Internetda ko‗plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu - IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‗lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma‘lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‗natuvchiga esa tegishli ICMP- xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi).
IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy mexanizm qo‗llaniladi: xizmat ko‗rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlovhaning nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha imkoniyatlar.
Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‗rsatishi uchun foydalaniladi.
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi paketning mavjud bo‗lish vaqtining yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va paketning marshrut nuqtalari bo‗ylab xarakatlanishiga ko‗ra kamayib boradi. Paketning vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‗lsa, u holda ushbu paket yo‗q qilinadi.
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlarning himoyasini ta‘minlaydi. Agarda modul sarlovhada xatolikni aniqlasa, ushbu paket uni aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi.
Qo‗shimcha imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha xizmatlar bajarilishini ta‘minlaydi. Masalan, ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
IPv4 protokoli
IPv4 protokoli o‗tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta manzillarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‗lgan ushbu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, manzillar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‗rib chiqilmagan.
IPv4 paket formati
IPv4 paketlar formati 3.1-rasmda ko‗rsatilgan.
Sarlovha maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan:
Versiya maydoni (Version) mazkur protokol versiyasini ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda (ya‘ni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan foydalanish boshlanadi (ya‘ni 0110 maydonida).
Sarlovha uzunligi maydoni (Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlovhasining 32 razryadli so‗zlardagi uzunligini ko‗rsatadi. Eng kam (minimal)
uzunlik – beshta so‗z, eng katta (maksimal) uzunlik –32-razryadli so‗zlardan o‗n beshtasi.
Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat ko‗rsatishning talab etiladigan sifat ko‘rsatkichlarini ko‗rsatadi. Imtiyoz esa, har bir deytagrammaga imtiyoz kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi.
Versiya (Version)
4
Sarlovha uzunligi (Header
Length)
8
Servis (xizmat) turi
(Type of
Service)
16
Paketning to‗liq uzunligi (Total Length)
16
Umumiy identifikator (Identification)
3
Bayroq (Flag)
13
Fragmentli siljitish (Fragment Offset)
8
Yashash vaqti (TTL - Time To Live)
8
Protokol turi (Protocol)
16
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi (Header Checksum)
32 Qabul qilib oluvchining IP-manzili (manzili)(Destination Address)
IP ning yordamchi ko‗rsatkichlari
(IP opsiyalari) (Options)
To‗ldiruvchi (Padding)
(qo‗shimcha 32 bitgacha)
Ma‘lumotlar (Data) ...
3.1-rasm. IPv4 paket formati
Bitlar: 12 - D (delay) — kechikish, 13 - T (throughput) — samaradorlik (o‗tkazish qobiliyati), 14 - R (reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narhi.
Paketning to‗liq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlovha va foydali ish yuki bilan birga, oktet (bayt)lardagi umumiy uzunligini
belgilaydi. Paketning to‗liq uzunligi 65535 bayt (216-1=65 535)gacha yetishi mumkin.
Umumiy identifikator maydoni (Identification) - tarmoqlararo deytagrammalarning fragmentlarini yig‗ish uchun mo‗ljallangan.
Bayroq (Flag) maydoni deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini ta‘minlaydi hamda fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning so‗nggi fragmentini identifikatsiyalash imkonini beradi. ―Flaglar‖ maydonining 0 biti zahirada bo‗lib, 1 esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 – fragmentatsiyalash ruxsat etiladi; 1 - ta‘qiqlanadi), 2 biti mazkur fragment so‗nggisi yoki so‗nggisi emasligini aniqlaydi (0- so‗nggi fragment; 1 – davomini kutmoq lozim).
Fragmentli siljitish maydoni mazkur fragmentning deytagrammadagi o‗rnini ko‗rsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega.
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni tarmoqdan bartaraf etish uchun sarlovhadagi yashash vaqti maydonida paket tarmoqda mavjud bo‗lishi lozim bo‗lgan vaqt ko‗rsatiladi. Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq bo‗ylab qurilmalardan o‗tishi sayin kamayib boradi. U tamom bo‗lganida, jo‗natuvchi tegishli ICMP-xabar bilan xabardor qilingan holda, paket yo‗q qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik marshrutlardan va haddan tashqari ish bilan yuklashdan himoya qiladi.
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP - 1, IGMP - 2, TCP - 6, UDP - 17) protokolini aniqlaydi.
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi maydoni (Header Checksum). Paketning manzil qismi buzib ko‗rsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi – uning aynan manzilga yuborilmasligi (va yo‗qolishi)ni oldini olish uchun, sarlovha paketi 2 bayt o‗rin egallaydigan va butun sarlovha bo‗ylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi – nazorat yig‗indisi bilan yuboriladi.
Sarlovhada bo‗lgan IP-manzillar (jo‗natuvchining IP-manzili (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-manzili (Destination Address)) tarmoq
ob‘ektlari – so‗nggi ko‗rsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari bo‗lib xizmat qiladi.
IPning yordamchi ko‗rsatkichlari maydoni (IP opsiyalari) (Options) – qo‗shimcha xizmatlar bor yoki yo‗qligini aniqlaydi. O‗zgaruvchan uzunlikka ega deytagrammada bo‗lishi yoki bo‗lmasligi mumkin.
To‗ldiruvchi maydon (Padding) sarlovhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (to‗g‗rilash) uchun qo‗llaniladi.