1.1-rasm. Investitsiya loyihasining asosiy elementlari va yo'nalishlari8
Shuni ham ta'kidlash joizki, investitsiya loyihasini amalga oshirishning bosh maqsadi foyda (daromad) olishga yoki hech bo'lmaganda kapital qiymatini saqlab qolishga qaratiladi.
Investitsiya loyihasi uch tomonlama cheklangan bo'lib, muayyan iqtisodiyotda, hududda amalga oshirilishi bilan, belgilangan vaqt bilan cheklanadi. Mazkur hududda belgilangan vaqtda loyiha amalga oshirilsa, u o'zining maqsadiga erishish kuchiga egadir. Investitsiya loyihalari yana bir tomondan cheklanishi, ya'ni unga safarbar etiladigan resurslar qiymati (xom ashyo, mehnat va moliyaviy resurslari qiymati) o'zgarib boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya loyihasini quyidagicha tasniflash mumkin:
1.2-rasm. Investitsiya loyihasining tasniflanishi9
Amaliyotda investitsiya loyihalarining turlicha tasnifi mavjud bo'lib, belgilariga qarab investitsiya loyihalarining quyidagi ko'rinishlarini ajratish mumkin (1.3-rasm).
Loyiha - bu o'ziga xos faoliyat turi bo'lib, uning bir qancha o'ziga xos belgilari mavjud. Lekin uning asosiy 4 ta belgisi loyihani boshqa turdagi faoliyatlar va tadbirlardan ajratib turadi:
loyiha maqsadlari aniq belgilangan bo'lishi kerak;
loyiha aniq (odatda, oldindan belgilangan) muddat davomida amalga oshirilishi lozim;
9 Mamatov B.S. va boshq. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. Toshkent moliya instituti. T.: «IQTISOD-MOLIYa», 2014. 41-b.
loyihada o'zaro bog'liq harakatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish lozim;
loyiha unikal bo'lishi lozim.
1.3-rasm. Investitsiya loyihalarining kengaytirilgan tasnifi10
Har bir loyihaviy faoliyat quyidagi 3 ta chegaralanishga ega:
Vaqt bo'yicha chegaralanishi;
Pul resurslari bilan chegaralanishi;
10 Rasm prof. D.G'.G'ozibekovning 2003 yilgi "Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari" nomli monografiyasi asosida shakllantirildi.
Texnik vazifalar bilan chegaralanishi (ishlar va operatsiyalarning turlari va sifatiga bo'lgan talab, investitsiya faoliyati ob'ektining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari). Loyiha boshqa chegaralanishlarga ham ega bo'lib, ular orasida loyihani amalga oshirishning tashqi shart-sharoitlari alohida ahamiyat kasb etadi (institutsional,
iqtisodiy, huquqiy va boshqalar).
Loyihalarni 3 turdagi aktivlar (mulk) hisobiga moliyalashtirish mumkin: 1) Moliyaviy investitsiyalar va qarzlar. Bularga qimmatbaho qog'ozlar, bankdagi depozitlar, kreditlar, pul mablag'lari, yuqori likvidli qimmatbaho predmetlar kiradi; 2) Material (moddiy) aktivlar. Bularga ko'chmas mulk, asosiy vositalar, er, ishlab chiqarish texnikasi, liniyalari, xom ashyo, va materiallar kiradi; 3) Nomoddiy aktivlar. Bularga nou-xau, himoyalangan firma nomidan foydalanish xuquqi, intellektual mulk, innovatsiyalar, ishchi kapitali aqliy mahsuli kiradi.
Investitsiya loyihasi investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo'lishi, ikkinchidan, muqobil loyihalarni solishtirish chog'ida yuqoriroq samaraga ega bo'lgan loyihani ma'qul ko'rish lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta bo'lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo'naltirish, pirovardida, aholining me'yordagi turmush darajasini ta'minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi; to'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko'maklashadi va boshq.
So'nggi yillarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar va modernizatsiya qilish jarayoni investitsiya faolligini yanada oshirdi. Iqtisodiyotdagi investitsiyalar hajmining yildan-yilga sezilarli ravishda o'sib borishi milliy ishlab chiqarish hajmining o'sishi orqali o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini rivojlantirishga berilgan e'tibor va qo'llab-quvvatlash natijasida yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi va investitsiyalar miqdori o'sish sur'atlariga ega bo'ldi. Jumladan, 20022014 yillar oralig'ida investitsiyalar hajmi 1,4 mlrd. AQSh dollaridan 14,6 mlrd. AQSh dollariga etgan va 2002 yilga nisbatan 10,4 martaga ortgan (1.1-jadval). Bu holat investitsiyalarning YaIMdagi salmog'ining o'sishiga olib keldi, jumladan, investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 2007 yilda 21,1 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2014 yilga kelib bu ko'rsatkich 23,5 foizga ko'tarildi.
Dostları ilə paylaş: |