Vaziyatli keys №1 Iqtisodiy jarayonlarni barqarorlashtirish hamda uning uzluksizligini ta’minlash maqsadida 1995-yil 21-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasida Markaziy bankning faoliyatini tartibga solish, uning vakolatlari, vazifalari hamda malakatdagi pul-kredit siyosatini nazorat qilishni o’z ichiga oladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq:
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari: narxlarning, bank tizimining, to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini to’g’ri va samarali tashkil etish maqsadida 1996-yil 25-aprelda “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 216-I-sonli Qonun qabul qilingan. Ushbu qonunda banklar tashkil etilishi, ularning faoliyat yuritishi hamda bank operatsiyalarining qonuniy ravishda amalga oshirilishi va mijozlarga o’z vaqtida sifatli xizmat ko’rsatish nazarda tutiladi.
Banklarda kredit siyosatini tashkil etishga doir 2000-yil 22-fevralda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida NIZOM” qabul qilingan. Ushbu qarorda banklarning kredit siyosatini to’g’ri yo’lga qo’yishi, kredit ajratishni qonun bilan ta’minlanishi, shuningdek, kredit to’lashni kechiktirgan taqdirda javobgarlikka tortilishi belgilab qo’yilgan.
Vaziyatga qarang: Fuqaro Z.Nurillayeva 2022-yil 20-noyabrda ATB Xalq banki Gala Osiyo shahar filialidan ipoteka krediti olish maqsadida bankka tashrif buyurdi. Bank xodimlari bilan suhbat chog’ida u ish joyi lavozimi hamda oylik maoshi to’g’risida ma’lumotlar berdi. Oradan 2 hafta vaqt o’tib shartnoma rasmiylashtirildi. Shartnomada kredit yillik 27%da 18 yil muddatda ajratilishi hamda kreditni har oyning 5-sanasiga qadar to’lanmay qolsa uning plastic kartochkasidan yechib olinishi imzolangan edi. Fuqaro shartnomani to’liq o’qib chiqmasdan imzoladi.
Fuqaro shartnomaga muvofiq har oy kreditni belgilangan muddatda to’lab kelayotgan edi. Ammo 2023-yilning aprel oyida ayrim oilavi sababli u kreditni to’lay olmadi. Oradan biroz vaqt o’ib 2023-yilning 16-aprelida plastik kartochkasida pul kamayganini sezib qoldi. Fuqaro plastigi Mikrokreditbankning Buxoro shahar filialiga tegishlilini hisobga olib shu filialga bordi. Tekshiruv natijasida plastikdan yo’qolgan pul kredit uchun yechib olingani ma’lum bo’ldi.