Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Oqimni boshqarish axborotini uzatish protokoli (SCTP)



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə35/50
tarix25.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#195829
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
transport sathi

Oqimni boshqarish axborotini uzatish protokoli (SCTP)


Oqimni boshqarish axborotini uzatish protokoli (SCTP) axborotni yetkazib berish ortiqchaligi va ishonchlilikning yuqori pog‗onasi bilan ikkita ohirgi punktlar o‗rtasida IP tarmoq orqali signalizatsiya xabarlarini uzatishni ta‘minlaydi. Buning uchun real vaqtda axborotni ayrim axborot oqimlari bo‗yicha bir qancha


manbalardan yetkazib berishning yuqori ishonchliligini imkoniyatlar protokoliga o‗rnatilishi bilan farqlanadigan standartlashtirilgan usul qo‗llaniladi. Shuningdek ushbu protokol bo‗yicha ishlaydigan Internet bog‗lanishning o‗ta yuklanganlik holatida o‗z-o‗zini o‗chirish funksiyasi amalga oshiriladi.
SCTP va signalli ilovalar o‗rtasidagi interfeys adaptiv pog‗ona orqali boshqariladi. Adaptiv pog‗ona oraliq pog‗onani shunday hosil qiladiki, unda protokollar stekining yuqori pog‗onasidagi muayyan arxitektruaning signalli protokollari transport muhiti bilan o‗z interfeyslarini va SCTP protokolidan boshqa transport protokoli o‗rniga foydalanilgan holatda ichki funksional imkoniyatlarini o‗zgartirmasligi kerak. Boshqa jihatdan, protokollar stekining ta‘minlab turadigan arxitekturasi o‗z qoidalarini buzmasdan Internet arxitekturasiga mos kelishi kerak.
SCTP protokoli turli maqsadlarda turli xil ilovalardan – fayllarni HTTP vositalar yordamida uzatishdan signalli axborotni tashishgacha, MTP ishlash imkoniyatlarini o‗zgartirishdan SCCP signalizatsiya axborotini transportirovka qilishni o‗zgartirishgacha foydalanish mumkin.



    1. Transport pog‗onasi protokollari: RTP va RTCP

RTP protokoli bir manzilli va guruhli jo‗natmalarning tarmoq xizmatini qo‗llagan holda ushlanishlarga seziluvchan axborotlarni yetkazishga ixtisoslashgan. U o‗z vaqtida yetkazilishini kafolatlovchi o‗z mexanizmlariga yoki boshqa xizmat sifati ko‗rsatkichlariga ega emas. Bu ishlarni quyida keltirilgan protokollar bajaradi. Odatda RTP UDP dan ustun ishlab, uning xizmatlaridan foydalanadi, lekin ba‘zida boshqa transport protokollaridan ustun ishlashi ham mumkin (4.10-rasm).
RTP xizmati oqimda paketning ketma-ket raqamini va kerakli yuk turini ko‗rsatishni taqozo etadi hamda vaqtincha belgilash qo‗llaniladi. Junatuvchi har bir RTP paketni vaqtincha belgi bilan belgilaydi. Qabul qiluvchi esa uni ajratib oladi va ushlanish yig‗indisini hisoblaydi.
Boshqaruv Ma‘lumotlar Audio Vidео А/В boshqaruv




H.225.0(Q.931)

H.245

T. 120




G. 7хх





Н.26х



RTP






TCP

UDP

IP

4.10-rasm. H.323 protokollar to‗plami


Paketlar orasidagi ushlanish farqi djitterni belgilash imkonini beradi va uning ta‘sirini kamaytiradi, ya‘ni barcha paketlar ilovaga bir xildagi ushlanish bilan beriladi.
Shunday qilib, RTPning asosiy xususiyati – qabul qilingan paketlarning ba‘zi to‗plamining o‗rtacha ushlanishini hisoblash va ushbu o‗rtacha ko‗rsatkichga teng ushlanish asosida foydalanuvchining ilovasiga ularni doimiy yetkazib turish kabilar kiradi. RTPning yana bir ustunligi RSVP bilan uni belgilangan xizmat bosqichida sinxronlashgan multimediya axborotlarini uzatishda qo‗llash mumkin.
Mavjud vaqtda uzatishlarni boshqarish protokollari bilan birga RTP qo‗shilsa, uning imkoniyatlari oshishi mumkin.
RTCP yordamida RTP paketlarini yetkazilishi nazorat qilinadi hamda uzatilayotgan seansning boshqa ishtirokchilari bilan aks aloqani ta‘minlaydi. RTCP doimiy ravishda o‗zining boshqarish protokollarini tarqatib turadi. Bunday tarqatish mexanizmi foydalanish axborotiga ega bo‘lgan RTP paketlari uchun ham qo‗llaniladi.
RTCP ning asosiy vazifasi olinayotgan axborot sifatida hisobot uchun
ilovadan foydalanib, aks aloqani tashkil etishdir. RTCP uzatilgan va yo‗qotilgan paketlar soni, djitter ahamiyati va boshqalar haqida ma‘lumot uzatadi. Bu axborot
uzatuvchi tomonidan uzatish ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish uchun ishlatilishi mumkin.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin