Vazirligi b. M


Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə4/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Prokat ishlab chiqarish texnologiyalari




Prokatash deb zagotovkaga talab etilgan shakl va o„lchamlar berish maqsadida aylanuvchi jo„valar orasida siqib o„tish jarayoniga aytiladi. Prokatlash jarayoni quyidagi tarzda amalga oshiriladi (1.1 - rasm).




    1. - rasm. Prokatlash sxemasi:

1 - prokatlanadigan zagotovka tilimi; 2 - aylanuvchi jo„va
Qalinligi N bo„lgan prokatlanadigan zagotovka tilimi (polosasi) 1 uning yuzasi va aylanuvchi jo„valar yuzasi 2 orasida yuzaga keladigan ishqalanish kuchi ta‟sirida ular orasidagi tirqish orqali tortilib olinadi. Tirqish balandligi prokatlanadigan tilim boshlang„ich balandligidan kichik, shuning uchun plastik siqishdan keyin tilimni oxirgi o„lchami h dan kichik bo„ladi. Tilimni boshlang„ich va oxirgi o„lchamlari orasidagi farqiga absolyut siqilish deyiladi. Absolyut siqilishga erishish uchun zagotovkani jo„valar orasidan bir necha marta o„tkazilishi mumkin. Bu qiymat bir qancha sabablar bilan chegaralanadi. Juda ham kichik siqilishda prokatlash vaqti oshadi, metall sovub qoladi va uning prokatlash uchun katta kuchlar talab qilinadi. Zagotovkani katta kuchlar bilan siqishda unda darzlar paydo bo„lishi mumkin. Mana shuning uchun har bir zagotovka uchun aylanuvchi jo„valar tezligi, ular orasidagi masofa hisoblanadi va bunda materialning mustahkamlik tavsifnomalari hisobga olinadi.


    1. - rasm. Prokatlashdagi metall tolalarining ko„rinish sxemasi

Prokatlashda tilimni qalinligini kamayishi uning enini oshishiga olib keladi. Metallurgiyada bu jarayon kengayish deb ataladi. Uni zagotovka o„lchamini hisoblashda e‟tiborga olinadi. Masalan, agar zagotovkani kengayishi hisoblangan qiymatidan katta bo„lsa, u holda metallning eni bo„yicha keragidan ortiq qismi yuzaga keladi va u jo„valar orasidagi tirqishga bosim bera boshlaydi, natijada keragidan ortiq metall qismi elementi g„adur - g„udur (zausensa) hosil bo„ladi va uni olib tashlash kerak bo„ladi. Juda ko„p metall va qotishmalar sovuq holatda yetarli darajada plastik emas, shuning uchun zagotovka ma‟lum bir temperaturagacha dastlabki holatda qizdiriladi.
Prokat ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan jihozlarni asosiy konstruktiv qismlarini qisqacha ko„rib chiqamiz.
Prokatlash uchun ishlatiladigan jo„valar - metallarni prokatlashda ishlatiladigan ishchi asboblar hisoblanadi. Har bir jo„va silindr ko„rinishga ega bo„lib, mustahkam cho„yan yoki po„latdan qo„yilgan bo„ladi. Tilim, listlar va plastinalarni prokatlashda jo„valar silliq tayyorlanadi. Fasonli va sortli prokatlar olishda kalibrlangan jo„valardan foydalaniladi. Ularning aylanasi bo„ylab yo„lakchalar u yoki bu shaklda o„yilgan bo„ladi. Ularni ariqchalar deb ataladi. Bir jo„vani boshqa jo„vaga qo„yilganda ma‟lum bir profildagi oraliq hosil bo„ladi.
Masalan, ikki tavrli balkalarni prokatlash bilan tayyorlash kerak (1.3 - rasm,b). U bosqichma bosqich prokatlanadi. Avall 1 balka 2 va 3 roliklar yordamida prokatlanadi.





    1. - rasm. Ikki tavrli balkalarni prokatlash sxemasi:

1 - balka, 2 va 3 - roliklar





    1. - rasm. Turli hil ko„rinishdagi ikki tavrli balkalarni prokatlash sxemasi Keyin prokatlanadigan profilni oxirigi shaklgacha bir qancha bosqichlarda

olinadi. 1.5 - rasmda bunday profillarning turlari berilgan. Jo„valarni shakli va ular
orasidagi masofani o„zgartirish orqali prokatlash profillarini turli turlarini olish mumkin.





    1. - rasm. Prokatlash turlari:

a - prutok; b - ugolok; d - tavr; e - ikkitavr
Prokatlash yordamida maxsus profillar olinadi. Masalan, gilzani prokatlashdan keyin choksiz trubalar olinadi (1.6 - rasm).



    1. - rasm. Quvur uzatmani prokatlash yordamida tayyorlash:

1 - prutok; 2 - jo„va; 3 - konusimon opravka; 4 - jo„vaga nisbatan o„zaro aylanuvchi; 5 - gilza
Bu yerda 1 prutok o„rnatilgan tartibda uncha katta bo„lmagan burchakda (80 dan 240 gacha) bir tomonga 2 jo„vani 4 jo„vaga nisbatan o„zaro aylanuvchi oraliqga uzatiladi. Ushbu holatda prutok qizdiriladi. Jo„valar orasida prutokni xarakatlanish yo„lida 3 konusimon opravka o„rnatiladi va uni odatda dorn deyiladi. U silindr shaklning ichki tekisligini hosil qiladi. Natijada qalin devorli bo„sh profil

  • 5 gilza olinadi. Proshivka qilingandan so„ng gilza qalin devorga ega bo„ladi (20

% quvur diametri o„lchamiga ega). Bundan tashqari uning yuzasida (jo„va va dornlardan) vintli chiziq ko„rinishda izlar qoladi. Bundan keyin boshqa prokatlash stanlarda ishlov berish yordamida silliq yuzaga ega bo„lgan berilgan o„lchamdagi kichik devorli quvurlar olinadi.
Prokatlash stani - aylanuvchi jo„valar orasida metallarni bosim bilan ishlov beruvchi mashinadir. Bir qator ishlab chiqarishlarda prokatlash stani mashina tizimidan tashkil topgan bo„ladi va u tizimga o„z prokatlash stanidan tashqari prokatni kesuvchi, to„g„rilovchi mashina, buxta yoki tayyor rulon buyumini o„ragich (maslan, yupqa listlarni), prokatlangan materialni transportirovka qilish kabilar kiradi.
Prokatlash stanini asosiy qismiga ishchi klet (1.7 - rasm) bo„lib, u 1 stanina, 2 jo„va va 3 shpindeldan tashkil topgan bo„ladi. Jo„valar elektrdvigatel yordamida reduktor va muftalar yordamida shpindellar bilan aylantiriladi. Prokatlash stanida bir yoki bir necha kletlar bo„ladi.





    1. - rasm. Prokatlash stani:

1 - stanina; 2 - jo„va; 3 - shpindel;
Stanlar ishlatishiga qarab, ikkita asosiy turga bo„linadi: sortli prokatni olish uchun dastlabki zagotovka hisoblangan yarim tayyor mahsulotlar olish uchun mo„ljallangan va tayyor prokat ishlab chiqaradigan stanlar.
Birinchi turdagi prokatlash staniga siquvchi stanlar - blyuming va slyabinglar kiradi. Ularni massasi 25 tonna bo„lgan slitkalarini prokatlashda ishlatiladi. Blyuminglardan blyumlar - kvadrat kesimga ega bo„lgan zagotovkalar (200 x 200 va 350 x 310) va slyablar - to„g„ri burchakli kesimga ega bo„lgan zagotovkalar (kengligi 1600 mm gacha va 300 mm qalinglikka ega bo„lgan) olinadi.
Ikkinchi turdagi prokatlash staniga quyidagilar kiradi: rels balkalar - sortli prokatlar, simlar (diametri 5 - 10 mm gacha bo„lgan), listlar va quvurlar hamda maxsus turdagi prokatlar olinadi. Konstruktiv jihatdan stanlar ishchi kletda jo„valar soni va jo„valarning joylashishiga qarab tayyorlanadi. Jo„valarni joylashish sxemasi (1.8 - rasm) da tasvirlangan.
Ikki jo„vaga ega bo„lgan stanlar duo deb ataladi. U ikki gorizontal jo„vaga ega bo„ladi. Kletda joylashgan uchta jo„valar joylashgan stanlar uchstanlar deyiladi. Uch kletlar prokatlashni ikki tomonga amalga oshiradi. (1.6 - rasm) dan ko„rinib turibdiki, prokatlash bir tomonga yuqorigi va o„rtadagi jo„valar yordamida, boshqa tomnga esa o„rta va pastki jo„valar yordamida amalga oshiriladi.





    1. - rasm. Stanlarning sxemasi:

a - duostan; b - uchstan; d - kvartostan
To„rtta jo„vaga ega bo„lgan kletlar - ikki ishchi kichik diametrli va ikki tayanch jo„valar kvartostan deyiladi. Kvartostan qalin va yupqa listlarni issiq holda prokalashda hamda yupqa list va tasmalarni sovuq holda prokatlashda qo„llaniladi. Kvartostanlar listlarni qalinlikda katta aniqlikda oladi, bu jo„valarni egilishini yo„qligi sababli yuz beradi. Yana ko„p jo„vali stanlar yupqa lentalarni sovuq holda prokatlashda qo„llaniladi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin