Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Drayver - tarmoq adapteri bilan bevosita birga harakat qiluvchi dastur; Modul



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə34/50
tarix25.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#195829
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
transport sathi

Drayver - tarmoq adapteri bilan bevosita birga harakat qiluvchi dastur;
Modul - drayver, tarmoqdagi qo‗llanish dasturlari va boshqa modullar bilan bilan birga xarakat qiladigan dastur;
Tarmoq interfeysi - kompyuterni tarmoqqa ulovchi fizik qurilma – Ethernet kartasi;
Kadr - tarmoq interfeysidan uzatadigan va qabul qiladigan ma‘lumotlar

bloki; bloki;


IP paket - IP modulini tarmoq interfeysi bilan almashadigan ma‘lumotlar
UDP deytagramma - IP moduli UDP moduli bilan almashinadigan

ma‘lumotlar bloki;
TCP - IP moduli bilan TCP moduli almashinadigan ma‘lumotlar bloki;
Qo‘llanish ma’lumotlari - Transport pog‗onasida tarmoq qo‗llanish dasturlari bilan protokollar almashinadigan ma‘lumotlar bloki;
Inkapsulyatsiya (kapsula-«idish»ni yot organizmlardan xoli etish uchun tashkil etish ma‘nosini bildiradi) - bir protokol hajmidagi ma‘lumotlarni ikkinchi protokol hajmiga joylashtirish usuli. Masalan IP paketini Ethernetga yoki TCPni IP paketiga joylashuvi (4.6-rasm).



    1. - rasm. Transport pog‗onasida aloqa seanslarini uzatilishi

Transport pog‗onasi qabul qiluvchi va uzatuvchining ilovalari o‗rtasida har bir aloqa seanslarini alohida kuzatadi (4.7-rasm).



    1. – rasm. Transport pog‗onasida ilovalarni ajratilishi

Transport pog‗onasi qurilmada bir nechta ilovalar ochilgan bo‗lsa, ularning to‗g‗ri qabul qilinishiga kafolat beradi.


TCP ishonchli transport protokoli hisoblanadi. Bu esa ilovalar o‗rtasida ishonchli ma‘lumot uzatishni yetkazib berilganligini tasdiqlash orqali ta‘minlab beradi. Paketlarni TCP protokoli orqali uzatishda manbadan qabul qiluvchigacha bo‗lgan jarayon kuzatiladi.
TCP ishonchlilikni ta‘minlash uchun quyidagi 3 ta asosiy vazifani bajaradi:

  • ma‘lumot segmentlarini uzatishni kuzatish;

  • qabul qilingan ma‘lumotlarni tasdiqlash;

  • tasdiqlanmagan barcha ma‘lumotlarni qaytadan uzatish.

TCP xabarlarni segmentlarga bo‗ladi. Bu segmentlarga tartib raqamlari
qo‗yiladi. Shundan so‗ng ularni paketga yig‗ish uchun IP protokol bo‗yicha uzatiladi. TCP uzatilgan segmentlarni u yoki bu tugunga borganligini kuzatadi. Agar jo‗natuvchi belgilangan vaqt ichida tasdiqlashni qabul qilmasa, u holda TCP bu segmentlarni yo‗qolgan deb ko‗radi va ularni qaytadan jo‗natadi. Qaytadan uzatish faqat xabarning yo‘qolgan qismi uchun bajariladi. Qabul qiluvchi tomonidagi TCP protokol xabarning segmentlarini qaytadan yig‗ish va ularni mos keluvchi ilovalarga uzatish uchun javob beradi (4.8-rasm).



    1. – rasm. Transport pog‗onasining ko‗rsatkichlari

Ishonchlilikni ta‘minlashning bunday jarayonlari tarmoq resurslarini yuklanishiga olib keladi. Jo‗natuvchi va qabul qiluvchi o‗rtasida yuqoridagi jarayonlarni bajarish uchun qo‗shimcha boshqaruvchi ma‘lumotlar uzatiladi. Bu nazorat axboroti TCPning sarlovhasida bo‗ladi (4.9-rasm).
Qo‗shimcha yuklanish ishonchlilikni ta‘minlash uchun qaysidir ilovalar uchun foydaliligini kamaytiradi va uning samaradorligini yomon deyish mumkin.
UDP ilovalar o‗rtasida ma‘lumot segmentlarini uzatish uchun faqat asosiy funksiyalarni ta‘minlaydi. Buning uchun u katta bo‗lmagan resurslarni ishlatish va ma‘lumotlarni tekshirish orqali ta‘minlaydi. UDP ma‘lumotlarni kafolatsiz yetkazish protokoli hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlarida kafolatsiz yetkazish ishonchsiz hisoblanadi. UDP jo‗natuvchiga ma‘lumotlarni muvofaqqiyatli yetib kelganligini tasdiqlovchi transport pog‗onasining jarayonlarini ishga tushirmaydi. UDP protokoli oddiy pochtadan ro‘yxatdan o‗tkazilmagan xatni yuborishga o‗xshaydi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchini olganligini bilmaydi, pochta bo‗limlari esa xatni nazoratga olishga, jo‗natuvchini xabardor qilishga va manzilga yetib borganligiga javobgarlikni o‗z zimmalariga olmaydi.

TCP foydalanadigan ilovalar UDP foydalanadigan ilovalar





    1. – rasm. TCP va UDP protokollar foydalanadigan ilovalari


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin