Media yulaklarni boshqarish protokoli, turli xizmatlardagi ma‘lumotlar paketini boshqarishni olib borilishini aniqlaydi
LDAP
Kataloglarga kirishning soddalashgan protokoli, u tarmoqda ma‘lumotlarsiz universal manzillashni ta‘minlaydi.
Hozirgi kunda standartning yangi nushasi tayyorlanmoqda. Bunda H.323 – yulaklararo aloqani tashkil etish va faksimil aloqa tarmog‗i paketlarini yaratilishi tasvirlanadi. Zamonaviy telefon aloqasida keng tarqalgan, ikkinchi chaqiruv haqidagi ogohlantirish va ma‘lumot rejimi vazifalari haqida ham gap bormoqda. Yangi standart nushasi telefon bilan bog‗liq vazifalardan tashqari, tarifikatsiya maqsadida seans ko‗rsatkichlarini inobatga olish imkonini beradigan usullar, IP- manzillar o‗rniga abonent ismlaridan foydalanish uchun sharoit yaratadigan kataloglar qo‗shiladi.
H.323 standarti turli xildagi tarmoqlarda multimediya-aloqalarini tashkil etadigan H.32x ko‗rsatmalar oilasiga mansub, bular:
H.324 – umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari.
H.323 standartini ishlab chiqilishining asosiy maqsadlaridan biri, boshqa turdagi tarmoqlar bilan multimediya aloqalarini ta‘minlash hisoblanadi. Bu vazifa ma‘lumotlarni to‘plash va signallarni uzatishni ta‘minlovchi yulaklar yordamida bajariladi. Standartga moslik sharti bilan turli imkoniyatdagi qurilmalar bir - biri bilan birga xarakatlanishi mumkin. Masalan, video ma‘lumotli terminallar audio konferensiyalarda ishtirok etishi mumkin.
Boshqa standartlar majmui multimediali aloqa uchun H.323 tavsifi istalgan ko‗rinishdagi ko‗p nuqtali bog‗lanishdan «nuqta-nuqta» bog‗lanishgacha ishlatiladi. Bu standartlarning asosiy komponentlari 3.5 - jadvalda keltirilgan.
H.323 standarti ohirgi qurilmalarni boshqa standart bilan bog‗liqligini aniqlaydi. Telefon tarmoqlarida kommutatsiya kanallari va kommutatsiya paketlari kesishmasida paydo bo‗ladi. H.323 tarmoq standarti boshqa turdagi H.32x tarmoq bilan bog‗liqdir.
- jadval