Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə76/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

VAZIFALAR
KROSSVORD -1






12







13


































1

























14

























2






























































































3

















































15









































4






























































5






































































6
































































16




























7

























17











































8






































































































18


































9





































10













































































































11
































































Eniga: 1.Maqsadsiz jamg‘armalarning manbai. 2. Mol-mulk solig‘iga tortiladigan ob’ektlardan biri. 3. Tovar (ish, xizmatlar) oldi-sotdi qilinadigan hudud. 4. YUridik shaxs maqomi shartlaridan biri. 5. Soliq undirish uchun belgilanadigan me’yor. 6. Mamlakatimizda 183 kundan kam muddat yashagan shaxs. 7. Nazorat o‘tkazish shakllaridan biri. 8. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar tabaqalashtirilgan guruh. 9. Soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ish uchun belgilanadigan chegara. 10. Soliq summasi undiriladigan manba. 11. Mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan yoki chiqib ketayotgan tovarlarga nisbatan belgilanadigan to‘lov turi.


Bo‘yiga: 12. Belgilangan soliqlarni to‘lovchilar va undiriuvchilar tarkibi. 13. Soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlan belgisi. 14. Stavkalari oshirib borilayotgan soliqlar turkumi. 15. Kichik biznes sub’ekti shakllaridan biri. 16. Tovar (ish, xizmatlar) sotilishida tuziladigan me’yoriy hujjat. 17. Soliq tushunchasini kengroq ifodalovchi so‘zlar majmuasi. 18. Bank tashkilotlarining soliqqa tortiladigan ob’ekti.
Nazorat savollari
1. Soliq majburiyatlari.
2.Soliq nazorati
3.Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
4.Soliqqa oid xuquqbuzarliklarning turlari
5.Soliq tekshiruvi tushunchasi va shakllari
6.Soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari kimlar,
7.Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami xaqida tushuncha bering
8.Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma
9.Ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarish qanday amalga oshiriladi.
10.Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjudligi haqida gapirib bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2007 y.
2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. - T.: “Norma”, MJCh. 2008 y. -416 b.
3.Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish. O'quv qo'llanma. -T.: ”Fan va texnalogiya”. 2007.
4. R.R. Xusainov , A.Q. Isxfqov , D.T. Urmanova X,Z, Djurayev . 2 qism Moliya ya soliqlar 2 qism. Toshkeht “Voris‑ Nashriyot” 2014
5.Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie.: Uchebnik. –M.: “Dashkov i K”. 2006..
6.Jo‘raev A. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2004.
4-seminar mash\uloti. YUridik shaxslardan olinadigan soliklar.
Mashg‘ulot maqsadi YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i haqida talabalarga chuqurroq bilim berish. YUridik shaxslardan olinadigan resurs soliklar: er qa’ridan foydalanuvchilaruchun soliqlar, suv solig‘i. er solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi haqida talabalarni olgan bilimlarini mustaxkamlash..


Vazifalar.
1YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i,ko‘shilgan qiymat solig‘i. Mol -mulk solig‘i.
2.YUridik shaxslardan olinadigan resurs soliklar: er qa’ridan foydalanuvchilaruchun soliqlar, suvsolig‘i. er solig‘i
3.YUridik shaxslardan olinadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.
4.Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi Soliq majburiyatlari.
Talaba bilishi lozim.
Foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aksiz to‘lanadigan soliqlar, byudjet daromadlari, davlat byudjeti , dekloratsiya dalolatnomalar, import maxsulotlari , molk-mulk solig‘i, korxona mol-mulki, norezidentlar, rezidentlar, soliq imtiyozlari
Motivatsiya.

YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati va soliq tizimidagi tutgan o‘rnini tushuntirish. YUridik shaxslardan olinadigan resurs soliklar, er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar suv solig‘i, er solig‘i tug‘risida ma’lumotlar berish. YUridik shaxslardan olinadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
.



Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik. Solik va solikka tortish fani “Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Nazariy qism.
Foyda solig‘i
Foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo‘lish manbai O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar ;
Hisobot davri quyidagilardir:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.
QKSning amaldagi stavkasi:
20%
QKSdan hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi:
QKSng hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan —har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi;
.
Aksiz solig‘i
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar:
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
Aksiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Aksiz solig‘idan hisob-kitobni taqdim etish tartibi:
Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
aksiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Aksiz solig‘ining to‘lash tartibi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi;
Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar:
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i to‘lovchilardir.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davri. Hisobot davri va soliq stavkasi:
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Soliq stavkasi-3,5%.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisob-kitoblarini taqdim etish:
Joriy to‘lovlar summasi tegishli yil uchun yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Soliq to‘lovchi ma’lumotnomani joriy yilning 20 yanvarigacha taqdim etadi.
YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan to‘lanishi kerak.
Er qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to‘lovlarni to‘laydilar:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo‘shimcha foyda solig‘i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Er qa’ridan foydalanganlik uchun hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
Hisobot davri quyidagilardir:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan solig‘ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) uchun — bir oy;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan solig‘ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yil choragi;
qishloq xo‘jaligi korxonalari va yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun — kalendar yil.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashni tartibi:
1) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
2) yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda.
Er solig‘i
Er solig‘ining to‘lovchilari:
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari er solig‘ini to‘lovchilaridir.
Er solig‘i hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Er solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va er solig‘ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Er solig‘ini to‘lash tartibi:
Yilning xar choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
YAgona er solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan er solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 iyuliga qadar — yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to‘lovchilari:
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilardir.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliq hisob-kitoblarini taqdim etish:
ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqni to‘lash tartibi:
to‘lash soliq bo‘yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llanilishi:
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona er solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasidagi 2012 yilga mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovini stavkalari:
Iqtisodiyotning barcha korxonalari -6%;
Sanoat ishlab chiqarish sohasining korxonalari -5%;
Kompyuter dasturlarni ishlab chiqib joriy etilishi jami realizatsiya (ish, xizmatlar) hajmining 80 % dan ortiq bo‘lgan korxonalar-5%;
YUridik shahslar tomonidan bojhona xujjatlarini rasmiylashtirish (bojhona brokerlari) xizmatlari -6%;
Lombardlar-30%.
YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar;
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
YAgona soliq to‘lovini hisob- kitoblarini taqdim etish tartibi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxonalar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
YAgona soliq to‘lovini to‘lash tartibi:
YAgona soliq to‘lovini to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi

VAZIFALAR




Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin