Soliqlarni o’z vaqtida to’lashningkonstitutsiyaviy asosi: Mamlakat miqyosida erkin tadbirkorlik faoliyatini ochiq shaklda va davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda amalga oshirish, umumjamiyat manfaatlari uchun qonuniy va majburiy tartibda joriy qilingan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni soliqqa tortishning adolatlilik tamoyilidan kelib chiqib o‘z vaqtida davlat byudjeti va boshqa fondlarga to‘lab borish kabi iqtisodiy-huquqiy majburiyatlardan iborat bo‘ladi. Aksariyat davlatlar bu kabi majburiyatlar ularning bosh qomusiKonstitutsiyasida muhralanib ham qo‘yishadi. O‘zbekiston Respublikasida esa uning Konstitutsiyasining 51-moddasida quyidagi mazmunda “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar”.Konstitutsiyaga muvofiq, mamalakatimizda istiqomat qilayotgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs soliq va majburiyatlarni qonunda belgilangan muddatda to’lashlari shart.
Ushbu holat yuzasidan: Faoliyat yuritayotgan korxonalar daromad solig’ini qonunga mos ravishda belgilangan summada to’lashlari shart. Bunda soliqlarni to’lashda firibgarlikka, soliq inspeksiyalariga soxta ma’lumotlar taqdim etish shuningdek, soliq summasini hujjatda amaldagiga qaraganda kamaytirib ko’rsatish qonunga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ushbu fikr O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning XIII bob 174-moddasida o’z aksini topadi.
“Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) yoxud soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”