Darsning o’tkazish usuli: Laboratoriya mashg’ulot darsida o’qituvchi talabalarga dori shakllari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi va birgalikda tayyorlanish texnologiyasini o’rganishadi.
Dars uchun kerakli jihozlar va vositalar : Kalomel kukuni, bug’doy uni, gulxayri kukuni, o’simlik moyi, novshatir spirti, dorivor vositalar, xavoncha, shisha idishlar, yorliq (etiketka).
Bo’tqa - Electuarium- bosh kelishik, birlikda
Electuaria - qaratkich kelishik, birlikda
Bo’tqa - yumshoq dori shakli bo’lib, tarkibi dorivor moddalar hamda shakl boruvchi vositalardan iborat bo’ladi. Bo’tqa tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida hayvonlarga og’iz orqali qo’llash mumkin bo’lgan vositalar olinadi.
Bunday vositalardan:
1.Bug’doy uni - Farina triticim
Javdar uni -Farina secalina
Makkajo’xori uni-Farina maidis
Gulxayri ildiz kukuni-Pulvis radicis Glycyrrhizae
Altey ildiz kukuni- Pulvis radicis Althaeae
Tarkibiy qismlariga qarab bo’tqalar bo’lishi mumkin:
Quyuq bo’tqa - Electuaria spissa
Yumshoq yoki yarim suyuq- Electuaria tenua S.mollia
Asosan bo’tqa shaklida har xil dorivor o’simliklardan olingan vositalar qo’shib berish tavsiya etiladi.
Kuchli qo’zg’atuvchi va kuydiruvchi ta’sir ko’rsatish xususiyatiga shuningdek yoqimsiz hidga hamda yoqimsiz ta’mga ega bo’lgan vositalar bo’tqa shaklida tayyorlash va uni hayvonlarga berish tavsiya etilmaydi.
Bo’tqa tezda (ex tempore) tayyorlanib, istemolga o’sha zahoti berilishi tavsiya etiladi, chunki u tezda buzilishi mumkin.
Bo’tqalar shaklida dorilar asosan cho’chqalarga, otlarga, yirik shoxli hayvonlarga ko’proq tavsiya etiladi.
Ammo hayvon turiga qarab hid va ta’m beruvchi vositalar yani cho’chqalarga - shakar qiyomi, asal, otlarga-tuz, yirik shoxli hayvonlarga-achchiq yoki sho’r ta’mli moddalar qo’shiladi.
Topshiriq: Kalomeldon bo’tqa tayyorlash:
Kalomel - 2,0
Bug’doy uni - 3,0
Gulxayri ildizi kukuni - 3,0
Suv kerakligicha olinadi.
Barchasi aralashtirilib, bo’tqa shakliga kelguncha suv qo’shib boriladi.
Hosil bo’lgan bo’tqani kerakli hayvonga berish tavsiya etiladi.
Retsept:
Rp.: Calomeli - 2,0
Farina tritici - 3,0
Pulvis radicis Glycyrrhizae -3,0
Aquae destillatae q.s
ut fiat. electuarium
D.S. Ichga, bir marta qabul qilish uchun.