10 ballik tizimda baholanadi.
4-shart
.
“Islohotlar amalda”
shartida jamoalarga Tashkiliy qo‘mitaning
tegishli ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan yurtimizda agrar sohada erishilgan
yutuqlar aks etgan 6 daqiqalik rolik namoyish etiladi. Barcha guruhlar ekranda
namoyish etilayotgan rolikni tomosha qilish bilan bir vaqtda plakatda tasvirlashi
lozim.
Ushbu shartda jamoalar o‘zlarining mazkur rolikda aks ettirilgan voqelikni
tasvirlagan ijodiy ishlarini izohlab beradilar. Sahnaga chiqish ketma-ketligida
navbatdagi jamoa mazkur shart yuzasidan oldingi jamoa tomonidan tasvirlagan
chizgilarga 1 daqiqa davomida qo‘shimcha fikr bildiradilar.
Jamoalarga plakat tayyorlash uchun 6 daqiqa, izohlash uchun 3 daqiqa vaqt
ajratiladi. Hakamlar hay’ati mazkur shartni baholashda namoyish etilgan rolikning
plakatda to‘liq va keng yoritilganligi, plakat tasviridagi raqam va ma’lumotlarning
aniqligi, g‘oyalarning ommabop-ta’sirchan tarzda yetkazilganligi va aks ettirish
mahorati hamda avvalgi jamoa tomonidan tayyorlangan plakatga bergan qo‘shimcha
izohlari mantiqiy va amaliy e’tibor qaratadi.
4
Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
Tanlovning barcha shartlarini
(2-shartdan tashqari)
baholashda hakamlar
Hay’ati
tomonidan jamoa ilgari surayotgan g‘oya va takliflarning amaliyligi hamda
taqdimotlarni yoritilish darajasi, tizimli va tahliliy fikrlashlari, noan’anaviy targ‘ibot
usullaridan foydalanish mahorati, jamoaning mushoxada va muomala madaniyati,
ijro mahoratiga e’tibor qaratiladi va 10 ballik mezonda baholanadi.
10. Jamoalar o‘z chiqishlari va taqdimotlarni tayyorlashda o‘ziga xoslik,
milliylik, mazmundorlikka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga,
ular mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishga, belgilangan vaqtga qat’iy
rioya qilishga, kiyinish madaniyati, jamoa nomi, ko‘krak nishoni, shiori, targ‘ibot
usullaridan foydalanishga, ilmiy, ijodiy, badiiy hamda voqea hodisalarni milliy
ma’naviy qadriyatlarimizdan chekinmagan holda mahorat bilan ijro etishga e’tibor
qaratishlari talab etiladi hamda jamoalarni baholashda ushbu mezonlarga katta
ahamiyat beriladi.
11. Tanlov jarayonida foydalaniladigan savollar Tashkiliy qo‘mita tomonidan
zarur hollarda hamkor tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda tegishli Ishchi
guruh va sho‘balar tomonidan tuziladi va tanlovning saralash, mintaqaviy va
yakuniy bosqichlari uchun ajratiladi, avvaldan alohida maxsus konvertlarga solinib,
muhrlanadi hamda tanlovning tegishli bosqichi o‘tkaziladigan kuni belgilangan
tartibda Ishchi guruhiga yetkaziladi.
12. Tanlov jarayonida foydalaniladigan savollar majmuasi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
va ma’ruzalari hamda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan agrar
sohadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash
va yuksak ma’naviyatni shakllantirish yuzasidan tuziladi.
13. Hakamlar hay’ati tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi
vazirligining markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari rahbar va mas’ul
xodimlaridan shakllantiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini
rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari Kasaba
uyushmasi Respublika Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, boshqa vazirlik hamda idoralar mas’ul xodimlari
vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
14. Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng yuqori
ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi. Hakamlar Hay’ati
tomonidan jamoa ishtirokchilarining odob-axloqi, shartni bajarish uchun ajratilgan
5
vaqtga rioya qilishi, boshqa jamoalarga bo‘lgan munosabati va boshqa salbiy
holatlarni inobatga olib jarima qo‘llab umumiy to‘plangan ballaridan ayirib tashlash
huquqiga ega.
Jarima ballari – 1 baldan 3 balgacha belgilanadi.
15. Shartlar uchun e’lon qilingan ballardan tanlovda ishtirok etgan jamoalar
tomonidan norozilik mavjud bo‘lsa, ushbu masala yuzasidan umumsohaviy tanlovni
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga yozma ravishda murojaat
qilishlari mumkin.
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir shart yakunida sharh beriladi, qabul
qilingan qarorni muhokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |