ikkinchi (mintaqaviy va tarmoq) bosqichi oktabr oyining
uchinchi o‘n kunligi va noyabr oyida;
5.3. Tanlovning
uchinchi yakuniy (respublika) bosqichi mintaqaviy va tarmoq
bosqichlarida g‘olib deb topilgan jamoalar o‘rtasida dekabr oyining birinchi o‘n
kunligida o‘tkaziladi.
6. 2023 yil va keyingi yillarda tanlovni o‘tkazish bosqichlari va tartibi joriy
yilda o‘tkazilgan tanlov yakunlari tahlillari va xulosalari inobatga olingan holda
vazirlik buyrug‘i bilan belgilanadi.
7. Hududlarda tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy
qo‘mitaning ishchi guruhlar (sho‘balar) tarkibiga vazirlik hamda oliy ta’lim va ilmiy
tadqiqot muassasalari, tizim tashkilotlari hamda Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va
tuman bo‘limlaridan mas’ul xodimlar kiritiladi.
8. Tanlovning yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tadigan joyi va sanasi
Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi va 10 kun oldin mintaqaviy bosqichlarda
g‘olib bo‘lgan jamoalarga ma’lum qilinadi.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari 9. Tanlov quyidagi
4 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart .
“Taraqqiyot ovozi” jamoalar o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga
mo‘ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonlari ijrosi va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini so‘nggi 3 yil davomida bajarilish
tahlili va keyingi yildagi loyihasini samarali amalga oshirish yuzasidan yosh
xodimlar va davlat xizmatchilari tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni ko‘rgazmali
tarzda taqdimot shaklida namoyish etadilar.
Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.