Yo„nalishni boshqa tomonga yo„naltirish. Kompyuterlarda yo‗nalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq administratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa dinamik hisoblanadi, chunki yo‗nalish axborotlari bilan almashish protokollari yordamida avtomatik tarzda shakllanadi. Shuning uchun vaqt o‗tishi bilan, tarmoq topologiyasi o‗zgarganda kompyuterlarning yo‗nalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar odatda kam axborotga ega, masalan, faqat bir nechta marshrutizatorlarning manzili.
Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator ―yo‗nalishni boshqa tomonga yo‗naltirish‖ (Redirect) deb nomlanuvchi ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin.
ICMP protokolini boshqa tomonga yo‗naltirish mexanizmi, kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-manzillarini konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi. Boshqa tomonga yo‗naltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni jo‗natish zarurligi to‗g‗risida unga kerakli axborotni xabar qilib turadi, ya‘ni marshrutizatorlar kompyuterga, yo‗nalish jadvallarining ularga kerakli qismini uzatishadi.
Marshrutizator ―yo‗nalishni boshqa tomonga yo‗naltirish‖ xabariga keyinchalik foydalaniladigan IP manzil va o‗z ma‘lumotlar maydonining birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlovhasini joylashtiradi.
Paket sarlovhasidan qurilma qaysi tarmoq uchun ko‗rsatilgan marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi.
IP – telefoniyada qo‘llaniluvchi standartlar va protokollar
Ma‘lumot uzatish tarmoqlari orqali telefon so‗zlashuvlarini tashkil etishning samarali usuli, IP texnologiyasining ilovalaridan biri - IP telefoniya hisoblanadi. U eng iqtisodiy - foydali usul bo‗lib, uning asosida foydalanuvchiga telefon so‗zlashuvlar uchun kam bo‗lgan xarajatlarni talab etuvchi telefon xizmatlari taklif etiladi.
IP ga asoslangan tarmoqlarda barcha ma‘lumotlar: ovoz, matn, video, kompyuter dasturlari yoki boshqa turdagi barcha axborotlar paketlar ko‗rinishida uzatiladi. Ushbu tarmoqdagi barcha kompyuter va terminallar o‗zining noyob manziliga ega. Uzatiladigan paketlar mazkur sarlovhada ko‗rsatilgan manzil asosida qabul qiluvchiga jo‗natiladi. Ma‘lumotlar bir vaqtning o‗zida ko‗pgina foydalanuvchilar va jarayonlar orasida bitta shu tarmoq orqali uzatilishi mumkin. IP tarmoqda muammolar yuzaga kelsa, shikastlangan joyni ma‘lumotlar aylanib o‗tishi mumkin. Bu vaziyatda IP protokol signali uchun kanal ajratilishini talab etmaydi.
IP tarmoq orqali ovozlarni uzatish jarayoni bir necha bosqichdan iborat: Dastlab ovoz raqamlanadi. Keyin raqamlangan ma‘lumotlar fizik hajmni kamaytirish maqsadida taxlil etiladi va ko‗rib chiqiladi. Odatda shu bosqichda ortiqcha tanaffuslar va fon shovqinlari yo‗qotiladi hamda jipslashtiriladi. Navbatdagi bosqichda qabul qilingan ma‘lumotlar ketma-ketligi paketlarga bulinadi va unga qabul qiluvchining manzil-axborot protokoli hamda xatolarni tuzatishga doir qo‗shimcha ma‘lumotlar qo‗shiladi. Shu vaqtda paketni bevosita tarmoqqa uzatilishidan avval, uning tashkil topishi uchun kerakli miqdordagi ma‘lumotlarni vaqtincha to‗planishi yuz beradi.
Qabul qilingan paketlardan axborotlarni ajratib olish ham bir necha bosqichlardan iborat: Ovoz paketlari qabul qiluvchi terminaliga yetib kelgach, avval uning ketma-ketlik tartibi tekshiriladi. IP-tarmoq yetkazish muddatini kafolatlamaydi, tartib raqami yuqori bo‗lgan paketlar avvalroq borishi va ular orasidagi intervallar ham o‗zgarib turishi mumkin. Dastlabki ketma-ketlikni va
sinxronlashtirishni tiklash uchun paketlarni vaqtincha to‗planishi yuz beradi. Lekin ba‘zi paketlar uzatish davrida yo‗qotilishi yoki jo‗natilishga ajratilgan vaqtdan o‗tishi mumkin. Odatda qabul qiluvchi terminal yo‗qolgan yoki kechikkan paketlarni qayta so‗rashi mumkin. Ovozlarni uzatish usuli ushlanishlarga tanqidiy qaraydi. Olingan paketlar asosida yo‗qolganlarni taxminan tiklaydigan approksimatsiya algoritmi yoqiladi yoki bu yo‗qolishlar e‘tiborga olinmay, bo‗shliqlar ma‘lumotlar bilan tasodifiy to‗ldiriladi.
Bunday shakldagi ma‘lumotlar ketma-ket dekompressiyalanadi va qabul qiluvchiga ovoz axborotlarini tashuvchi audio-signalga bevosita aylantiradi. Shunga asoslanib, qabul qilingan axborot dastlabki vaziyatdagi axborotga mos kelmasligi mumkinligini ta‘kidlash lozim.
IP telefoniyaning tuzilishi paketli kommutatsiya tarmog‗ida multimediani amalga oshirishga mo‗ljallangan terminal qurilma, jihozlar va tarmoq xizmatlari tasvirini o‗z ichiga olgan. Telekommunikatsiya sohasini standartlashtirish tomonidan ishlab chiqilgan H.323 standartidan foydalanish asosida tashkil topgan.
H.323 standartidagi terminal qurilma va tarmoq jihozlari mavjud vaqt ko‗lamida ma‘lumotlarni, so‗zlarni va video axborotlarni uzatishi mumkin. H.323 terminallari orasida aloqani ta‘minlaydigan tarmoq murakkab topologiyali segment va ko‗p segment xususiyatiga ega bo‗lishi mumkin. H.323 terminali shaxsiy kompyuterlar bilan ulanishi yoki avtanom qurilma sifatida amalga oshirilishi mumkin. So‗z almashish ta‘minoti – H.323 standartidagi qurilma uchun majburiy vazifadir.
H.323 tavsiyasida 4 ta birikma keltirilgan:
terminal;
makon nazoratchisi (Gatekeeper);
yo‘lak;
ko‗p nuqtali konferensiyalarni boshqarish qurilmasi.
Sanab o‗tilgan barcha birikmalar H.323 deb nomlanuvchi makonni tashkil etgan. Bitta makon nazoratchisi bir necha yakuniy qurilmalardan iborat bo‗lib, nazoratchi makondagi barcha yakuniy qurilmalarni boshqaradi. H.323 terminali boshqa H.323 terminallar bilan yoki ko‗p nuqtali konferensiyalarni qurilmasi bilan
birga harakat qilib, mavjud vaqt ko‗lamida jo‗natmalarni uzatishi va qabul qilishi mumkin bo‗lgan tarmoqdagi yakuniy nuqtalar sifatida gavdalanadi. Yuqoridagi vazifalarni ta‘minlash uchun terminal o‗z ichiga quyidagilarni qamrab oladi.
audio qurilmalar (mikrofon, akustika tizimi, telefon miksheri, akustik exolarni pasaytirish tizimi);
video qurilmalar (monitor, videokamera);
tarmoq interfeys qurilmasi;
foydalanuvchining interfeysi.
H.323 terminali H.245, Q.931, RAS, RTP va H.450 protokollar oilasini ta‘minlashi hamda G.711 audio kodlashni qo‗llash lozim. Ovozlarni an‘anaviy kommutatsiya kanallari o‗rniga IP tarmog‗i orqali uzatish texnologiyasi, yulaklar o‗rnatish orqali konfiguratsiyani inobatga oladi. Yulak (полоса) axborotni jipslaydi va IP paketga aylantiradi. IP tarmoqqa yuboradi, qarama-qarshi tomondagi yulak aks xarakatlarni amalga oshiradi, ya‘ni chaqiriq paketlarini o‗qiydi va taqsimlaydi. Natijada oddiy telefon apparati chaqirishni hech bir muammosiz qabul qiladi. Axborotlarni bunday o‗zga tus olishi, dastlabki ovoz signalini ortiqcha ko‗paytirmasligi kerak. Uzatish rejimi mavjud vaqt ko‗lamida abonentlar o‗rtasidagi axborot almashinuvini saqlab qolishi kerak. Yulaklarning asosiy vazifalari:
IP va telefon tarmoqlari o‗rtasida fizik interfeysni amalga oshirish;
abonent signalini shakllantirish va o‗rnatish;
abonentlarni bog‗lash;
abonent signallarini ma‘lumotlar paketiga aylantirish va yana qaytarish;
signal va ovoz paketlarini tarmoq orqali uzatish;
aloqani uzish.
TCP/ IP tuzilmasida yulak vazifalarining asosiy qismi qo‗llanish jarayonida amalga oshadi. Chaqiriqlarni boshqarish vazifasini makon nazoratchisi boshqaradi.
Makon nazoratchisining vazifalari:
taxallus (psivdonim) manzillarni transport manzillariga aylantiradi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilab berilgan aloqa uchun yetarli
bo‗lgan chastota yulaklari miqdori va boshqa qirralariga ega avtorizatsiyali chaqiriq asosida tarmoqqa kirishni nazorat etish:
o‗tkazish palasalarini nazorat qiladi;
makonlarni boshqaradi.
Makon nazoratchisi yuqorida sanab o‗tilgan barcha vazifalarni faqat o‗zida ro‗yxatga olingan terminal, yulak va boshqaruv qurilmalariga nisbatan amalga oshiradi.
IP manzil, telefon raqami yoki belgilar qatoriga qo‗yilgan nom (elektron pochta manziliga xos) asosida amalga oshirilishi mumkin. Makon nazoratchisi oson esda qoladigan, qo‗yilgan nomlardan foydalanish imkonini berib, chaqiruvni soddalashtiradi. Makon nazoratchisi vazifalari yulaklarga kiritilishi mumkin.
Konferensiyalarni boshqarish serveri (MCU – Multipoint Control Unit) uch va undan ortiq H.323 terminallari aloqasini ta‘minlaydi. Konferensiyada ishtirok etayotgan barcha terminallar MCU bilan bog‗lanishni o‗rnatadi. Server ko‗pgina manzillarga yo‗llanilishi kerak bo‗lgan konferensiya zahiralarini boshqaradi, ovoz, videoni ko‗rib chiqadi, audio va video oqimni aniqlaydi. H.323 tuzilmasi doirasida ko‗p nuqtali konferensiyalarni boshqarish tizimi o‗rnatilishi bo‗yicha ikkita yondashuv bor:
Ko‗p nuqtali konferensiyani markazlashgan holda boshqarish;
Ko‗p nuqtali konferensiyalarni markazlashmagan holda boshqarish.
Birinchi guruh konferensiyaning barcha ishtirokchilari boshqalariga ko‗p manzilli (guruhli) axborotlarni uzatadilar. Bu tarmoqning ba‘zi sigmentlarida jo‗natmalar to‗planib qolishini oldini olish imkonini beradi. Lekin bunday konferensiyani boshqarish noqulaylik yaratadi. Markazlashgan usul qo‗llanilgan yakuniy qurilmalarda signallar MCU tizimida uzatadi. Bu esa uni uzatilishini ta‘minlaydi.
IP telefoniyani joriy etilishidagi eng muhim muammolardan biri - xizmatlarni yuqori sifatda ta‘minlashdir.
IP tarmoqlarda belgilangan QoS xizmatlari sifatini ta‘minlash masalalari bilan telekommunikatsiya sohasini standartlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar
shug‗ullanadilar.
Tarmoq zahiralariga maxsus talablar bilan so‗z jo‗natmalarini uzatish zarurati xizmatlar sifatini ta‘minlovchi ko‗plab texnologiya va protokollarni ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi.
QoS mexanizmlari quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini ta‘minlashlari
lozim.
tarmoq zahiralarini boshqarish (o‗tkazish yulaklari, tarmoq qurilmalarini
boshqarish amalga oshiriladi, global tarmoqda ishlash imkoniyatidan foydalaniladi va boshqalar);
tarmoq zahiralaridan samaralari foydalanish (iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida jo‗natmalarni nazorat etish imkonini beruvchi menejment va tarifikatsiya);
o‗ziga xos xizmatlar (QoS)ning ko‗rsatkichlarini boshqarish va nazorat qilish, xizmat operatorlari uchun o‗z mijozlariga turli pog‗onadagi xizmatlarni ta‘minlash imkonini beradi;
to‗liq integrallashgan tarmoq uchun asos yaratish (tarmoqda QoS mexanizmlaridan foydalanish kelajakda integral multimedia tarmog‗ini yuzaga kelishiga olib keladi).
Tayinlanish xususiyatiga muvofiq paketli kommutatsiya tarmoqlaridagi so‗z xizmati sifatini yaratuvchi mexanizmlarni uch guruhga bo‗lish mumkin:
har bir tarmoq elementidagi QoS mexanizmi (masalan, navbatlarni tashkil etish vazifasi, jo‗natmalarni yo‗naltirish kabilar);
QoS mexanizatsiya signalizatsiyalari tarmoqdagi tarmoq elementlari orasida ochiq sifatni ta‘minlaydi;
tarmoq jo‗natmalarini boshqarish va administratorlash uchun QoSni ta‘minlaydigan hisob, boshqaruvi va usul vazifalari.
An‘anaviy kommutatsiya tarmoqlari ovoz spektrlarining signallarini uzatish uchun yetarlicha eliment signallarini kafolatlangan o‗tkazish yo‘lagi bilan uzatadi.
Paketli kommutatsiya tarmog‗i kafolatlangan o‗tkazuvchanlik xususiyatini ta‘minlamaydi, chunki aloqa nuqtalari orasida kafolatlangan yo‗lni ta‘minlamaydi.
E-mail singari paketlarni kelish tartibi va oraliq vaqtining ahamiyati bo‗lmagan ilovalarda ma‘lum bir paketlar orasidagi ushlanish vaqti muhim ahamiyat kasb etmaydi. IP telefoniya ma‘lumot uzatishning sohalaridan biri bo‗lib, unda zamonaviy kodlash usullari va axborotlarni uzatish hamda kanallarni o‗tkazuvchanlik xususiyatlarini o‗sishi asosida ta‘minlanadigan signallarni uzatish dinamikasi muhim bo‗lib, bu IP telefoniyani an‘anaviy telefon tarmoqlari bilan samarali raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Quyidagilar IP telefoniyaning asosiy sifatlarini tashkil etuvchilari hisoblanadi: