O‗rin almashtirish shifrlari tanlangan o‗rin almashtirish kaliti (qoidasi)ga mos holda matndagi harflar guruhini qayta tartiblaydi. Buning uchun oddiy shifrlash protsеdura (kalit)larini bеruvchi maxsus jadvallardan foydalaniladi. Unga ko‗ra xabardagi harflar o‗rnini almashtirish amalga oshirilgan. Bunday jadvaldagi kalit sifatida jadval o‗lchamlari hamda almashtirish yoki jadvalning boshqa maxsus xususiyatlarini bеruvchi iboralar xizmat qiladi.
Kalit so‗zi oltita harfdan kam bo‗lmasligi va bu so‗zda har bir harf faqat bir marotaba ishtirok etishi kerak. Masalan, kalit so‗z- sevinch, shifrlanadigan matn ―O‗zbekiston kelajagi buyuk davlatdir‖ bo‗lsin.
Kalit sifatida 2 ta son olinadi. Har bir sonda raqamlar takrorlanmasligi kerak. 1- yozilgan son gorizontal kalit, 2-yozilgan son vertikal kalit sifatida ishlatiladi. Birinchi son birinchi satrga yoziladi, ikkinchi son birinchi ustunga yoziladi. Ochiq matn shu jadval o‗lchamiga mos qilib tuziladi. Agar matn katta bo‗lsa, bloklarga ajratiladi.
Shifrlash: Masalan, kalit ‖364512, 76815‖, ochiq matn ‖Axborotni himoyalash usullari fan‖ bo‗lsin. 6x7 jadval chiziladi, gorizontal kalit birinchi satrga yoziladi, vertikal kalit birinchi ustunga yoziladi, matn gorizontal tarzda jadval ichiga yozib chiqiladi.
Ushbu jadvaldagi harflar gorizontal ketma-ketlikda yoziladi va shifrlangan matn hosil bo‗ladi. Shifrlangan matn – ‖llhsuuan aifr lmtl hnroab oxasoaly‖ .