Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Topshiriqni bajarish tartibi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə156/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Topshiriqni bajarish tartibi.

  1. Hamma bajariladigan ishlar aseptika qoidalari asosida bajarilishi shart.

  2. Tarozi pallasi ish holatiga keltiriladi.

  3. Tarozida 0,9 gramm natriy xlorid kukunidan tortib olinib, toza shisha silindr (menzurka)ga solinadi va 100 mllitr distillangan suv ulchab solinadi, silindr yengil xarakatlantirilib natriy xlorid eritiladi.

  4. Toza quygich olinadi, uni ichki devori distillangan suv bilan yuviladi va paxtali suzgich (filtr) quyiladi, uning ustidan qog’oz suzgich joylashtiriladi.

  5. Yana boshqa toza shisha idish olinadi, suzgichlar joylashtirilgan quygichdan eritma quyilib suzgichdan utkazib tozalanadi.

  6. Yana toza idish olinib, suzgichli quygich urnatilib, eritma 2-chi marta tozalanadi.

  7. Tozalangandan so’ng shisha idish og’zi tiqin bilan berkitiladi va eritma tozaligi tekshiriladi. Agar notozalik aniqlansa qayta suzgichdan utkaziladi.

  8. Tekshiruvdan keyin shisha idishdagi eritma 30 daqiqa davomida sterilizatorda qaynatiladi.

  9. Eritma sovutilib maxsus idishga solinib unga yorliq (etiketka) yozilib yopishtiriladi.

Retsept yozish:
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi S.Ayni ko’chasi 11 uy
15
20 ------------ 15
I
Buzoq, qora-ola 10 oylik, egasi Hamidov N, Isoqov ko’chasi 21 xona.
Vetvrach Xoliqov A.
Rp.: Natrii chloridi – 0,9
Aquae destillatae – 100 ml
m.f. Solutio/ Sterilisata
D.S. Vena qon tomiri ichiga 1 marta yuborish uchun.
#
Shu eritma tayyor holatda bo’lsa retsept quyidagi ko’rinishda yoziladi:
Rp.: Solutiones Natrii chloridi 0,9 % - 100 ml
D.S. Vena qon tomiri ichiga 1 marta yuborish uchun
2-laboratoriya mashg’ulot: Damlama va qaynatmalar tayyorlash texnologiyasi

Darsning maqsadi:
1. Damlamalar tayyorlash texnologiyasini va ularni qo’llanishini o’rganish.
2. Tayyorlangan dori shakliga retseptlar yozish.
3.Qaynatmalar tayyorlashni amalda bajarishni o’rganish va farmakognoziyasi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
4. Retseptlar yozish.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin