Xabarni chaqiruvlar boshqaruviga qarab signalizatsiya va ro‘yxatlashni, shuning bilan multimedia ma‘lumotlarini sinxronlashgan va paketli oqim bo‗yicha aniqlaydi.
H.245
Multimedia ma‘lumotlarini uzatish oqimida ochiq va yopiq kanal uchun xabarni aniqlaydi va boshqa buyruq, so‗rovlarni ham.
IP-telefoniyaning takomillashuvida keyingi bosqich H.323ning tasnifi pastki pog‗onaning etalon modeli va ochiq tizim bilan o‘zaro ishlashidir. U kanalli va tarmoq pog‗onalari xizmat sifati, qulaylikni ta‘minlash uchun tegishli imkoniyatni inobatga oladi.
IETF ishchi guruhi tomonidan zahiralashgan protokol (RSVP) ishlab chiqilgan. Multimedia dasturlari RSVP yordamida mavjud bo‗lgan tarmoq protokollarining istalgan biror biri orqali (asosan IP bundan tashqari ma‘lumotni sifatli uzatishni ta‘minlash uchun UDPdan ham foydalanishi mumkin) maxsus xizmatlarini talab qilishi mumkin. RSVP protokoli telefon so‗zlashuvlarni bir-biri bilan, har bir qurilma bilan bog‗lab turishi tufayli QoSga katta e‘tibor beradi va bundan tashqari aniq ma‘lumotlarni uzatishi mumkin.
RSVP QoS muammolarini hal etishni nazarda tutgan. Bunda multimediya dasturlariga xos bo‗lgan internet protokollaridagi kamchiliklar, xususan ma‘lumotlarni sinxronlash vositalarini yetarli rivojlanmaganligi mavjuddir.
TCP/IP ga o‗xshash ishonchli protokollar ma‘lumotlar yo‗qolishini qaytara oladigan ko‗p pog‗onali vositalar orqali uzatiladi. Birgina ko‗p tenglamali arxitektura audio va video signallarni dekoderlash jarayonlari vaqti tartiblangan sezgirligiga xalaqit beradi. Shu vaqt mezoni IPni shakllantirmaydi. Bundan sinxronizatsiya juda qiyin masala ekanligi kelib chiqadi.
Har bir ma‘lumotlar paketida axborotlar tartibli raqamlashtiriladi. Bunday qo‗shimcha axborotlar tufayli amaliy dasturlar audio va video ma‘lumotlar oqimida qiyin bo‗lmagan nisbiy aralashma bo‗ladi. Axborotni vaqtida yuborish uchun qabul qilingan har bir paketda sinxronizatsiyani qiyinchiliklarsiz amalga oshiradi. Dastur kadrni tartiblangan raqam bo‗yicha oson qabul qiladi. RSVPni sinxronli uzatishida va multimedia axborotlarini sifatli uzatishda RTP protokoli asosan qo‗llaniladi.
IP-telefoniyani tez sur‘atdagi rivojlanishi IP tarmoqqa kanal kommutatsiyali tarmoq bilan ulanishga qaratilgan yulaklarning mos kelish muammosini keltirib chiqardi. Ko‗p nuqtali multimedia aloqalarini boshqaruvchi guruh IETF tashkiloti aloqa seanslarini umumlashtirishga qaratilgan protokol (SIP)ni ishlab chiqdi.
H.323 standartlariga hozircha kiritilmagan SIP protokoli IP telefoniyani keng tarqalishiga turtki bo‗ldi, chunki u IP telefoniya va oddiy telefon orasidagi mavjud to‗siqlarni yo‗qotadi.
IP telefoniyada ovoz signallarini uzatilish sifatini ta‘minlanishida ularni quyidagicha o‗rganib chiqish lozim:
Audiosignallar kirishidagi barcha kerak bo‗lmagan tarkibiy qismlarni bekor qilish. So‗zlarni raqamlardan chiqarish jarayonidan so‗ng dinamikdagi exoni mikrofonda yo‗qotish. IP turkumidagi va an‘naviy telefon turkumidagi telefon tarmoqlaridagi shaxsiy kompyuterlar asosidagi barcha «Ochiq mikrofon» va boshqa ovozlar uchun exolarni va shovqinlarni samarali pasaytirish o‗ta zarur. Ushbu vazifalarni shaxsiy kompyuterning audiokomponentlari amalga oshiradi. Shuning uchun IP telefoniya tizimi bunday xususiyatga ega bo‗lmasligi mumkin. IP telefoniyaning yulaklari uchun kamroq ishni ko‗rib chiqish yuklatiladi.
So‗zlarda «tanaffus»larni so‗ndirish: qoldiq fon shovqinlarini tanish va yakuniy nuqtada tiklash hamda signallarni tanish uchun kodlashtirish. Tanaffuslarni yaqin nuqtada to‗liq so‗ndirgan afzal. Atrofdagi tovushlarni saqlab qolish uchun fon shovqiniga aylantirish lozim. Bu esa tizimda bu tovushlarni yakuniy nuqtada eshituvchi uchun tiklash imkonini beradi. Ko‗p chastotali raqamli terish signallarini va boshqa signallarni yakuniy nuqtada tiklash uchun qisqa kodlar
bilan almashtirish mumkin.
Ovoz ma‘lumotlarini siqish. Raqamlangan ovozni turli usulda siqish mumkin. IP telefoniya uchun to‗g‗ri qaror tez, so‗z sifatini saqlaydigan va chiqishda ma‘lumotlarning kichik xususiyatlarini uzatishdan iborat bo‗lishi kerak.
Siqilgan ovoz ma‘lumotlarni qisqa sigmentlarga «bulish» va ketma- ketlikda raqamlash, uzatish va paketlarga sarlovhani qo‗shish. TCP/IP protokoli o‗zgaruvchan bo‗lgan paketlarni boshqarsada, ulardan foydalanishda ovoz ilovalarini tarmoqlararo yo‗naltirishdagi barqarorlikni, oldindan ko‗ra bilishlikni ta‘minlashga to‗siq bo‗ladi. Marshrutizatorlar kichik paketlarni ko‗rib chiqadi va IP manzili orqali bir xil hajmdagi va bir xil usulda uzatiladigan paketlarni asosan ko‗rib chiqadi. Natijada paketlar bitta yo‗nalishda keladi va ularni qayta tartibga solish lozim.
Paketlarni yo‗qolishini va ushlanishini taxliliy o‗rganib chiqishni taminlash uchun paketlarni moslashish «qayta sinxronizatsiya buferi» da qabul qilish va qayta tartibga solish. Bu yerda asosiy maqsad paketlar orasidagi o‗zgaruvchan ushlanishlarning ta‘sirini yengib o‗tishdan iborat.
IP kanalning o‗tkazuvchanlik xususiyatining muhim omillaridan biri so‗z axborotlarini kodlash va koddan chiqarishning eng maqbul algoritmlarini tanlashdan iborat.
Bugungi kunda mavjud bo‗lgan barcha turdagi so‗z kodeklarini ishlash tamoyilini uch guruhga bo‗lish mumkin:
Kodlangan impulsli modulyatsiya va moslashgan differinsial kodlangan impulsli modulyatsiya kodeklari an‘anaviy telefon tizimlarida qo‗llaniladi va ko‗p hollarda ARO‗/RAO‗larning uyg‗unligini aks ettiradi.
Vokoderli so‗z signallarini o‗zgaruvchan kodeklari uyali aloqa tizimlarida radiotraktning o‗tkazuvchanlik xususiyatiga talablarni tushurish uchun yuzaga kelgan. Ko‗p hollarda bu kodeklar analog jihozlarda qo‗llaniladi.
Umumlashgan kodeklarda so‗zlarni o‗zgartirish va sintezlash texnologiyasini jamlagan. Ular raqamli signallar bilan ish olib boradi. Bu turdagi kodeklar o‗zida raqamli vokoder asosida amalga oshadigan IKM yoki ADIKM
kodeklarni jamlagan.
IP telefoniyaning ovoz yulaklarida kodek tushunchasi faqat kodlash va koddan chiqarish algoritmlarini anglatmasdan va apparatura tadbig‗ini ham anglatadi. IP telefoniyada qo‗llaniladigan ko‗pgina kodeklar 3.3-rasmda ko‗rsatilgan G oilasining standarti H.323 tavsiyalarida belgilangan.
3.3-rasm. So‗z signallarini kodlash uchun standartlar
Signallar ko‗rinishidagi ma‘lum ilovalar asosida kodlashning barcha usullarida signal uzatish vaqtida amplituda sezilarli sakrash bilan kelmaydi.
So‗zlarni uzatishdagi ushlanish raqamli signallarni ko‗rib chiqish muhimligi bilan bog‗liq bo‗lmay, balki bevosita siqish usulining xususiyatiga ham bog‗liq bo‗ladi. LPC bashorat liniyasi bilan kodlash orqali 2.4 yoki 4.8 Kbit/s li uzatish yulaklari mos bo‗ladigan juda katta pog‗onada siqishga ega bo‗lishi mumkin, lekin ovoz sifati sezilarli pog‗onada kamayadi. Signal kodlangach protsessor uning
shaklini tiklashga harakat qiladi va natijani dastlabki signal bilan taqqoslaydi, so‗ngra o‗ta moslikka erishish uchun kodlash ko‗rsatkichlarini belgilashni boshlaydi. Bunday moslikka erishgach apparatura olingan kodni aloqa liniyasi orqali uzatadi va qarama-qarshi tomonda esa ovoz tiklanishi yuz beradi. Bunday usuldan foydalanishda o‗ta yuqori hisoblash quvvati sodir bo‗ladi. Eng ko‗p tarqalgan, ta‘riflangan kodlash usullaridan biri LD-CELP hisoblanadi. U 16 Kbit/s o‗tkazuvchanlik xususiyati asosida qoniqarli tiklash sifatiga erishish imkonini beradi. Algoritm 16 razryadli ovoz signallarini analog-raqamli o‗zgarish natijasida olingan raqamlar ketma-ketligiga qo‗llaniladi. Bu usulni qo‗llanishida ham o‗ta yuqori hisoblash quvvati talab etiladi. 1995 yil mart oyida yangi G.723 standarti qabul qilindi. Bu telefon tarmoqlari orqali videokonferensiyalarni tashkil etish uchun so‗zlarni zichlashda foydalanish ko‗zda tutilgan va G.723 ni asosini MP- MLQ usulida so‗zlarni zichlash tashkil etiladi. U yuqori eshittirishning yetarli sifatlarini saqlagan holda so‗zlarni o‗ta yuqori zichlash imkonini beradi. Bu usul asosida optimallashuv jarayoni yotadi. Unda turli xildagi takomillashuvlar yordamida so‗zni 4.8, 6.4, 7.2 va 8.0 Kbit/s pog‗onasigacha zichlash mumkin. Algoritmning tuzulishi uzatish vaqtida dasturiy ta‘minot asosida ovozni zichlash pog‗onasini o‗zgartirish imkonini beradi. Kodlash natijasida ushlanish 20ms dan oshmaydi. O‗tkazish kengligidan foydalanish samaradorligi oshirilsa, so‗zlarni zichlash mexanizmi o‗z navbatida ushlanishlarni o‗sishiga va sifatni yomonlashuviga olib keladi.