Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Kichik tarmoq (Tarmoqosti)larni



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə22/50
tarix25.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#195829
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
transport sathi

Kichik tarmoq (Tarmoqosti)larni manzillash. ―A‖ sinfi, ―B‖ sinfi va ―C‖ sinfi tarmoqlaridagi xost raqamlari singari, tarmoqosti manzillari lokal ravishda beriladi. Boshqa IP – manzillari singari, kichik tarmoqlarning har bir manzili noyobdir.

IPv6 protokoli


IPv6 4-versiyaning vorisi bo‗lgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‗zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • manzillashning kengayishi. IPv6 da manzil uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit). Bu esa manzillash ierarxiyasining ko‗proq pog‗onalarini ta‘minlash, manzillashtiriladigan qurilmalar sonini oshirish, avto- konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga ―scope‖ (manzillar guruhi) kiritilgan. Manzilning yangi ―anycast address‖ turi aniqlangan. U mijoz so‗rovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast manzillash o‗zaro xarakat qiluvchi serverlar to‗plamidan foydalanish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ularning manzillari mijozga oldindan ma‘lum bo‗lmaydi;

  • qo‘shimcha opsiyalar. IP-sarlovhalarning opsiyalari kodlashtirilishining o‗zgartirilishi paketlarni qayta manzillashtirilishini yengillashtirish imkonini beradi. Opsiyalar uzunligiga bo‗lgan cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qo‗shimcha opsiyalar kiritilishini yanada ochiqroq qiladi;

  • ma’lumot oqimlariga belgilar qo‘yish imkoniyati. Muayyan transport oqimlariga tegishli bo‗lgan, ular uchun jo‗natuvchi qayta ishlashning muayyan tartibini so‗ragan paketlarga belgi qo‗yish imkoniyati. Masalan TOS (xizmatlar turi)ning nostandart turi yoki ma‘lumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash joriy qilindi;

  • xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 da ma‘lumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy ma‘lumotni himoyalash uchun tarmoq ob‘ektlarida yoki sub‘ektlarida identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan.




Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin