RIP (Routing Information Protocol) protokolida hamma tarmoqlar raqamga ega (raqam tashkil bo‗lish usuli, tarmoqda tarmoq pog‗onasining protokolini ishlatilishiga bog‗liq), marshrutizatorlar esa, identifikatorlarga ega. RIP protokoli keng ―Masofa vektori‖ tushunchasini ishlatadi. Masofa vektori, bu tarmoq raqamlari va uchastkalarida qadam (xop)larga bo‗lgan masofani hisoblovchi ikki juft son.
Masofa vektori marshrutizatorlar tomonidan tarmoq bo‗yicha tarqatiladi va bir necha qadamdan keyin har bir marshrutizator yetishadigan tarmoq va unga bo‗lgan masofa to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗ladi. Agar qaysidir tarmoq bilan aloqa uzilsa, marshrutizator bu xolatni belgilab, vektor elementiga ushbu tarmoqqacha bo‗lgan masofaga, ―Aloqa yo‗q‖ maxsus ya‘ni, maksimal belgi qo‗yadi. RIP protokolida bu belgi 16 son hisoblanadi.
Aloqaning xolatiga va qurulmalarni o‗zgarishiga moslashish uchun marshrutlash jadvalining har bir yozuviga taymer ulanadi. Agar taym-out davrida ushbu yo‗nalishni tasdiqlovchi xabar kelmasa, unda u yo‗nalish jadvalidan olib tashlanadi. RIP protokolidan foydalanilganda Bellman-Ford dinamik dasturlashining evristik algoritmi ishlaydi va uning yordamida topilgan yechim optimalga yaqin hisoblanadi.
RIP protokolining ustunligi, uning hisoblashdagi oddiyligi, kamchiligi esa keng ogohlantiruvchi paketlarni vaqti-vaqti bilan jo‗natadi va topilgan yo‗nalish optimal ekanligi hisoblanadi.
OSPF aloqa xolati protokoli
OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega:
sinfsizlik-protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;
samaradorlik-marshrutda o‗zgarish bo‗lsa marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo‗lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‗lni to‗plash uchun SPF qisqa yo‗lni izlash algaritmini ishlatadi;
tez bir xillikka erishish-tarmoq o‗zgarganligini tez translyatsiya qilish;
masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‗ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo‗llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga guruhlash mumkin;
xavfsizlik - MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‗llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‗lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi.
Administratoriy masofa (Administrative distance (AD)) (MM)- marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko‗rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga teng.
Hamma marshrutizatsiya protokollari o‗xshash komponentlarni ishlatadi. Hamma protokollar marshrutizatsiyaning ma‘lumotlarini almashish uchun marshrutizatsiya protokolining xabarini ishlatadi. Xabar marshrutizatsiya algoritmi yordamida qayta ishlashini ta‘minlovchi ma‘lumotlar tuzilishini qurishga yordam beradi.
OSPF marshrutizatsiya protokolining 3 ta (3.1 - jadval) asosiy komponenti mavjud.
Ma’lumotlarning tuzilishi.
OSPF protokoli 3 ta ma‘lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko‗rsatadi:
qo‗shni qurilmalar to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasi-qo‗shni qurilmalarning jadvalini yaratadi;
kanal xolati to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasi (LSDB) - topologiya to‗g‗risida jadval yaratadi;
jo‗natmalarning ma‘lumotlar bazasi- marshrutizatsiya jadvalini yaratadi.
Bu jadvallar marshrutizatorlar o‗rtasida ma‘lumotlar almashishini bajaruvchi qo‗shni murshrutizatorlar ro‗yxatidan iborat.
Marshrutizatsiya protokolining xabari.
OSPF protokoli marshrutizatsiya ma‘lumotlarini uzatish uchun xabarlarni almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi.
Bu paketlar qo‗shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to‗g‗risida aniq ma‘lumotga ega bo‗lish maqsadida marshrutizatsiya ma‘lumotlarini almashish uchun ishlatiladi.
Algoritm.
Markaziy protsessor Deykstra qisqa yo‗lni izlash algoritmini ishlatgan holda topologiya jadvali va qo‗shni qurilmalar jadvalini qayta ishlaydi. Qisqa yo‗lni izlash algoritmi ko‗rsatilgan joyga barcha kirishlarni narhi to‗g‗risidagi ma‘lumotga asoslanadi.
Qisqa yo‗lni izlash algoritmi SPF qisqa yo‗llar daraxtini har bir marshurtizatorni daraxtning ildiziga joylashtirish orqali yaratadi va har bir qurilmaga qisqa yo‗llarni hisoblaydi. Shundan keyin SPF qisqa yo‗llar daraxti optimal marshurtni hisoblash uchun ishlatiladi. OSPF protokoli marshrutizatsiya jadvalini yaratish uchun qo‗llaniluvchi jo‗natmalarni ma‘lumotlar bazasiga optimal marshrutni tanlash uchun kiritadi.
OSPF protokolini ishlatuvchi marshrutizatorlar marshrutizatsiya ma‘lumotlarini taqdim etishda marshrutizatorlar bir xil marshrutizatsiya jadvaliga ega bo‗lish uchun kanal xolati bo‗yicha marshrutizatsiya jarayonining quyidagi 5 ta qadamini bajaradi:
– jadval.
OSPF ma‘lumotlarni tuzilishi
Dostları ilə paylaş: |