Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Soliq va soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə3/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Soliq va soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifalari
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Fan oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan talabalarni soliq turlarini, soliq ob'ektlari, sub'ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo‘yicha mazkur sohada erishilgan asosiy yutuq, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish, «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning ma'no va mohiyatini talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.


Soliq va soliqqa tortish fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar va ularning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha talabalarda ko‘nikmalar hosil qilish. Mazkur fanni o‘rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o‘yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyatini ifoda etib berish to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Soliq va soliqqa tortish fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan ketma-ketligi
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot nazariyasi va audit, sug‘urta va bojxona ishi va h.k.)dan ham ozuqa oladi. U “Soliq qonunchiligi asoslari”, “Moliya”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” kabi fanlar bilan ham uzviy bog‘liqdir.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin