Yuqoridagi holat yechimi yuzasidan o’z fikringizni bildiring: Fuqaro Z.Nurillayevaning bank bilan tuzgan shartnomasini to’liq o’qib chiqmasdan imzolashiga qanday qaraysiz?
ATB Xalq banki Gala Osiyo filialining fuqaroni ogohlantirmasdan kredit summasini yechib olishi to’g’rimi?
Fuqaro kreditni o’z vaqtida to’lamaganligi uning aybdorligiga olib keldimi?
Yechim Fuqaro Z.Nurillavaning holati bo’yicha: Ushbu holatda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonunining XX bob 62-moddasi asos bo’ladi. Ushbu moddaga muvofiq, Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilaydi.Bundan namoyon bo’ladiki, bank bilan tuzilgan shartnomada bank ushbu holat yuzasidan fuqaroni ogohlantirgan. Fuqaro esa bunga nisbatan e’tiborsizlik bildirgan.
Bankning amalga oshirgan faoliyati bo’yicha: 1996-yil 25-aprelda “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 216-I-sonli Qonunining VIII bob 6-moddasiga muvofiq: “Qarz oluvchi tomonidan shartnomaga doir majburiyatlar buzilgan taqdirda, banklar taqdim etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni shartnomada nazarda tutilgan tartibda muddatidan ilgari undirishga, shuningdek undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli”. Demak, bank qonunda belgilangan tartibda ish ko’rgan.
Fuqaroning kreditni o’z vaqtida to’lamaganligi yuzasidan: Bu holat 2000-yil 22-fevralda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida NIZOM ga asoslanadi. Unga ko’ra, kredit siyosati to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, mablag’larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi kerak.
Vaziyatli keys № 2 O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini tartibga solish hamda soliq to’lovchilarning huquq hamda majburiyatlarini ta’minlash, shuningdek, jamiyat va soliq organlari o’rtasida munosabatlarni o’rnatish maqsadida 1997-yil 24-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilingan.
Jumladan, ushbu kodeksning o’zi ham mamlakatning bosh qonuni hisoblangan Konstitutsiya asosida shakllangan. Mamlakat Konstitutsiyasida soliqlar yig’imi, uni qonuniy tashkil etish tartibi batafsil yoritib berilgan.
Shuningdek, 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksida soliq to’lovchilarning turidan qat’iy nazar, ya’ni ularning jismoniy yoki yuridik ekanligidan qat’iy nazar soliqlarni o’z vaqtida to’lamagan taqdirda javobgarlikka tortilishi