatlanadi. Stanning ishchi kletlari bir - biri bilan ketma - ketlikda joylashtiriladi, vallar aylanishi bir hil yoʻnalishga ega boʻladi. Kletlarda vallar aylanish tezligi shunday boshqariladiki bunda har qanday kletlar prokatlanuvchi
metall hajmi vaqt birligidadoimiy boʻladi. Bu stanlarning afzalliklari: yuqori samaradorlik, prokatlash jarayonlarini butunlay avtomatlashtirish, kapital sarflarning ozligi.
- rasm. Stanlarda ishchi kletalarning joylashish sxemasi:
a - bir kletali: b - ketma ket oshirilgan: d - chiziqli ikkipog„onali: e - zigzaksimon ketma ketlikda; f - shahmat ketma ketlikda; g - yarim uzluksiz simli; h - uzkuksiz ketma ket keng
tasmali; i - uzluksiz; 1 - 11 - kletlar