Virtual kanallar va virtual yo‘llar
Yacheyka sarlovhasida ATMni har bir yacheykasi ikki qismli manzilga ega, ya‘ni VPI (virtual path identifier, VPI) va VCI (vitual channel identifier, VCI)dan iborat. Bu manzil fizik interfeys pog‗onasida ATMni virtual ulanishini noyob identifikatsiyasini ta‘minlaydi. Uzatishni fizik marshruti (masalan, DS1 yoki DS3) bir yoki undan ko‗proq marshrutlarga ega va bundan tashqari har bir virtual marshrut bir yoki undan ko‗proq virtual kanallarga ega bo‗lishi mumkin.
Quyidagi 2.13 - rasmda fizik pog‗onadagi ulanish ko‗rsatilgan.
2.13-rasm. Fizik pog‗onadagi ulanish
Uzatishni ma‘lum marshrutida VPI va VCI alohida kanalga biriktirilgan va faqat berilgan kommutator uchun ma‘lum qiymatlarga ega hisoblanadi. VPI va VCI manzillari tarmoq ulanish marshrutida ATMni har bir kommutatorlarida o‗zgarib turadi, ya‘ni har bir kommutator kiruvchi VPI va VCIni, chiquvchi VPI va VCIga o‗zgartirib turadi. Ziddiyatli holatlar sodir bo‗lmagan vaqtda, manzil tarmoq boshqa joylarida ishlatilishi mumkin. ATM uzatish marshrutiga, virtual marshrut yoki virtual kanalga kommutatsiyani ta‘minlab beradi.
Aloqa o‗rnatilayotganda, unga ulanishni oraliq raqami beriladi va bu ulanish paytida keyingi paketlarni uzatishda (ya‘ni aloqa uzilish vaqtigacha) paketlarni xizmat maydonida, ishlatilish manzilining qurilmasi o‗rniga ancha qisqa bo‗lgan ulanish raqami ishlatiladi. Paketda 5 baytga teng kichik sarlovha bor. Bulardan 3 bayti, ATM tarmog‗i doirasida noyob bo‗lgan virtual ulanish raqamiga beriladi.
Qolgan 48 bayt esa, raqamli ovozni 6 razryadiga yoki hisoblash tarmog‗ini 6 baytli ma‘lumotiga ega bo‗lishi mumkin. Katta bo‗lmagan belgilangan uzunlikdagi paketlar, sinxron trafikni uzatishda uzilishlar kam bo‗lishini kafolatlaydi. Shu narsa ayonki, har bir kanal uchun qat‘iy belgilangan kanalli intervallarni rad etish natijasida, ideal bir - xillikga ega bo‗lish mumkin bo‗lmay qoladi. Biroq turli trafik paketlariga turli xizmatlar ko‗rsatilganda, birinchi paketni maksimal kutish vaqti, bitta paketni qayta ishlash uchun ketgan vaqtga teng bo‗ladi. Trafik turini kiritish va birinchi xizmat ko‗rsatish, ATM texnologiyasini o‗ziga xos tarafi hisoblanadi va bu unga bitta kanalda sinxron va asinxron paketlarni joylashtirish imkonini beradi. ATM tarmoqlarida ohirgi qurilma va tarmoq orasida ulanish aloqani individual liniyasi orqali amalga oshiriladi. Kommutatorlari esa, o‗zaro bir - birlari bilan zichlashtirilgan kanal orqali ulanadi va ular kerakli kommutatorga ulangan barcha qurilmalarning paketlarini uzatadi (2.13-rasm).
Stantsiya adresi 20 bayt
- rasm ATM tarmog‗ining tuzilishi
ATM tarmog‗i telefon tarmog‗i tuzilishsiga o‗xshash tuzilishga ega. Bunda ohirgi stansiyalar quyi pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi. Bu esa o‗z navbatida yuqori pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi.
ATM kommutatorlari, kommutatorlar tarmog‗ida trafikni marshrutizatsiya qilish uchun ohirgi qurilmalar manzilini ishlatadi. Paketli kommutatsiya virtual kanal identifikatori (VCI) asosida sodir bo‗ladi. U o‗rnatilganda aloqa o‗rnatishga
tayinlanadi va aloqa uzilganda u yo‗q qilib tashlanadi. Virtual ulanish ohirgi
stansiyani 20 baytli manzillari asosida o‗rnatiladi. Manzilni bunday uzunligi katta tarmoqlar uchun mo‗ljallangan. Manzil ierarxiyali tuzilishga ega. U telefon tarmog‗idagi raqamga o‗hshashdir va shahar, davlat kodlariga moslarini ishlatadi. Virtual ulanishlar doimiy (Permanent Virtual Circuit, PVC) va kommutatsiyalanadigan (Switched Virtual Circuit, SVC) bo‗lishi mumkin. Doimiy virtual ulanishlar ikkita belgilangan abonentlarni ulaydi va tarmoq administratori tomonidan o‗rnatiladi. Kommutatsiyalanadigan virtual ulanishlar ixtiyoriy ohirgi abonentlar orasida aloqani o‗rnatish boshlanganda o‗rnatiladi. ATMni ohirgi stansiyasini quyi pog‗ona kommutatorlari bilan ulash UNI (User Network Interface) standarti orqali amalga oshiriladi. UNI paket tuzilishini, stansiya manzilini, boshqariladigan axborotni almashishni, ATM protokoli pog‗onasini va trafikni boshqarish usullarini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |