Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit



Yüklə 328,04 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü328,04 Kb.
#201673
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xorijiy investisiyalar Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari

2. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit


liniyalarining ahamiyati

Ma'lumki, xorijiy banklar yoki xorijiy davlatning banki deganda xorijiy davlatga tegishli banklar tushuniladi. O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida: "xorijiy davlatning banki xorijiy davlat hududida ro'yxatga olingan va u joylashgan hamda ro'yxatga olingan joydagi bank nazorati organi tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bank"11, deb ta'riflangan. Xorijiy davlatning banki vakolatxonasi esa O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, O'zbekiston Respublikasi hududida uning akkreditatsiya qilinganligi haqida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sertifikatiga ega bo'lgan, bank va boshqa tijorat faoliyati bilan shug'ullanish huquqisiz bank manfaatlarini ko'zlab ish yuritadigan alohida bank bo'linmasidir.


So'nggi yillarda mamlakatimizning ishlab chiqarish tarmoqlariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yuvchi, import o'rnini bosuvchi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xorijiy banklarning kredit resurslarini investitsiya loyihalarini, shu jumladan, kichik biznes loyihalarini, ya'ni xususiy sektorni moliyalashtirishga jalb qilish va ularni samarali o'zlashtirish maqsadida Vatanimizga yuqori sifatli texnika-texnologiyalarni etkazib beruvchi investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosati olib borilmoqda, tashqi iqtisodiy faoliyat yanada erkinlashtirilmoqda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni ta'minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yanada takomillashtirimoqda, xorijiy banklar kredit liniyalaridan to'liq foydalanish maqsadida kredit olish uchun taqdim etilayotgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni puxta-pishiq ishlab chiqish, investorlarning qo'ygan kapitali va ularning huquqlarini himoyalashni kafolatlashni yanada kuchaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda xorijiy banklar xususiy sektorga alohida e'tibor bermoqdalar. Dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi xorijiy banklar, jumladan, Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi kredit liniyasi, Xususiy Sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom Korporatsiyasi moliyalashtirish liniyasi, Germaniyaning "Commerzbank AG", "Landesbank AG", "Landesbank Berlin AG" kredit liniyalari va Germaniya rivojlanish kredit agentligi (KfV), Koreya Eksport-import banki kredit liniyasi, shuningdek, Xitoy taraqqiyot Davlat banki kredit liniyalari, aynan, xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun investitsiya kiritishga tayyor ekanliklari shundan dalolat beradi. Buning sababi shuki, xususiy tarmoqni rivojlantirish davlat mulkchiligiga asoslangan totalitar tuzumdan xususiy mulkchilik tamoyillari amal qiladigan demokratik jamiyatga o'tish jarayonining uzviy qismi bo'lib, o'ta muhim va hal qiluvchi o'rin tutishini unutmasligimiz kerak. Aynan mulkchilik shaklining o'zgarishi iqtisodiyot va jamiyat hayotida ortga qaytarib bo'lmaydigan jarayonlar va o'zgarishlar uchun mustahkam zamin va asos yaratadi. Shundagina jamiyat hayotida ishlab chiqarish va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishning, mehnatga munosabatning tamomila yangicha tamoyillari amal qila boshlaydi.
Xorijiy banklar tomonidan mamlakatimizda kichik biznesni moliyalashtirishdagi faolligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin. Jumladan, YaIMni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o'sdi. 2020 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o'rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o'rinlarining yarmi demakdir. O'tgan 2021 yilda 500 dan ziyod yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes sub'ektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo'lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko'rsatkich 49,7 foizga teng edi12. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirilayotgan ana shunday chora-tadbirlar o'zining yuksak samarasini bermoqda.
Jahon banki tomonidan e'lon qilingan, xarid qobiliyati bo'yicha hisoblanadigan YaIM hajmiga qarab aniqlanadigan iqtisodiy rivojlanish borasidagi yangilangan reytingda O'zbekiston dunyoning 190 ta davlati orasida 2010 yildagi 72-o'rindan 66-o'ringa ko'tarildi.
Mamlakatimiz 2020 yilda biznesni yuritish sharoiti bo'yicha reytingda 8 pog'onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog'ona yuqoriga ko'tarildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining bahosiga ko'ra, O'zbekiston so'nggi yilda biznes yuritishni engillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo'yicha etakchi o'nta mamlakat qatoridan joy oldi.
Albatta bunday rivojlanish ko'rsatkichlari mamlakatimizga xorijiy banklarning kredit liniyalarini jalb qilish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizda naqadar zarurligini e'tirof etgan holda: "Sarmoya olamida birovning yuzi yoki ko'zi yaxshi deb qarz berish rasm emas, buni sizlar tushunasizlar. Chet el kreditorlari O'zbekistonga ishonsa bo'ladigan, payti kelganda qarzni to'lashga qodir bo'lgan kuchli sherik deb qaramoqdalar" 13 , deb ta'kidlagan edilar.
Ma'lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish bizning iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu siyosatni quyidagi tamoyillar asosida qurmoqdamiz14: tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga kapital mablag'larni jalb etishni ta'minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni etkazib beruvchi hamda xalq xo'jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko'maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish; mablag'larni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish bilan bog'liq eng muhim ustuvor yo'nalishlarga sarflash. Shu bois Respublika Prezidenti bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: "Biz maxsus investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el sarmoyasini jalb qilishga alohida e'tibor beramiz" 15 . Bu jihatdan yondashadigan bo'lsak, mamlakatimizda tatbiq etiladigan investitsiya loyihalari ham texnologik jihatdan, ham mahsulot ishlab chiqarish va ham etishtirilgan mahsulotni taklif etish bozorlarini yangitdan o'zlashtirish vazifalarini qamrab oladi. Ya'ni, yangi mahsulot, yangi texnologiya va yangi bozorga chiqish va bir yo'la uch yo'nalishdagi vazifalarni ta'minlovchi investitsiyalarni kiritish, boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, investitsion innovatsion loyihalarni tatbiq etish vazifasini yuklatadi.
Asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar 2014 yilda 33715,3 mlrd. so'mni tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 2,2 martaga ortgan, ya'ni asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmida yildan-yilga o'sish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Biroq, mazkur davr davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 1.3 f.p.ga kamaygan. Bu esa, YaIMning o'sish sur'atlari asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o'sish sur'atlaridan yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bugungi kunda ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishda xorijiy banklarning kredit liniyalaridan samarali va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bir vaqtning o'zida milliy iqtisodiyotga xorijiy banklarning kredit liniyalarini faol jalb qilish qator ijobiy samaralar keltiradi. Xususan, xorijiy kreditlarni jalb qilish raqobatbardosh mahsulotlarga, zamonaviy ishlab chiqarishga yuzma-yuz kelish, talabga muvofiq sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xorijiy banklar bilan amaliy hamkorlik o'rnatish orqali jahon amaliyotida mavjud bo'lgan imkoniyatlardan foydalanish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin bo'ladi:

  • eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo'lgan ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) faoliyatini yo'lga qo'yish, yangi texnologiya, zamonaviy jihozlarni, yuqori unumli uskunalarni qo'lga kiritish;

  • yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash;

  • ixcham, amalga oshirilgan xarajatlarni tez sur'atlar bilan qoplaydigan, yuqori samara beradigan korxonalarni qurish;

  • zamon darajasida yuqori mehnat unumdorligiga erishish, mahsulot tannarxini pasaytirish, o'z manfaatlariga erishish;

  • qo'shma korxonalar tuzish, ilg'or tajribaga ega bo'lish, boshqaruvni, raqobatni to'g'ri yo'lga qo'yish;

  • bozor talabini qoniqtiradigan mahsulot (xizmatlarni) etishtirish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga javob beradigan qilib etkazish;

  • tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qo'lga kiritish, daromadni ko'paytirish, yuqori samaraga erishish, sarf etilgan mablag'larni hech qanday talofat va yo'qotishlarsiz tez fursatda qoplash;

  • jahon bozorida o'zining mustahkam mavqeni egallash;

  • mamlakat eksport imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorida «qattiq» valyuta ishlab topishni o'rganish;

  • mamlakat xazinasini to'ldirish;

  • ichki va tashqi bozorga olib chiqiladigan mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo'lgan talabni qondirish;

  • milliy va jahon iqtisodiyoti ravnaqi va jamiyat farovonligini oshirish.

Ushbu ro'yxatni yanada davom ettirish mumkin, chunki xorijiy banklar bilan hamkorlik o'rnatish, ular bilan qo'shma faoliyat olib borish milliy iqtisodiyotda tub tuzilmaviy o'zgarishlarga olib keladi, mamlakat qudratini yanada oshirib, milliy valyuta mavqeini mustahkamlaydi, aholi farovonligini ta'minlab, turmush tarzini yaxshilaydi.



    1. Yüklə 328,04 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin