Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


-jadval O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalarning o'sish



Yüklə 328,04 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü328,04 Kb.
#201673
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xorijiy investisiyalar Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari

1.1-jadval O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalarning o'sish


sur'atlari dinamikasi11





Yillar

YaIM (mlrd. AQSh dollari)

Oldingi yilga nisbatan foiz
hisobida

Investitsiyalar (mlrd. AQSh dollari)

Avvalgi yilga nisbatan, foiz
hisobida

2002

7,4

104,2

1,4

103,8

2003

9,7

104,4

1,9

104,5

2004

12,2

107,7

2,5

105,2

2005

15,2

107,0

2,9

107,0

2006

17,0

107,3

3,3

111,4

2007

22,3

109,5

4,7

123,0

2008

28,1

109,0

6,5

128,3

2009

32,1

108,1

8,2

124,8

2010

38,7

108,5

9,7

113,6

2011

45,9

108,3

10,8

111,2

2012

49,6

108,2

11,7

114,0

2013

53,3

107,4

13,0

118,2

2014

59,7

108,1

14,6

110,9

Bu esa mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganligini ko'rsatadi (1.4-rasm).



1.4-rasm. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, %da12


Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida 20112020 yillarda o'nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, «Jeneral Motors Pavertreyn O'zbekiston» qo'shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo'yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo'yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida «Zenit elektroniks» qo'shma korxonasida «Samsung» kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» unitar sho'ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida «MAN» yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo'yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to'qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to'quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo'yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish
modernizatsiya qilindi va texnik qayta jihozlandi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug'-gaz qurilmasini barpo etish, O'zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo'nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg'in pallaga kirdi.
Mamlakatimizda qayta ishlash tarmoqlaridan sanoat va qishloq xo'jaligi sohasini tahlil qiladigan bo'lsak, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 2007 iyilga nisbatan 4,1 martaga, qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarish esa 4 martaga ortgan (Qarang: 1.2-jadval). Biroq, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning YaIMdagi ulushi 2014 yilda 2007 yilga nisbatan 13,5 f.p.ga, qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning YaIMdagi ulushi esa 7,5 f.p.ga kamaygan. Bunday holat YaIMning o'sish sur'atlari, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sish sur'atlaridan yuqori ekanligini ko'rsatadi va ijobiy holat hisoblanadi.
Ma'lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo'yicha o'z oldimizga katta
maqsadlar qo'yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo'lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo'lida oxirgi yillarda biz ko'pgina tajribalarga ega bo'lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig'ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko'rish mumkin. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo'lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo'yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo'lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug'lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko'mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo'yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. Ayni shu yo'nalishda to'plangan tajribani hisobga olib, o'tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etildi.
Chet ellik investorlar uchun uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, qo'shma korxonalarni rag'batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko'paytirish imkonini berdi. Quyidagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning salmog'i o'sish tendentsiyasiga ega bo'lgan (1.3-jadval). Natijada 2015 yil 1 yanvar holatiga xorijiy investitsiyalarning jami kapital qo'yilmalar tarkibidagi ulushi 21,2 foizni, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog'i 15 foizni tashkil etdi. Bu esa iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Albatta, bunday natijalarning qayd etilgani mamlakatimizda faol va samarali investitsiya siyosati olib borilayotganligidan dalolat beradi hamda mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti, makroiqtisodiy barqarorlik va xalqaro valyutaviy to'lov qobiliyati saqlanib qolganligini ko'rsatadi.


Yüklə 328,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin