Pilyula –Pilula, Pilulae Pilyula-(Pila-tup, shar) kichik sharsimon kurinishdagi dozalangan, 4mm dan 8 mm gacha uzunlikda, og’irligi 0,1 gramdan 0,5 grammgacha bo’lgan, ichirishga tavsiya etiladigan dori shaklidir.Pilyulalar shaklida barcha kurinishdagi va shakldagi dori vositalari tayyorlanib hayvonlarga berilishi mumkin. Pilyulalar tarkibi dori moddasi va shakl beruvchi moddalar sifatida shunday moddalar olinadiki, qaysikim ular ichga qabul qilish mumkin bo’lgan, aralashtirilganda yaxshi birikadigan va xavoncha devoriga yopishib qolmaydigan modalar bo’lishi shart. Bunday moddalardan:
1. Bug’doy uni-Farina triticum
2. Gulxayri ildiz kukuni-Pulves radicis Taraxaci
3. Oq gil- Bolus alba
4. Altey ildiz kukuni- Pulves radicis Althaeae
5. Shirin ildiz kukuni-Pulves radicis Glycyrrhizae
6. Kraxmal-Amylum
Pilyula shaklidagi dorilar asosan parrandalarga, mayda hayvonlarga (it, mushuk) qisman otlar yirik va mayda shoxli hayvonlarga berish uchun tavsiya etiladi. Hayvonlar pilyulalarni tuliq istemol qilishligi uchun, ular yoqtirgan ta’m beruvchi vositalar qo’shib beriladi. Itlarga-Corrigens sifatida shakar, qiyom, mushuklarga 3 tomchi miqdorida valerianka, yirik shoxli hayvonlarga - tuz va nordon ta’mli moddalar qo’shiladi.
Pilyula shaklidagi dori vositalarini tayyorlash uchun dori va shakl beruvchi moddalar kursatilgan miqdorlarda tarozida ulchab olinib, xavonchada pilyula massasi hosil bo’lguncha suv tomchilab qo’shib aralashtirib boriladi. Tayyorlangan pilyula massasi xavonchadan olinib, tarozida o’lchab olinadi va pilyula doskasiga joylashtiriladi.
Pilyulalar bir-biri bilan shuningdek doska va kesuvchi asboblarda yopishib qolmasligi uchun bug’doy unidan, kraxmal yoki oq gil kukunidan sepiladi. Hosil bo’lgan hamir yoyilib, qirqichlar yordamida pilyula bulaklariga bulinadi.
Tayyorlangan pilyulalar maxsus idishlarga solinib, yorliq yopishtiriladi.
Topshiriq: 30 dona margumushli natriy pilyulasini tayyorlashda quyidagi vositalar olinadi.
1. Margumushli natriy- 0,2
Gulxayri ildiz kukuni-3,0
Bug’doy uni-2,0
Distillangan suv- kerakligicha.
Retseptda:
Rp.: Arseni nitrati -0,2
Pulves radicis Taraxaci -3,0
Farina tritici -2,0
Aquae destillatae q.s.
ut fiat pilula
D.t.d.№ 30
S.Ichga, har kuni 3 ta pilyuladan 3 mahal berilsin.