oqimli video odatda bir tomonlama bo‗ladi. Shu sababli uzoqdagi filiallarni filialdan markazga yo‗naltirishda marshrutlarni sozlash shart emas;
video oqimning ko‗ngil ochar turi uchun DSCP CS 1 deb belgilash mumkin va ular uchun CBWFQ (Internet/scavenger sinfi ishlatiladi) navbatida o‗tkazish yo‗lagining minimum kafolati talab etiladi.
Keyingi yillarda multimeda trafiklarining jadallik bilan o‗sishi ma‘lumot uzatish tarmoqlarini ishlatishida jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi.
Ovoz, video va ma‘lumotlarni uzatish trafikda ularga xizmat ko‗rsatishda har xil talablarni qo‗yadi. Shu sababli ma‘lumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va ularda muammolarni yuzaga kelishi xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlash masalasi dolzarb hisoblanadi.
– jadval.
Hozirgi kunda ma‘lumot uzatish tarmoqlarida xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlashning turli usullari mavjud. U yoki bu texnologiyani tanlash xizmat
ko‗rsatish sifatining talabiga bog‗liq. Taqdim etilayotgan xizmatning sifati foydalanuvchilarning talabini qondira olishi kerak.
Integrated Service (IntServ, RFC 1633) bu – xizmat ko‗rsatishning integratsiyalangan modeli. Kerakli o‗tkazish qobiliyatini kafolatlagan holda to‗liq (End-to-End) xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlashi mumkin. IntServ o‗zining maqsadi uchun RSVP signalizatsiya protokolidan foydalanadi. Bu esa ilovalarni resurslarga to‗g‗ridan – to‗g‗ri talab qo‗yishini ifodalashga yordam beradi va o‗zida shu talablarni ta‘minlash mexanizmlarini qamrab oladi. IntServ qisqacha resurslarni zahirlash deb atash mumkin (Resource reservation).