yuqori o‗tkazuvchanlik xususiyati - u o‗tkazayotgan kerakli va ortiqcha ma‘lumotlarning eng yuqori soni;
ushlanish - tarmoq orqali paket uzatilishi uchun kerak bo‗ladigan vaqt oralig‗i;
djitter - ikki ketma-ket paketlar orasidagi ushlanish;
paketlarni yo‗qotish - tarmoq orqali uzatishda yo‗qolgan paket va ma‘lumotlar.
Yo’laksifatiningomillari:
kerakli o‗tkazish yo‘lagi – turli vokoderlar turli yulakni talab qiladi. Masalan, G.723 vokoderi har bir so‗z kanali uchun 16.3 kbit/s li yulakni talab qiladi;
ushlanish - raqamli signal protsessori yoki boshqa qayta ishlash qurilmalari uchun so‗z signallarini kodlash va koddan chiqarishga ketadigan vaqt;
djitter buferi - barcha paketlar olinmagunga qadar ma‘lumot paketlarini saqlash va djitterni kamaytirish uchun kerakli ketma-ketlikda uzatish imkoni;
paketlarni yo‗qotish - paketlarni zichlash yoki IP telefoniya jihozlariga uzatishda paketni yo‗qotilishi;
exoni yuqotish - tarmoq orqali uzatish davrida yuz beradigan exoni yuqotish mexanizmi;
o‗lchamni boshqarish - so‗zlar balandligini nazorat etish imkoniyligi. Yakunlovchi jihozlar va turli ishlab chiqaruvchilarning yulaklar bilan IP-
telefoniyani standartlashtirish (3.4 - jadval) muammolarining mosligini ta‘minlash bo‗yicha bir nechta xalqaro tashkilotlar shug‗ullanmoqda.
Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (XEAI)ning telekommunikatsiya sohasini standartlashtirish (International Telecommunication Union-Telecommunication, ITU-T);
Telekommunikatsiyalar bo‗yicha standartlashtirish Yevropa Instituti (ETSI, European Telecommunication Standart Institute);
Internetning muxandislik muommolari bo‗yicha ishchi guruhi (Internet Engineering Task Force, IETF);
Amerika Standartlar Milliy Instituti (American National Standart Institute, ANSI);
VoIP forumi (Voice over IP) va boshqalar.
IP - telefoniya Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi ko‗rsatmalariga asosan ishlaydi. Birinchi navbatdagi ko‗rsatmalar sifatida G.729, G.723.1 bo‗lib, soniyaiga 8 kbit va soniyaiga 6,3 - 5,3 kbit tezlikdagi jipslangan so‗zlar uchun standartlarni o‗rnatgan. So‗zlarni IP tarmoqdan uzatish uchun H.323 standarti majburiy standart hisoblanadi.
H.323 ko‗rsatmalar guruhini paketli tarmoqda multimediya aloqasini o‗rnatilishini ta‘minlovchi tarmoq birikmalari, protokollari va jarayonlari belgilab beradi. Ular QoS xizmat sifatini kafolatlamaydigan, zahiralari taqsimlanadigan
tarmoqlarda abonent terminallarining faoliyat tartibini belgilaydi. H.323 - moslama jihozi telefon (IP-telefoniya) aloqasi, ovoz va videouzatish (videotelefoniya) hamda ovoz, video, ma‘lumotlar uzatilishi (multimediya konferensiyasi)da qo‗llanilishi mumkin.
- jadval.