Ventilyatsiya va konditsiyalashda quydagilarni ko’zda tutgan holda


BINOLARNI VENTILYATSIYA TIZIMINI LOYIHALASH



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə5/6
tarix17.02.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#84760
1   2   3   4   5   6
Kirish ravshanbek

BINOLARNI VENTILYATSIYA TIZIMINI LOYIHALASH.
1. Tuzilma va sxemalarni tanlash
Havo almashinuvini tashkillash usulini va ventilyatsiya turini tanlash binoning va xonaning vazifasiga shu bilan birgalikda xonadan ajralib chiqayotgan zararlarning miqdoriga ham bog‘liqdir. Ushbu tanlov binolarni loyihalash tomonidan boshqariladi. Bu qo‘llanmada kanalli tabiiy ventilyatsiyani loyihalash va xisoblash bo‘yicha tavsiyalar berilgan, bu kabi ventilyatsiya ko‘p hollarda yashash binolarida qo‘llaniladi.
Havo xonada tarqalgan ko‘p zararli gazlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.Buning uchun har bir xonadondagi oshxona, hammom va dush yoki birlashgan hammom xonalarida chiqarish kanallari ko‘zda tutiladi. Xonadondagi dush va hammom xonalardagi ifloslangan havoni chiqarib tashlash uchun bitta kanaldan foydalanishga ruxsat etiladi. Havo oqimini tashkil etilmagan holda to‘siq konstruktsiyalar orqali olib o‘tish tavsiya etiladi.
Havoni chiqarib tashlash jalyuz panjaralar orqali amalga oshiriladi, jalyuz panjaralar shipdan 0,2-0,5 m masofada o‘rnatiladi. Vertikal ventilyatsiya kanallari g‘ishtli devorlarda faqat ichki qilib bajarilishi lozim. Bunday kanallarning o‘lchamlari g‘isht o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak (140x140 mm, 140x270 mm va boshqa). Ventilyatsiya kanali joylashtirishda devor qalinligi kamida 380 mm (1,1/2 g‘isht) bo‘lishi kerak. Vazifasi bir xil bo‘lgan xonalardagi kanallarning minimal oraliq masofasi yarim g‘isht, turli vazifali xonalarda esa bir g‘isht bo‘lishi tavsiya etiladi.
Panelli binolarda ventilyatsiya ichki devorlar va oradevorlar orqali, o‘rnatilgan kanalli yoki ichki kanalli qilib joylashtiriladi. Bu joylarda kanallarni diametri100 mmdan kam bo‘lmagan aylana kesimli asbestsement quvurlardan yoki maxsus ventilyatsiya panellaridan qabul qilinishi mumkin.
Cherdaksiz binolarda vertikal kanallar xonaning shiftidan 0.5-1.0 m yuqorida ko‘rsatiladi va ularning har bir atmosferaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi.
Cherdakli binolarda vertikal kanallar, tomda joylashgan havo oqimini chiqarib yuboruvchi ventilyatsiya shaxtasi qutilari bilan birlashtiriladi.
Shaxta cherdak qavatidan 4-5 m yuqorida joylashtiriladi.
Binolarda bir necha mustaqil tizimlar mavjud. Tabiiy ventilyatsiya tizimining ta’sir doirasi cheklangan bo‘lib, xavo so‘ruvchi shaxta o‘qidan xavo chiqaruvchi kanalgacha bo‘lgan masofa 8 mdan oshmasligi kerak. Asosiy yig‘uvchi kanallar va shaxtalarning o‘lchamlari 0,2 m qabul qilinadi, ammo 200x200 mm kam bo‘lmasligi kerak. Kanallar va shaxtalar asosan tavsiya etilgan materiallardan tayyorlanadi: asbestsement, gipsokarton, gipsbeton va boshqalar. Asosiy yig‘uvchi kanallar temirbeton orayopmali cherdakda plita bilan bir qatorda joylashtirilishi mumkin.
Rasmda qavat balandligi 3m, g‘isht devorli uch qavatdan iborat bo‘lgan cherdakli yashash binosining ventilyatsiya sxemasi keltirilgan.
Ko‘rsatilgan ventilyatsiya tizimida xavoni chiqarib tashlash oshxona va sanuzel xonalardan amalga oshiriladi. Yashash xonalaridagi ventilyatsiya ham shu xonalardagi so‘ruvchi kanallar orqali bajariladi. Bunda boshqaruv jalyuz panjaralar xona shiftidan 0,5 m masofada joylashtiriladi..
Xar bir ventilyatsiyalanuvchi xona uchun alohida ventilyatsiya kanali rejalashtiriladi. Vertikal kanallar g‘isht terish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy kanallar va cherdakdagi shaxta shlakgipsdan tayyorlanadi. Xavo tarmoqlari va shaxtalarning o‘lchamlari aerodinamik hisoblar natijasida aniqlanadi. Kanallaridagi xavoni kondensasiya namligini oldini olishda termik qarshilik 0,5 (m2⋅°C)/Vt dan kam bo‘lmasligi kerak.
Xonadagi xavo kanallardagi jalyuz panjalar orqali chiqib ketadi, jalyuz panjalar qo‘zg‘almas yoki qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin.
Oxirgisi xavo oqimini rostlash imkonini beradi. Panjaralar quyidagi standart o‘lchamlarga ega: 100x150; 150x200; 2x300; 250x350; 300x450 mm.
Ko‘p qavatli binolarning devorlarida bir necha kanallarni joylashtirish imkoni bo‘lmaydi. Bunday hollarda, har bir blok ventilyatsiyasi uchun asosiy so‘ruvchi kanal rejalashtiriladi va har bir xonaning kanallari asosiy kanalga birlashtiriladi (alohida kanalning balandligi bir qavatli yoki ko‘proq). Tabiiy so‘ruvchi ventilyatsiya qoida bo‘yicha va sxemaga muvofiq bajariladi (2 rasm).
Sxemada eng afzal ventilyatsiya sxemalari ko‘rsatilgan.
Ventilyatsiya tizimi bloklari binoning yuqori qavatida yagona o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Atmosferaga xavoni chiqarib yuborish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) sovuq cherdakda, har bir vertikal bloklar tugashida va cherdak xonaning tranzit kirishida joylashgan so‘ruvchi shaxta orqali.
Sovuq cherdakda yig‘ma gorizontal qutilardan foydalanish ventilyatsiya tarmog‘ining umumiy bo‘limidagi qarshilikni o‘z ichiga oladi va tizimda xavo sirkulyasining davriy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi;
b) Issiq cherdakdagi umumiy so‘ruvchi shaxta orqali, shaxta uyning bir seksiyasida va markaziy seksiya cherdakda joylashtiriladi. Bu holda, barcha xonadonlardagi havo kanallar orqali diffuzor shaklida amalga oshiriladi.
Sanitar xonadagi birlashgan ventblok masalasi yechimlari, 3 rasmda ko‘rsatilgan.
Tizimining konstruksiyasii bo‘yicha hisob qabul qilinganidan so‘ng ventilyatsiya tizimining jalyuz panjalari, kanallari va shaxtalari aks etgan fazoviy ko‘rinishi chizilishi kerak.

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin