Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Qaynatma tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə158/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Qaynatma tayyorlash texnologiyasi
Qaynatma - Decoctum
Dars uchun kerakli jihozlar : Maydalangan eman po’stlog’i, sovuq suv, har xil hajmdagi shisha idishlar, infundir uskunai, suzgichlar, yorliq.
Qaynatma – suv yordamida uzoq qaynatish yuli bilan dorivor o’simliklar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni ajratib olishdan hosil bo’ladigan suyuq dori shaklidir.
Bu shakldagi dori vositalari veterinariya amaliyotida ichga yoki tashqi tomonga, ko’pincha mahalliy ta’sir etuvchi, o’rab oluvchi, burishtiruvchi, surgi va boshqa vositalar sifatida qo’llaniladi.
Qaynatma tayyorlashda o’simliklarning qattiq qismlaridan ya’ni ildizidan, tanasidan, po’stlog’idan olib tayyorlanadi. Qaynatma tayyorlash uchun olinadigan o’simliklar tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddalardan tashqari, glikozidlar, alkoloidlar, antroglikozidlar, saponenlar, efir moylari hamda pektinlar, kraxmal va yopishqoq moddalar bo’ladi. Bu vositalar qaynatish natijasida parchalanib ketadi.
Qaynatma tayyorlash ham damlama tayyorlash singari, o’simlik tarkibida zaharli moddalar mavjud bo’lsa 1:400 nisbatda, kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo’lsa 1:30 nisbatda qolgan barcha o’simliklardan 1:10 nisbatda olinib tayyorlanadi. Qaynatmalar 1-2 kunga beriladigan miqdorda tayyorlanadi.
Topshiriq: Eman po’stlog’idan qaynatma tayyorlash uchun, maydalangan eman po’stlog’idan 3 gramm olinib, infundir idishga solinadi.
Eman po’stlog’i tarkibida kuchli ta’sir etuvchi vosita mavjudligi tufayli suv – 1:30 nisbatda olinadi.
Olinadigan suv xona haroratida bo’lishi kerak.
O’simlikni namlanishi uchun hamda suzgichda va qaynatilganda parlanishdagi suv yuqotilishini hisobga olib qo’shimcha 25% suv qo’shiladi.
Aralashma suv hammomiga quyiladi va 30 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Shundan so’ng qaynatma 15 daqiqa sovutiladi va marli suzgichdan o’tkazilib kerakli idishga so’zib olinadi. Qaynatma o’lchab olinib, idishga oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi. Yorliqka (etiketkaga) «Salqin joyda saqlansin» deb yozib qo’yiladi.
Retsept:
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi S.Ayniy ko’chasi 11 uy
10
20-------- 15
III
Buzoq, qora-ola, 6 oylik, egasi
Elmirzayev O, Bobur ko’chasi 51 uy
vetvrach Xoliqov A.

Rp.: Decocti corticis Quercus 3,0 – 90, 0


D.S. Ichga, 20 grammdan ertalab va kechqurun ichirilsin.
#
yoki Rp.: Corticis Quercus –3,0
Aquae fontanae – 112,5
M.f. Decoctum
D.S. Ichga 20 grammdan ertalab va kechqurun ichirilsin.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin