Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 328,04 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü328,04 Kb.
#201673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xorijiy investisiyalar Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va turizm fakulteti

Iqtisodiyot” kafedrasi


3-2IQTIM-21 guruhi talabasi Narzullayev Olimjonning


Xorijiy investisiyalar fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu:Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari


Tekshirdi:_________________________


Buxoro - 2023


R E J A:


KIRISH


1. Investitsiya loyihalarining mazmun-mohiyati va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli.
2. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit liniyalarining ahamiyati .
3. Innovatsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishning xuquqiy asoslari

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


KIRISH
O'zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirib, bir qancha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan o'zaro foydali aloqalar o'rnata boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, kengaytirish uchun huquqiy asoslarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko'plab Prezident Farmonlari va Hukumat qarorlari ishlab chiqildi. Bular, avvalo, "Xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi, "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi (yangi tahrir), "Chet el investitsiyalari to'g'risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi Qonunlar hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo'lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan aloqasi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim vazifalarni birga qo'shish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, birinchidan, O'zbekistondagi barcha xo'jalik sub'ektlarining tashqi dunyo bilan o'zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga qo'shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita ko'maklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo'li bilan o'tkazilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutiladi.
Bugungi kunda shu narsa aniq bo'lib qoldiki, Vatanimizning barqaror rivojlanishi yuqori darajadagi investitsiyaviy faollikka bog'liqdir. Unga esa ichki va tashqi investitsiya resurslarini jalb qilish hamda ulardan samarali foydalanish orqali erishiladi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, chet el investitsiya va kreditlarini jalb qilish iqtisodiyotni rivojlantirishga yordamlashadi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar uchun kuchli rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Shu bois Yurtboshimiz bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: "Chet el sarmoyasini jalb qilishni bevosita investitsiyalar tarzida ham, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida ham amalga oshirish ko'zda tutilmoqda. Biz maxsus investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el sarmoyasini jalb qilishga alohida e'tibor beramiz"2.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta'kidlash joizki, O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish va shu asosda strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hozirda iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi g'oyat dolzarb masalalardandir. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish dissertatsiyaning bosh maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish dissertatsiyada quyidagi vazifalarning bajarilishiga asoslanadi:

  • investitsiya loyihalarining mazmuni, mohiyati va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi rolini yoritish;

  • O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit liniyalarining ahamiyatini o'rganish va uning zarurligini asoslash;

  • investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarini yoritish;

  • investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari asosida moliyalashtirish shart-sharoitlarini tahlil qilish;

  • investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish amaliyotini tadqiq etish;

  • investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jarayonidagi muammolarni aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • investitsiya loyihalarni xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish.




Yüklə 328,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin