Sterjen siljiganda ikkilamchi chulg‘amlardagi EYuK ning tengsizligi paydo bo‘ladi, bu esa chiqish tokining o‘zgarishiga olib keladi. Siljish datchigi sezuvchi elementlarga ega emas, shuning uchun uning chastotaviy diapazoni faqat apparaturaga o‘rnatilgan filtr bilan aniqlanadi.
Vibratsiya datchiklarida va siljish datchiklarida filtrlar uzib qo‘yilishi mumkin, bunda datchiklarning chastotaviy diapazonini va sezuvchanligini bir qancha oshadi, chunki filtr qarshiligidagi chiqish kuchlanishining pasayishi bo‘lmaydi.
Vibrosiljishlarni o‘lchash
Vibratsiyalarni o‘lchash uchun 12.2 – rasmda keltirilgan datchikni ishlatish mumkin. Datchikning harakatlanuvchi sistemasining havodagi xususiy chastotasi 6
– 10 Gs ga teng. Bu chastotalarda datchikning xarakteristikasi aniq ifodalangan rezonans ko‘rinishida bo‘ladi [9].
– rasm. Vibratsion siljishlar datchigi:
12.1-Jadval
Parametrik turdagi elektrik datchiklar
Datchik turi, ishlash prinsipi
Eskiz
Asosiy hisoblash
bog‘lanishlari
Tavsiya qilinadigan parametr va rejimlar
Induktiv datchik, yakor va o‘zak orasidagi havo oralig‘i o‘zgarishi hisobiga o‘zinduksiya koeffitsienti
o‘zgaradi
Magnitostriksion datchik, o‘zakcha tushadigan og‘irlik(nisbiy defformatsiya) o‘zgarganda o‘zinduksiya koeffitsienti
o‘zgaradi.
Sig‘im datchik, plastinkalar orasidagi oraliq yoki plastinkalarning ishchi yuzi o‘zgarganda kondensatorning
sig‘imi o‘zgaradi.
Ko‘mir qarshiligi datchigi, tushadigan og‘irlik o‘zgarganda ko‘mir ustuni
qarshiligi o‘zgaradi
Simli qarshilik datchigi, datchikning nisbiy deformatsiyasi
o‘zgarganda uning qarshiligi o‘zgsharadi