1960 yillarda paketli kommutatsiya texnologiyasini olimlar britaniyalik Donald Devis va amerikalik Pol Beranlar yaratgan.
60 yillarning birinchi yarmida Devis «paket» terminini kiritdi va yangi kommutatsiya tamoyili asosida kichik tarmoqni qurdi. Beran paketli kommutatsiyaning konsepsiyasini, arxitekturasini buzilishlarga va hujumlarga chidamlilik tomonlarini yaratdi. Keyingi yillarda o‗zining konsepsiyasini bir necha
bor himoya qilishga to‗g‗ri keldi.
Devis Alan Tyuring rahbarligida milliy fizika laboratoriyasining a‘zosi edi (National Physical Laboratory). Bu laboratoriyada ACE Pilot kompyuteri yaratilgan. British Computer Society Award unvoni bilan taqdirlangan.
Donald Devis
Pol Beran (Paul Baran)
Internetni rivojlanishiga katta xissa qo‗shgan. Paketlar kommutatsiyasi usulini yaratgan. Aleksandr Grem Bell nomidagi oltin medal, texnologiya va innovatsiya sohasida milliy medal bilan taqdirlangan.
2008 yilda Beran texnologiyaning rivojlanishiga qo‗shgan xissasi uchun
AQSH ning medali bilan taqdirlangan.
- rasm. Mashhur kompaniya rahbarlari
Mashhur 4 ta asosiy boshqaruvchi tarmoq kompaniyalari. Ularning yillik daromadi, qaysidir davlatning budjetidan ko‗p: Cisco Systems (Djon Chambers), Lucent Technologies (Richard Makgin), Nortel Networks (Djon Rot), 3Com (Erik Benamu). 2000 yilda ular yaqin 10 yillikda ularning kompaniyalarining o‗rni to‗g‗risida taxmin qilishadi.
1994 yilda Djon Chambers Cisco Systemsga rahbar bo‗ldi. Cisco Systemsning omadi ko‗p narsalarga bog‗liq bo‗ldi, rahbariyatning ixtiyori, Cisco Systemsni bozorda qanday qabul qilishi, butun jahon qanchalik tez IP protokolga o‘tishiga bog‘liq bo‘ldi.
Cisco Systemsni afzalligi shundaki, butun jahon IP-paket texnologiyasini qo‗llab qo‗vvatlaydi. Bu yerda Cisco nafaqat texnologiyalarni ishlab chiqaradi, balki ularni qo‗llashda boshqarishniyam ko‗zda tutadi. Djon Chambers ishonardiki, o‗zining katta kompaniyasi kichik firmalarni ham o‗z ichiga oladi.
Djon Chambers Cisco Systems ni boshqa hozirgi va o‗tgan gigant tashkilotlar bilan solishtiradi va uni birinchi o‗ringa qo‗yadi.
Djon Chambersni tashabbuskorligi tufayli hammani IP asriga qaratishga, uni eshitishga e‘tiborini qaratar edi.
Djon Chambers 2001 yilda butun jahon IP ga o‗tadi deb bashorat qildi. IP tarqalishini chegaralovchi faktorlardan biri, bu QoS - xizmat ko‗rsatish sifatini
ta‘minlash mexanizmini kamchiligi hisoblanadi.
Tarmoqlarda ikki foydalanuvchi bir-biri bilan bog‗lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsiya usullari orqali amalga oshiriladi (2.1-rasm):
Signalni uzatish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi o‗rtasida aloqa kanalini o‗rnatish lozim. Bu kanal ikki tomon o‗rtasida butun aloqa seansi davomida fizik bog‗lanish bo‗lib hisoblanadi. Ushbu xolatda biz kanallar kommutatsiyasi bilan aloqa o‗rnatgan hisoblanamiz.
Kanallar kommutatsiyasi bir nechta alohida kanallar uchastkasining bog‗lanishidan hosil bo‗lib, ma‘lumotlarni qurilmalar orasida to‗g‗ri uzatish uchun hosil qilingan fizik kanal tushuniladi.
– rasm. Kanallar kommutatsiyasini tuzilishi Kanallar kommutatsiyasida aloqa seansi quyidagi fazalarga bo‗linadi:
fazalarni tayyorlash, kanallarni hosil qilish va qo‗llab quvvatlashda tarmoq resurslarini zahiralash;