Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Xab dori (bolyus) - Bolus, Boli



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə167/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Xab dori (bolyus) - Bolus, Boli
Xab dori shakli tarkibida dorivor va shakl beruvchi moddalardan iborat bo’lgan, tuxumsimon ko’rinishdagi, faqat ichga qabul qilish uchun tavsiya etiladigan, og’irligi 0,5 dan 50 grammgacha bo’lgan dori vositasidir.
Xab dori tayyorlash uchun shunday dori vositalari olinishi kerakki, ularni ichga qabul qilish mumkin bo’lsin. Shakl beruvchi moddalar sifatida oshqozonda tez parchalanadigan.

  1. Bug’doy uni- Farina triticum

  2. Mosh uni-Farina secalina

  3. Altey ildiz kukuni-Pulvis radicis Althaeae

  4. Oq gil-Bolus alba

  5. Kuk sovun-Sapo viridis

Yaxshi xab dori aralashmasini hosil qilish uchun, quriq va quyuq shakl beruvchi vositalardan olish kerak. Xab dorilar ham asosan istemol uchun 1-2 kunga muljallab tayyorlanadi, agar ularni kuproq vaqt saqlaydigan bo’lsak u achib, qotib, qurub qolishi mumkin.
Xab dori shakllari asosan otlarga qisman itlarga, mushuklarga, qo’ylarga hamda yirik shoxli hayvonlarga berish tavsiya etiladi. Otlar va yirik shoxli hayvonlar uchun maxsus xab dori ichiruvchi moslamadan foydalanib beriladi.
Xab dori tayyorlash uchun dorivor vositalar va shakl beruvchi moddalar ulchab olinib xavonchaga solib aralashtiriladi. Aralashmaga tomchilab suv qo’shib hamirsimon shaklga keltiriladi. Xab dorini tavsiya etilayotgan hayvon turiga qarab, qo’l yordamida shakl beriladi. Tayyor bo’lgan xab dori 1 yoki 2 kunga mo’ljallanib, tezda iste’molga beriladi.
Agar lozim bo’lsa xab doriga ta’m beruvchi (remedium corrigens) moddalar (shakar, asal, qiyom, tuz) qo’shib tayyorlanadi.
Topshiriq: Xab dori tayyorlash uchun angishvonagul bargidan olib uni xavonchada yaxshilab ezib maydalaymiz, kerakli ta’m va shakl beruvchi vositalar qo’shiladi.

  1. Angishvonagul - 2,0

  2. Altey ildiz kukuni-1,0

  3. Bug’doy uni-3,0

  4. Suv- kerakligicha .q.s.

Retsept:
Rp.: Folii Digetalis -2,0
Pulvis radicis Althaeae-1,0
Farina tritici-3,0
Aquae fontanae q.s.
ut fiat. bolus
D.t.d. № 6
S. Ichga, har kuniga 1 tadan 3 mahal ichirilsin.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin