Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar
1. Bog‘lovchi deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari bor?
2. Qanday bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi? Misollar
keltiring.
3. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning qanday turlari mavjud? Misollar
bilan tushuntiring.
213-mashq. 
Uyga vazifa. «Tilga e’tibor – elga e’tibor» mavzusida matn
tuzing. Unda ergashtiruvchi bog‘lovchilardan foydalaning. Bog‘lovchilarning
tagiga chizing.
SABAB BOG‘LOVCHILARI
1-topshiriq. Gaplardagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi bog‘lov-
chilardan mosini qo‘ying.
1. Xalq bunday yolborishlarga quloq solmadi, . . . (ammo, chunki,
va) g‘isht qolipdan ko‘chgan edi.  (A. Qodiriy) 2. Qiz elektr-pay-
vandchilik kasbini qunt bilan o‘rgandi, . . . (chunki, ammo, va,
negaki) zavodda bu kasbga ehtiyoj katta edi. (Sh. Rashidov)
2-topshiriq. Bu bog‘lovchilarning qo‘yilish sababini tushuntiring.
Chunki, negaki bog‘lovchilari sabab bog‘lovchilari
hisoblanadi.
Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi.
214-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi bog‘lovchilardan mosini
qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Otangiz va onangiz bilan maslahatlashib ish
ko‘rasizmi? Shu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz?
1. Biroq Zavqiy Mo‘minboy bilan uzoq muddat ishlay ol-
madi, ... (agar, chunki) boy va uning ukalarini hajv qilganligi
?
!


105
sababli u vazifasidan ozod etiladi. («O‘zbek adabiyoti») 2. Lekin
kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, ...
(garchi, ya’ni, chunki) havoga ishonish qiyin, eng muhimi,
qor ustiga qor yog‘ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli
emas. (O.Yoqubov) 3. Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati
bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, ... (ya’ni, chunki) Yomontosh
darasi ular kutganday mudhish edi! (O. Yoqubov) 4. Kishining
iste’dodi barcha sohada bir xil bo‘lavermaydi, ... (chunki, ya’ni)
yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo‘lgan ishni tanlay bi-
lishi kerak. (Y. Shukurov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin