Vazirligi samarqand davlat


Jag‘lilar bo‘limi. Baliqlar katta sinfi



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə23/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Jag‘lilar bo‘limi. Baliqlar katta sinfi.


Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik ta’rifi. Harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar-suv hayvoni sifatida: nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari, tog‘ayli baliqlarning kelib chiqishi, evolyusiyasi va sistematikasi. A’zolar sistemasi bo‘yicha tuzilishiga ta’rif. Ko‘payishi va rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog‘ayli baliqlarning amaliy ahamiyati.

Suyakli baliqlar sinfi.


Sinfning morfologik va anatomik belgilari, xususiyatlari. Hozirgi zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi. Karp balig‘i misolida suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi va a’zolar sistematikasi. SHul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko‘p qanotlilar, suyakli baliqlar to‘dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, cho‘tqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi, xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi va umurtqali hayvonlar sistemasi va evolyusiyasida tutgan o‘rni. Baliqlar ekologiyasi. Biologik to‘dalar va ularga xos bo‘lgan moslanish xususiyatlari: ko‘payishi, migratsiyasi, ovlanishdagi ahamiyati, baliqchilik yo‘nalishi. O‘zbekiston ixtiofaunasining o‘ziga xos vakillari: aborigenlari, introduksiya (boshqa joydan olib kelingan) qilinganlari. O‘rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo‘qolish havfi ostida turgan baliqlarning vakillari.

To‘rtoyoqlilar katta sinfi.


Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida paleozoy davrida yashagan amfibiya – stegotsefallar. Amfibiyalar - Suv va quruqlikda yashovchilar sinfi. Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Ko‘l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. Amfibiyalar biologiyasi: asosiy ekologik guruhlari, ovqatlanishi, ko‘payishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg‘urish usullari. O‘rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va ulardan foydalanish muammolari, sun’iy ko‘paytirish, muhofaza qilish.

Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin