Ovozni paketga aylanishi qanday amalga oshiriladi?
Xizmat ko‗rsatish sifati nima?
IP kanalning o‗tkazuvchanlik xususiyati nima?
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TRANSPORT POG‘ONASI PROTOKOLLARI
Transport pog’onasi protokollari: UDP, TCP va SCTP
Transport pog‗onasining asosiy maqsadi – o‗zining foydalanuvchilariga ishonchli, tejamli (resurs va kanallardan foydalanish rejasi asosida) va foydali xizmatlarni taqdim etishdan iborat (amaliy pog‗onada, 4.1-rasm).
– rasm. Transport pog‗onasi protokolini qo‗llanilishi Transport pog‗onasining funksiyasi:
foydalanuvchiga ma‘lumotlarni to‗g‗ri yetkazib berilishini tekshirish;
ulash, o‗rnatish;
qabul qilganligi haqida hisobot;
yo‗qotilgan yoki noto‗g‗ri yuborilgan ma‘lumotlarni qayta jo‗natish;
oqimlarni boshqarish.
Qabul qiluvchining manzilini to‗g‗riligini tekshirish uchun psevdosarlovha
tuzilishi (UDP va TCP uchun)dan foydalanadi.
Transport pog‗ona protokollaridan ommaboplari TCP va UDP protokollari hisoblanadi:
TCP protokoli – bu ishonchli protokol, ma‘lumotlarni tartibli uzatish ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta‘minlaydi.
UDP protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‗ljallangan, ma‘lumotlarni uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini nazorat qilmaydi (4.2-rasm).
Lekin UDP protokoli tez ishlaydigan protokol hisoblanadi va xabarlar chegarasini ta‘minlaydi.