Vaziyatga qarang: Buxoro shahar I.Mo’minov ko’chasida joylashgan “Milky” MChJ o’z faoliyatini 2019-yilning 22-iyulida boshlagan. Bu MCHJ sut va sut mahsulotlari qayta ishlaydi hamda iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Korxona har oyda o’rtacha 28.3 million so’m foyda ko’radi. Faoliyatini boshlagandan so’ng MChJ soliq va boshqa majburiyatlarni o’z vaqtida to’lab kelayotgan edi. Ammo 2023-yilning dastlabki choragida DSI ning tekshiruvlariga asosan MChJ soliqlarni to’lashda kamchiliklarga yo’l qo’yayotgani, ya’ni daromad solig’ini me’yordan kam to’layotgani aniqlandi. Soliq organi xodimlari ushbu holat yuzasidan tegishli davlat idoralariga arz qildi. Korxona egalari A.Murodov va B.Fayziyevlar bunday holat kuzatilmagani va soliqlar to’liq to’langanligi bilan o’zlarini oqlamoqchi bo’ldilar.
Yuqoridagi holat yechimi yuzasidan o’z fikringizni bildiring: MChJ vakillari soliq organi xodimlaridan soliqlarni to’lash bo’yicha huquqiy ma’lumotlarni olishining qanday qonuniy asoslari mavjud?
Soliqlarni belgilangan muddatda to’lamaslik yoki soliqdan qochishga doir qanday qonuniy asoslar mavjud?
Ushbu vaziyat yuzasidan qanday ma’muriy javobgarlikka tortiladi?
Yechim Soliqlar to’g’risida ma’lumotlarning qonuniy asoslari:Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining III bob 23-moddasi quyidagicha keltiriladi:
“Soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish.”
Ya’ni faoliyat yuritayotgan har qanday korxona, YaTT, shirkatlar soliqlar to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni o’zlari faoliyat yuritayotgan hududga qarashli soliq organlaridan olishlari mumkin.