Uzoq vaqtli kommutatsiya tarmoqlari. Uzoq vaqtli kommutatsiya deb shunday kommutatsiya usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi o‗rtasida doimiy to‗g‗ri ulanish o‗rnatiladi, ulanish soatlar, kecha-kunduz (sutka), umuman katta vaqt oralig‘i bilan o‗lchanishi mumkin. Bunday ulanishlarni tashkillashtirishda qatnashadigan kanallar ajratilgan kanallar deb ataladi.
Tezkor kommutatsiyali tarmoqlar. Tezkor kommutatsiya deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi o‗rtasida vaqtinchalik ulanish o‗rnatiladi.
Kanallar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. Kanallar kommutatsiyasi shunday kommutatsiya usuliki, unda shu tarmoqning chetki ixtiyoriy juft punktlari o‗rtasida vaqtinchalik to‗g‗ri ulanish o‗rnatiladi.
Xabarlarkommutatsiyasigaasoslangantarmoqlar. Xabarlar kommutatsiyasi deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda har bir kommutatsiya qurilmasida xabarlarni qabul qilish hisoblab chiqariladi, xabarlarning to‗planishi va oldinga uzatilishi qabul qiluvchining manziliga mos keladi.
Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. Paketlar kommutatsiyasi deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda xabarlar tarmoq orqali qabul qilinadigan, buferlanadigan va uzatiladigan aniq qismlarga – paketlarga bo‗linadi. Agar bitta xabarning barcha paketlari qayd qilingan marshrut bo‗yicha uzatilsa, u holda bunday kommutatsiya rejimi virtual deyiladi. Agar har bir paketni uzatish mustaqil marshrut bo‗yicha amalga oshirilsa, bu kommutatsiya rejimi datagramma (deytagramma) deyiladi.
Gibridkommutatsiyalitarmoqlar.Gibrid kommutatsiya deb shunday usulga
aytiladiki, unda bitta va aynan shu kommutatsiya qurilmasida ikki yoki undan ko‗p yuqorida nomlari keltirilgan kommutatsiya ko‗rinishlaridan foydalangan holda kommutatsiya tarmog‗i ishlab chiqiladi.
Kanallar turlari bo‗yicha ma‘lumot uzatishning quyidagi tarmoqlari mavjud:
simpleks tarmoqlar – axborot faqat bitta yo‗nalish bo‗yicha uzatiladi;
yarim dupleks tarmoqlar – axborot o‗zgaruvchan qarama-qarshi yo‗nalish bo‗yicha uzatiladi;
dupleks tarmoqlar – axborot bir vaqtda qarama-qarshi yo‗nalishda uzatiladi.
Ma‘lumot uzatish tezligi bo‗yicha ma‘lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga bo‗linadi:
past tezlikli – bunday tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s;
o‗rtacha tezlikli – tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s dan 2048 kbit/s gacha;
yuqori tezlikli – 2048 kbit/s dan yuqori. Ma‘lumot uzatish tarmog‗i tuzilishi bo‗yicha:
Ierarxik tarmoqlar. Global tarmoqlar ierarxik tuzilishga ega, unda bir necha ierarxiya pog‗onalari mavjud bo‗lib, odatda ular o‗z nomlariga ega bo‗ladi.
Ierarxik tuzilishga ega bo‘lmagan tarmoqlar. Bunday tuzilishga ega tarmoqlardan lokal tarmoqlar qurishda foydalaniladi va bitta ierarxiya pog‗onasiga ega bo‗ladi.
Quyidagilar tarmoqni boshqarish tizimi funksiyasi bo‗lib hisoblanadi: administratoriy boshqaruv, texnik ekspluatatsiya, axborot oqimini nazorat qilish va ularning optimal taqsimoti va h.k. Ma‘lumot uzatish tarmog‗iga bog‗langan holda yechilishi kerak bo‗lgan masalada tarmoqqa qo‗yiladigan talablar funksiyasiga shartlar qo‗yilgan holda boshqaruv tizimi markaziy va markaziy bo‗lmagan tamoyil asosida quriladi. Tarmoqni boshqarish usuli bo‗yicha ma‘lumot uzatish tarmoqlari quyidagilar:
markaziy boshqaruvga ega tarmoqlar. Bu tamoyilda hamma uchun yagona markaziy boshqaruv tizimi mavjud deb faraz qilinadi;
markaziy boshqaruvga ega bo‗lmagan tarmoqlar. Bunday tarmoqlarda boshqaruv tizimi tarqoq tuzilishga ega va ma‘lumot uzatish tarmog‗ining barcha pog‗onalari bo‗yicha tarqalgan shunday markazlarni o‗z ichiga oladi;
aralash boshqaruvga ega bo‗lgan tarmoqlar. Aralash boshqaruvda ma‘lum chegarada markaziy va markaziy bo‗lmagan boshqruv tamoyillari qo‗llaniladi.
Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish etalon modeli
―Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi‖ atamasi tizimlar orasidagi ma‘lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya‘ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatish tufayli, bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‗ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob’ekt deb ataladi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jahonning ko‗p mamlakatlarida axborot tarmog‗i va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib, hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni ochiq tizimlar arxitekturasi deb nomladi.
Bu konsepsiyaga muvofiq ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli (Open System Interconnection basic reference model,OSI RM) ishlab chiqildi va 1983 yilda tasdiqlandi (1.5-rasm).
Mazkur model bunday tizim va tarmoqlarni ishlab chiqishni aniqlovchi va tartibga soluvchi halqaro standartlarni kiritishga imkoniyat beradi.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO-International Standard Organization) tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining asosi sifatida foydalaniladi.
Ochiq tizimlarning tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asos sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta‘minlovchi o‗zaro bog‗lanishini aniqlaydi va quyidagilarni muvofiqlashtiradi:
– rasm. OSI- da ishlatiladigan protokollar modeli
qo‗llanish jarayonlarining o‗zaro bog‗lanishini;
ma‘lumotlarni taqdim etish shakllarini;
ma‘lumotlar saqlanishi bir xilligini;
tarmoq resurslarini boshqarishni;
ma‘lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;
dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini.
- rasmda tarmoqning har xil elementlari ishlaydigan pog‗onalari ko‗rsatilgan. Kompyuter va unga o‗rnatilgan operatsion tizim boshqa kompyuter bilan barcha yettita pog‗ona protokollari yordamida o‗zaro aloqa qiladi. Bu aloqalarda har xil kommutatsiya qurilmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsentratorlar, modellar, ko‗priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar.
- rasm. OSI modelining pog‗onalari
Kommunikatsiya qurilmasi uning turiga bog‗liq ravishda fizik, yoki fizik va kanalli, kanalli va tarmoqli pog‗onada ishlashi mumkin, ba‘zida transportli pog‗ona (marshrutlovchi) ham qo‗shiladi.
- rasmda har xil kommunikatsion funksiyalar mosligi ko‗rsatilgan.
- rasm. Har xil tarmoq qurilmalarini pog‘onalarda ishlashi
OSI modeli amalda keng qo‗llanilishi va ahamiyatli bo‗lishiga qaramasdan, ko‗plab kommutatsiya modellaridan biridir. Bu modellar va ularga bog‗liq bo‗lgan protokollar pog‗onalar soni, funksiyalari, xabarlar formati, xizmatlari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.
Ochiq tizimlarning standart xolatdagi o‗zaro bog‗lanishi quyidagicha:
o‗zaro ochiq tizimning etalon modeli;
etalon modelini qanoatlantiradigan xizmatlarning aniq to‗plami;
xizmatlar bajarilishini ta‘minlovchi va ularni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan protokollar to‗plami.