O’MKHT tayyorlov yo’nalishlari kasblar va ixtisosliklar tarmoq standartlarini
ishlab chiqish Kasb-hunar ta’limi standartlari tuzilishi va mazmuni uning xusisiyatidan ya’ni,
jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va shaxs talablarining chambarchas bog’liqligidan kelib
chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standarti ta’limiy, ijtimoiy, iqtisodiy siyosatning integrasiyasi va
mehnat bozori siyosatiga borib taqaladi. Standartlarni ishlab chiqishda hunar madaniyati
sohasida yuz yillar mobaynida yig’ilib kelayotgan eng yaxshi milliy an’analar saqlanib qoladi va
ular shogirdlik shaklida o’tib kelayotganligi hamda turli turdagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar
va ixtisosliklar bo’yicha kasb-hunar kollejlari tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Ko’plab
mamlakatlarda kasb-hunar ta’limini standartlashtirish jamiyatning rivojlanishini ta’minlaydigan
asosiy omillardan biri ekanligi tan olingan. Shunday ekan, milliy standartlar dunyoviy
tajribalarga tayangan holda, milliy an’analarni hisobga olib, ishlab chiqilmog’i lozim.
«Standartlashtirish» tushunchasi universal bo’lib, quyidagicha ta’riflanadi:
Standartlashtirish – Mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta
foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada
tartiblashtirishga yo’naltirilgan faoliyat.
Shuni ta’kidlash joizki, standartlashtirish bu faoliyatning yangi turi emas, balki dunyo
singari qadimiydir. Bu tushunchani to’g’ri ma’noda tushunish lozim, modomiki tabiatning o’zi
misli ko’rilmagan standartlashtirish namunalarini ato etadi. Masalan, standartlashtirish nuqtai-
nazaridan qaraganda, kislorodning atomi yoki suv molekulasidan ko’ra mukammalroq narsa
yo’qdir.
Tartibga solishning maqbul darajasi deganda murosaga keltiruvchi yechimni topishga
yo’naltirilgan me’yorlar, qoidalar, talablarni barcha qiziqqan tomonlar bilan kelishilgan holda
maqsadga muvofiqligini va uni qabul qilishning imkoniyati borligi tushuniladi.