Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Seminar mashg‘ulotlari uchun materiallar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə2/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

5. Seminar mashg‘ulotlari uchun materiallar .....................................
6. Keyslar banki .......................................................................................
7. Mustaqil ta’lim mavzulari...............................................................
8. Testlar ...................................................................................................
9. Gllasariy ..............................................................................................
10. Adabiyotlar ..........................................................................................


1. ISHCHI DASTUR
KIRISH

Amaldagi soliq tizimini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida ta'lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rganish, tahlil qilish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo‘lini tanlaganidan so‘ng, oldimizda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turar edi.
Bozor munosabatlari, xo‘jalik yuritishning yangi shakllari rivojlanishi bilan soliq qonunchiligiga zikr etilgan tamoyillardan kelib chiqadigan hamda islohotlarning tegishli bosqichi sharoitiga mos keladigan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida istiqlol yillari ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida bosqichma-bosqich mustaqil soliqlar tizimi barpo etildi. Bu jarayonda eski bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan soliqlar (oborot solig‘i, foydadan ajratma, o‘rmon solig‘i, amoritizatsiyadan ajratma va hokazo) tugatildi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan soliq tizimi joriy etildi.
Oxirgi yillarda jamiyatimizda davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotdagi erkinlashtirish siyosati soliqlar tizimini ham har tomonlama erkinlashtirishga sharoit yaratmoqda.
I.A.Karimov idoralararo muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishida so‘zlagan ma'ruzasida: “Men bir haqiqatni barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – bu bizning olg‘a intilishimizning kafolati va asosi. U nafaqat iqtisodiyot balki, ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”, - deb ko‘rsatib o‘tdilar (SBX, 5-son, 2000 yil, 3-9 betlar).
O‘tgan davr mobaynida davlat soliq xizmati organlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda davlat soliq xizmati xodimlarini tayyorlashda o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani buyicha tayyorlangan ukuv uslubiy majmua, talabalarda o‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin