Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə26/50
tarix25.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#195829
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
transport sathi

Ma’lumotlar bazasi

Jadval

Tavsifi

Qo‗shnilar bo‗yicha ma‘lumotlar bazasi

Qo‗shni qurilmalar jadvali

  • 2 tomonlama ma‘lumot almashish o‗rnatilgan barcha qo‗shni marshrutizatorlar ro‗yxati;

  • har bir marshrutizator uchun alohida jadval mavjud;

  • jadvalni show ip ospf neighbor buyrug‗i yordamida

ko‗rish mumkin.

Kanalni xolati bo‗yicha ma‘lumotlar bazasi

Topologiya jadvali

-tarmoqdagi barcha marshrutizatorlar to‗g‗risida ma‘lumotlarni yig‗adi;
-bu ma‘lumotlar bazasi tarmoqning topologiyasini ko‗rsatadi;
- bir maydonda bo‗lgan barcha marshrutizatorlar bir xil kanalni xolati bo‗yicha ma‘lumotlar bazasini ishlatadi;
-jadvalni show ip ospf database
buyrug‗i yordamida ko‗rish mumkin.

Jo‗natmalarning ma‘lumotlar bazasi

Marshrutizatsiya jadvali

-kanalni xolati bo‗yicha ma‘lumotlar bazasidagi algoritmni ishga tushishi orqali yaratilgan marshrutlar to‗g‗risida
ma‘lumotlarni yig‗adi;

3.1 – jadval davomi









-har bir marshrutizator boshqa marshrutizatorlarga paketlarni jo‗natish joyi va usuli to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lgan marshrutizatsiya jadvalini ishlatadi;
-bu ma‘lumotlarni show ip route bo‘yrug‘i yordamida ko‗rish
mumkin.




  1. Qo‗shni qurilmalar bilan qo‗shnichilik munosabatlarini o‗rnatish OSPFni ishlatuvchi marshrutizator ma‘lumotlarni almashish uchun tarmoqdan bir-birini aniqlashni bajarishi kerak. OSPFni ishlatuvchi marshrutizator OSPF yoqilgan barcha interfeyslaridan salomlashish paketini ushbu interfeyslar chegarasida qo‗shni qurilmalarni aniqlash uchun jo‗natadi. Qo‗shni qurilma mavjud bo‗lganda OSPFni ishlatuvchi marshrutizator u bilan bir xillik munosabatini o‗rnatishga harakat qiladi.

  2. Kanal xolati to‗g‗risida xabarlarni almashish. Bir xillik munosabati o‗rnatilgandan keyin marshrutizatorlar kanal xolati to‗g‗risidagi (LSA) xabarlarni almashadi. LSA har bir to‗g‗ridan - to‗g‗ri ulangan kanalning xolati va narhi to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega. Marshrutizatorlar o‗zining LSA xabarlarini qo‗shni qurilmalarga jo‗natadi. Qo‗shni qurilmalar LSA xabarlarini olishi bilan o‗zining LSA xabarini to‗g‗ridan to‗g‗ri ulangan qo‗shnilarga jo‗natadi va bu jarayon bir maydondagi barcha marshrutizatorlar barcha LSA xabarlarni qabul qilib olguncha davom etadi.

  3. Topologiya jadvalini yaratish. OSPFni ishlatuvchi marshurtizatorlar kanal xolati to‗g‗risidagi xabarni olgandan keyin qabul qilingan paketlar asosida topologiya to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasini yaratadi. Bu ma‘lumotlar bazasida ohir oqibat tarmoqning topologiyasi to‗g‗risida barcha axborotlar yig‗iladi.

  4. SPF qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarilishi. Shundan keyin marshrutizatorlar qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarishga tushishadi.

Katta samaradorlikni va masshtablikni ta‘minlash uchun OSPF protokoli maydonlarga bo‗lingan ierarxik marshrutizatsiyani quvvatlaydi. OSPF maydoni kanal xolati bo‗yicha tuzilgan ma‘lumotlar bazasidagi kanal xolati to‗g‗risidagi bir xil ma‘lumotlarni ishlatuvchi marshrutizatorlar guruhidan iborat.
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin:

    • bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi bitta maydonda joylashgan (0 maydon).

    • bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli ierarxik tartibda bir nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0 maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi (AVR).

OSPFda bir nechta maydonlar uchun ierarxik marshrutizatsiyani ta‘minlash maqsadida bitta katta avtanom tizimi (AT)ni bir nechta kichik maydonlarga bo‗lish mumkin. Ierarxik marshrutizatsiyani ishlatishda maydonlar o‗rtasida (maydonlararo marshrutizatsiya) marshrutizatsiya bajariladi. Protsessorning resurslari (M: ma‘lumotlar bazasi takroriy hisoblash)ni talab qiluvchi marshrutizatsiya jarayonlarining ko‗pchiligi bitta maydon doirasida bajariladi.
Har doim marshrutizator bitta maydon doirasida topologiyada o‗zgarish to‗g‗risida yangi ma‘lumotni qabul qilsa, marshrutizator qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarishi, yangi SPF qisqa yo‗l daraxtini yaratishi va marshrutizatsiya jadvalini yangilashi kerak. Qisqa yo‗lni izlash algoritmi mikroprotsessorning katta hajmdagi resursni talab qiladi, ya‘ni resurs bu hisoblashga ketadigan vaqt maydonini o‗lchamiga bog‗liq bo‗ladi.
Izoh: topologiyaning o‗zgarishi boshqa maydondagi marshrutizatorlar
o‗rtasida masofa vektor formatida qayta taqsimlanadi. Boshqacha aytganda bu marshrutizatorlar faqat marshrutizatsiya jadvalini yangilaydi va qaytadan qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarmasligi kerak.
Bitta maydondan juda ko‗p marshrutizatorlar bo‗lsa kanal xolati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasi juda katta hajmga ega bo‗ladi va mikroprotsessorning yuklanishi ortadi. Shuning uchun mashrutizatorlarni maydonlarga taqsimlashdan katta ma‘lumotlar bazasini kichik ma‘lumotlar bazasiga samarali taqsimlash kerak. Bunda samarali boshqarish imkoniyatini ta‘minlashga e‘tibor qilish lozim.



    1. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli

Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‗g‗risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‗g‗risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‗ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‗qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‗shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‗g‗risida juda ko‗p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‗g‗risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‗qolishi, ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak.


ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud (3.2 - jadval). Xabarning har bir turi o‗z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‗la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‗indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti ma‘lumotlarga ega. Bu qurilma-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki – qo‗shma pog‗onasidagi hamma protokollar
o‗z xabarlarining birinchi 64 bitini taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar. Maydon turi quyidagi belgilanishga ega (3.2 – jadval):

    1. – jadval.

Maydon turi


Belgilanishi

Xabarlar turi

0

Aks-sado-javob (Echo Replay)

3

Yetib bo‗lmaydigan belgilangan qurilma
(Destination Unreachable )

4

Manbani yo‗qotish (Source Quench)

5

Yo‗nalishni o‗zgartirish (Redirect)

8

Aks-so‗rov (Echo Request)

11

Deytagramma vaqtining tugashi
(Time Exceeded for a Datagram)

12

Paket ko‘rsatkichining muammosi.
(Parameter Problem on a datagram )

13

Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request)

14

Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)

17

Manzilni talab qilish (Address Mask Request)

18

Manzil javobi (Address Mask Replay)

Ko‗rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli tor masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‗lib hisoblanadi.


Xabar turlarini taxlil qilib chiqamiz (3.3-jadval).

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin